Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva


-rasm.  Simni zubilo (a, b) va temir arra  yordamida qirqish (d). 28-rasm


Download 6.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/145
Sana07.11.2023
Hajmi6.72 Mb.
#1753389
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   145
Bog'liq
Αzbekiston r espublikasi

27-rasm. 
Simni zubilo (a, b) va temir arra 
yordamida qirqish (d).
28-rasm. Simni omburda 
qirqish.
a)
b)
d)


58
Temir arra yordamida simni qirqish uchun maxsus yog‘och brusdan 
foydalanish mumkin (27-rasm, d).
Yupqa simlarni omburda qirqish eng sodda va oson usullardan 
hisoblanadi (28-rasm).
Simni to‘g‘rilash.
Rulondan chiqarilgan sim, odatda to‘g‘ri shaklda 
bo‘lmaydi. Uni ishlatishdan oldin to‘g‘rilab olish kerak. Rangli metalldan 
bo‘lgan ingichka uzun simni yoki yumshoq po‘lat simni to‘g‘rilash 
uchun bir-biriga siqilgan ikkita yog‘och brusdan foydalanish mumkin 
(29-rasm, a,b).
Ya’ni simni uchining tiskiga mahkamlab, ikkita yog‘och reyka 
orasidan uzunasi bo‘ylab o‘tkazish ham mumkin (29-rasm, d).
Simni to‘g‘rilashning yana bitta keng tarqalgan usuli: ikkita uchi 
yog‘ochlarga mahkamlanib, keyin silliq sterjen yordamida orqaga hamda 
oldinga galma-gal tortib o‘tkaziladi (29-rasm e).
Qalin sim bolg‘a hamda sandon yordamida to‘g‘rilanadi. Bolg‘aning 
uradigan joyi urilayotgan metalldan yumshoq bo‘lishi shart. Aks holda 
uni urgan paytda simda izlar paydo bo‘ladi. Shuning uchun aluminiy 
va misli simlarni yog‘och bolg‘a (kiyanka) bilan to‘g‘rilash tavsiya 
etiladi. To‘g‘rilanayotgan paytda bolg‘a chiqib qolgan joylarga asta-
29-rasm. 
Simni to‘g‘rilash usullari: a – yog‘ochga o‘rnatilgan mixlar yordamida; 
b, d – brusoklar yordamida; e – sterjen yordamida; f – sandonda to‘g‘rilash.
a)
b)
d)
e)
f)


59
sekinlik bilan bir chekkasidan boshlab oldinga qarab uriladi. Qolgan 
joylarni to‘g‘rilash uchun simni o‘z o‘qi atrofida aylantirib turish kerak. 
Simning to‘g‘rilanganligini sinchiklab qarash yoki chizg‘ich yordamida 
tekshirish mumkin.
Zanglagan va oksidlangan sim tozalanishi kerak bo‘ladi.
Simni egish.
Ko‘pincha simni egishga zarurat tug‘iladi. Ingichka 
simni (diametri 2 mm gacha bo‘lgan) to‘g‘ri burchak ostida burish uchun 
omburdan foydalanish mumkin. B
uning uchun simni ombur yordamida 
ushlab, qayirish kerak bo‘ladi (30-rasm, a).
Simni o‘tkir burchak ostida bukish uchun avval to‘g‘ri burchak -ka,
keyin esa kerakli bo‘lgan burchakka ombur yordamida buriladi (30-
rasm, b). Burchaklar bir tekis burilishi uchun ularni tiski va ombur 
yordamida to‘g‘rilash usuli 30-rasmda ko‘rsatilgan.

Download 6.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling