Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva


Download 6.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/145
Sana07.11.2023
Hajmi6.72 Mb.
#1753389
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   145
Bog'liq
Αzbekiston r espublikasi

32-rasm. 
Shtangensirkul shkalalarining o‘lchashdagi holatlari: 
a – 0,5 mm; b – 6,9 mm; d – 34,3 mm
Shtangensirkul aniq ko‘rsatadigan asbob sanaladi. Shu bois uni 
ehtiyotlash lozim. Jumladan, uni ishlatishdan oldin yumshoq latta 
bilan yaxshilab artib moy va changlarini ketkazish, ayniqsa, o‘lchash 
yuzalarini tozalash zarur. Bu asbobni jilvir bilan ishqalash yoki pichoq 
bilan qirish mumkin emas. Shtangensirkul bilan o‘lchanadigan detallar 
ham quruq va toza bo‘lishi, ularning sirtlarida g‘adir-budurlar, qirindilar 
bo‘lmasligi lozim. Asbobni isitkich priborlari ustiga, oftob tushadigan 
joyga qo‘yish mumkin emas. Uni ishlatishda qo‘llar toza va quruq 
bo‘lishi kerak.
a) 
b) 
d) 


62
Detalni o‘lchashda shtangensirkul jag‘larining qiyshayishiga yo‘l 
qo‘ymaslik, ularni tegishli holatda qotirish vinti bilan mahkamlab 
qo‘yish lozim.
Shtangensirkulning ko‘rsatkichini o‘qishda uni to‘g‘ri tutib qarash 
kerak bo‘ladi.
Shtangensirkul jag‘larining uchi o‘tkir bo‘ladi va shuning uchun uni 
ishlatishda ehtiyot bo‘lish zarur.
Mazkur asbob ish o‘rnida foydalanish uchun qulay holatda qo‘yiladi. 
Uning ustiga chiqindilar, qirindilar tushmasligi kerak.
Shtangensirkulni ishlatib bo‘lgach, latta bilan artish lozim.
Mustahkamlash uchun savollar
1. Shtangensirkul noniusi deb nimaga aytiladi?
2. Shtangensirkulni asrashda qanday qoidalarga amal qilinadi?
3. Shtangensirkul bo‘linmasining qiymati deb nimaga aytiladi?
4. Shtangensirkul yordamida millimetrning butun va o‘nlik ulushlari 
qanday o‘lchanadi?
5. Shtangensirkulda 10; 18; 20,4; 33,9 o‘lchamlarini belgilang.
Amaliy laboratoriya ishi
Shtangensirkulda o‘lchash usullari bilan tanishish
Jihozlar

Download 6.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling