Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva
Download 6.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Αzbekiston r espublikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 43-rasm. Keskichning asosiy burchaklari. 44-rasm.
42-rasm.
Keskich elementlari: 1 – kallak; 2 – qo‘shimcha kesuvchi uch; 3 – bosh kesuvchi uch; 4 – oldingi yuz; 5 – sterjen; 6 – suyanchiq yuz; 7 – bosh orqa yuz; 8 – keskich cho‘qqisi; 9 – orqa yordamchi yuz. 41-rasm. Keskichlar: a – butun; b – payvandlangan; d – kavsharlangan; e – ulama. Keskich burchaklari (oldingi – 4, bosh orqa – 3, qirqish – 2, o‘tkir lik – 8) bosh qirquvchi uchning asosiy yuzaga perpendikular bo‘lgan bosh qirquvchi yuzalar o‘lchanadi (42-rasm). Oldingi burchak keskichning oldingi yuzi bilan qirqish yuzga perpendikular bo‘lgan tekislik orasidagi burchak hisoblanadi. Qanchalik oldingi burchak katta bo‘lsa, shunchalik qirindi oson olinadi, lekin qirqish kuchi kamayadi. Shuning uchun yumshoq materialga ishlov berganda oldingi burchakni katta qilish mumkin. Bu odatda, 8–30° ni tashkil etadi. a) b) d) e) 69 Bosh orqa burchak – bosh orqa yuz bilan qirqish tekisligi orasidagi burchak deyiladi. Bu burchak ishlov berilayotgan detal bilan keskich orasidagi ishqalanishni kamaytirish uchun kerak (odatda, 6–12°). Orqa burchak juda kichkina bo‘lganda ishqalanish shunchalik katta bo‘ladiki, natijada keskich qizib ishdan chiqadi. O‘ta katta orqa burchak ham keskichning issiqlik rejimini buzadi va uning mustahkamligini pasaytiradi (43-rasm). Keskichni keskich ushlagichdagi joylashish holatiga qarab, orqa burchakning o‘zgarishi ko‘rsatilgan. 43-rasm. Keskichning asosiy burchaklari. 44-rasm. Joylashishiga qarab keskich orqa burchagining o‘zgarishi. Keskich o‘rnatish. Keskich ushlagichda shunday o‘rnatiladiki, kes- kich uchi shpindel o‘qidan tepada turishi kerak. Keskich balandligini o‘lchash uchun burchakli shablondan foydalaniladi (45-rasm, d). Agar keskich uchi markazlar chizig‘idan past bo‘lsa, uning tagiga yumshoq po‘latdan planka qo‘yiladi (45-rasm, a). Keskichning to‘g‘ri joylanganligini orqa markaziga nisbatan tekshiriladi (45-rasm,b). Keskichning chiqib qolgan joyi uning qalinligidan bir yarim uzunlikdan oshmasligi kerak (45-rasm, a). Qo‘pol ishlov berilgan paytda keskich ishlov berilayotgan detal o‘qidan 0,5–1 mm baland joylanishi kerak. Qattiq materiallarga ishlov berilganda keskich markaziy chiziqdan 0,5–1 mm past joylanadi. Detalga yakunlovchi ishlov berilganda keskich uchi detalning markaziy chizig‘i bilan teng joylashtiriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling