Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva
Kasb-hunarga oud ma’lumotlar
Download 6.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Αzbekiston r espublikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-BOB. METALLGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI 3.1. UMUMIY TUSHUNCHALAR Rangli metallar va ular qotishmalarining mexanik xossalari
Kasb-hunarga oud ma’lumotlar
Bugungi kunda polimerlardan turmushda ko‘p foydalaniladi. Polimer materiallarga ishlov berish texnologiyalari bo‘limida turli xildagi polimer materiallarning turlari hamda ularga ishlov berish usullari o‘rganiladi. Polimer materiallar bilan ishlash bo‘yicha sohaga oid quyidagi kasb- hunar turlari mavjud: – Badiiy chinni buyumlarni bezatish rassomi; – Kulolchilik ustasi; – Ganch o‘ymakorligi usta-rassomi; – Shisha buyumlarga ishlov beruvchi usta-rassom; – Shisha buyumlari dekorator-rassomi; – Polietilen quvurlar va profil materiallarni montaj qilish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassis. 3-BOB. METALLGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI 3.1. UMUMIY TUSHUNCHALAR Rangli metallar va ular qotishmalarining mexanik xossalari Siz 5-sinfda metallarning umumiy xususiyatlari haqida, 6-sinfda esa qora metall qotishmalari haqida ma’lumotga ega bo‘ldingiz. Endi esa rangli metallar va ularning qotishmalari bilan tanishasiz. Rangli metallar qatoriga alumin, mis, rux, qo‘rg‘oshin, nikel va boshqalar kiradi. Zamonaviy mashinasozlikda ulardan foydalanish sohasi juda keng. Rangli metallarning ayrim xossalari cho‘yan va po‘latdan ustun turadi. Rangli metallardan asosan qotishmalar ko‘rinishida foydalaniladi. Aluminiy tabiatda eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, kislorod va kremniydan keyingi o‘rinda turadi. U kumushsimon ko‘k rangga ega, plastik, zangbardosh, a’lo darajada elektr o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega. Zichligi kam, yaxshi presslanadi, cho‘kichlanadi, shtampovkalanadi, qirqiladi va elektr toki hamda issiqlikni yaxshi o‘tkazadi. 51 Aluminiy va uning qotishmalaridan mashinasozlikda, xususan, samolyot sozlikda, asbobsozlik va elektr sanoatida keng foydalaniladi. Alumin yaxshi prokatlanish va shtamplanish xususiyatiga ega. U cho‘yan va po‘latdan uch marta yengil. Tabiatda alumin sof holatda uchramaydi, ammo u 250 dan ortiq elementlar bilan birikkan holda uchraydi. Alumin qotishmasi – silumin va duralumin mashinasozlikda eng ko‘p tarqalgan rangli metalldir. Mis – nisbatan zichroq, qizg‘ish rangli metall bo‘lib, u cho‘ziluvchan- lik, plastiklik, yuqori koeffitsiyentli ishqalanish, issiqlik va elektr tokini yaxshi o‘tkaziSh xossalariga ega. Shuning uchun undan elektr simlari, radiator quvurlari, polosalar, tasmalar, quvurlar va suv bosimini o‘lchovchi asboblar, armaturalar, podshipniklar va hokazolar yasaladi. Sanoatda misning rux, qalay, alumin, kremniy va boshqa elementlar qotishmalaridan keng foydalaniladi. Mis asosan latun va bronza qotishmalari holida ishlatiladi. Qalay – kumushsimon-oq metall. Sof qalay juda yumshoq va tayoqcha shaklida quyilgan bo‘ladi, buklansa, qirsillaydi. Boshqa metallar bilan qotishgan qalay qirsillamaydi. Qalaydan po‘lat listini himoyalovchi qoplama sifatida foydalaniladi va undan qalayli bronzalar, yumshoq kavsharlar hamda qotishmalar tayyorlanadi. Rux – o‘rtacha qattiqlikdagi, ko‘kimtir-kumushsimon, yalti roq metall bo‘lib, sindirilsa, yaltiroq kristallari ko‘rinadi. Ochiq havo da saqlanganda xiralashib, yupqa, lekin zich oksid pardasi hosil qiladi, bu parda metalni oksidlanishdan saqlaydi. Ruxdan po‘lat listini himoyalovchi qoplama sifatida va qotishmalar hamda kavsharlar tayyorlashda foydalaniladi. Download 6.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling