53
Zavodlarda simlar asosan o‘ramlar shaklida ishlab chiqariladi. Keyin
ulardan kerakli qirqimlar kesib olinadi.
Kesib olingan sim bo‘lagini ishlatishdan oldin to‘g‘rilash
lozim
(23-rasm). Yumshoq simlarni plita ustiga qo‘yib bolg‘a bilan yengil
zarbalar berish (23-rasm,
a) hamda qayrilgan
qismini ombur bilan
qattiq qisgan holda (23-rasm,
b) yoki tiskiga metall sterjen o‘rnatib,
tayoqchalarga o‘ralgan simni undan tortib o‘tkazish orqali to‘g‘rilash
mumkin (23-rasm,
d).
Simdan turli shakllar yasash uchun u yassi jag‘li omburlar bilan
qisiladi va kerakli burchak ostida bukiladi.
Qiyshiq chiziq shaklidagi
murakkab detallar esa dumaloq jag‘li omburlar bilan yasaladi.
Halqa shaklidagi buyumlarni yasashda silindrsimon moslamalardan
foydalaniladi.
23-rasm. Simlarni to‘g‘rilash usullari.
a – Bolg‘ada to‘g‘rilash;
b – omburda to‘g‘rilash;
d – sterjenda to‘g‘rilash.
Spiral o‘ramlari dumaloq o‘zaklarga o‘raladi. Bunda mazkur o‘zaklar
simning uchi bilan birga tiskiga mahkamlab o‘rnatiladi. Simni o‘zakka
aylantirib qattiq o‘rash orqali o‘ramlar hosil qilish mumkin.
Yasalgan spiral yassi jag‘li ombur bilan kesilsa, o‘ramlar alohida
halqalar shakliga keladi. Halqalardan zanjir tayyorlashda, pardalarni
osishda foydalanish mumkin.
Simni o‘zak va taxtacha bilan to‘g‘rilashda
uning uchlarini
yog‘ochlarga mahkam bog‘lash shart.
Simning o‘tkir uchlarini egov bilan tozalash kerak.