Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva
-rasm. Tunukani to‘g‘rilash. 25-rasm
Download 6.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Αzbekiston r espublikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tunukani qirqish.
- Tunukani bukish.
24-rasm. Tunukani to‘g‘rilash. 25-rasm.
Tunukani belgilash va chizib olish. Tunukani belgilash. Tunukani belgilash uchun quyidagi asboblar ishlatiladi: chertilka, chizg‘ich, qalam, sirkul, reysmus, go‘niya, kerper, shablonlar. Kontur chiziqlardan farqli holda, egish chiziqlari listga ikki tomonidan o‘tkaziladi, chunki bukayotgan paytda chiziq tashqi tomonidan ham bo‘lishi kerak. Kontur chiziqlar bilan egish chiziqlarini orqa tomonidan to‘g‘ri chiziq qilish uchun listni kern orqali bo‘rtirib olinadi. Oq tunuka, ruxlangan temir va boshqa yumshoq metallarning egish chiziqlarini qalam yordamida chizish kerak, chunki chertilka chuqur iz qoldiradi va korroziyaga qarshi bo‘lgan sirtni buzib yuboradi. 56 Tunukani qirqish. Q aychi bilan qirqayotganda uning pichoqlari oralig‘i va qirqish burchagi katta ahamiyatga ega. Pichoqlar orasidagi tirqish 0,1 mm dan katta bo‘lmasligi kerak. Qaychilar har doim tayyor bo‘lishi uchun uni o‘z vaqtida charxlab, pichoqlari orasidagi oraliqni kichraytirib turish lozim. Tunukani bukish. Bu tunukadan hajmli shakllarni paydo qilishning asosiy usulidir. Bukish tiskida, maxsus opravkalar va maxsus uskunalar yordamida bajariladi. Belgilab olingandan keyin egish chizig‘i tisk tepa joyining uchiga qo‘yiladi. Tiskining qisadigan joyi tunukani buzib qo‘ymasligi uchun uning chekkasiga nagubniklar joylashtiriladi va tunuka kiyanka bilan uriladi (26-rasm, a). 26-rasm. Tunukani bukish. a) b) 57 Kengroq bo‘lgan tunukani bukish uchun yog‘och brusokdan foydalaniladi (26-rasm, b). Tunuka bilan ishlaganda yasalgan detalning mustahkamligini oshirish va chiqib qolgan chekkalarini qayirib olishi uchun otbortovka qo‘llaniladi. Bu jarayon ancha murakkab hisoblanadi va bajarilayotgan paytda katta aniqlikni talab qiladi. Uzun sim zagotovkalarni kesishda qo‘l va yuzni jarohatlashdan ehtiyot bo‘lish kerak. Bukishda foydalaniladigan moslama (opravka) tiskiga mahkamlab o‘rnatiladi. Sim to‘plami uch-to‘rtta joyi bog‘langan, rulon ko‘rinishida keltiriladi. Kerakli uzunlikdagi simni qirqib olish uchun bog‘lab tortuvchi tugunlarni yechib, uni orqaga itarib chiqarish lozim. Agar sim tortib olinsa, u o‘ralib qoladi va oxiri chigallashib chiqmay qoladi. Zagotovkani kerakli bo‘lgan uzunlikda qirqib olish uchun metall chizg‘ich yordamida o‘lchab olinadi va keyin qirqiladi. Ko‘pincha uzunligi bir xil simlar kerak bo‘ladi. Buning uchun avval bitta sim kerakli uzunlikda qirqib olinadi va qolgan simlar uzunasini o‘lchash uchun ishlatiladi. Ingichka va yumshoq simni ombur yoki passatij yordamida qirqib olish mumkin. Simni qirqish uchun u sandonga qo‘yiladi (27-rasm, a) yoki tiskiga vertikal holatda o‘rnatiladi. Tiskida qirqiladigan joyi tepaga qaratiladi va qirqiladi (27-rasm, b). Download 6.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling