Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva
Tokarlik. Vint ochuvchi stanoklar
Download 6.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Αzbekiston r espublikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tokarlik keskichlari va ularni charxlash
Tokarlik. Vint ochuvchi stanoklar.
Maktab ustaxonalarida TV–4, TV–26, TV–7 rusumli vint ochuvchi tokarlik stanoklari ishlatiladi. TV–6 rusumli dastgoh, TV–4 rusumli dastgohning mukammallashgan varianti bo‘lgani uchun biz TV–6 stanogini ko‘rib chiqamiz. TV–6 vint ochuvchi stanoki, asosiy tokarlik ishlarini bajarish hamda silindr va konussimon yuzlarni ochish, qirqish, parmalash va burama kertik ochish uchun mo‘ljallangan. 40-rasmda vintqirqar tokarlik stanogining asosiy qismlari aks ettirilgan. Oldingi markaz staninaning chap tomonida ikkita vint bilan qotiriladi. Ish paytida uzatkich qutisida moy har doim kerakli miqdorda bo‘lishi shart. Orqa markaz ishlov berilayotgan detalning ikkinchi tomonini ushlab turish uchun xizmat qiladi. Dastgoh himoyalash moslamasi bilan jihozlangan. Stanok keskich o‘rnatilgan qismi (support)da qirindidan himoyalovchi ekran o‘rnatilgan. Agar ekran tushirilmagan bo‘lsa, dastgoh elektroblok orqali o‘chib qoladi. Patron va planshayba elektroblok bilan jihozlangan. Dastgohni yog‘lash uchun H–30A moyi ishlatiladi. Moy tepa qopqoqni ochib quyiladi. Stanina, support, orqa markaz, yuruvchi vint, yuruvchi vint podshipniklari va valiklar qo‘l bilan moylanadi. 67 Tokarlik keskichlari va ularni charxlash Keskich elementlari va burchaklari. Keskichlar kallak va sterjendan iborat (41-rasm). Kallak – ishchi qism. Sterjen keskichni dastgoh keskich ushlagichiga qotirish uchun mo‘ljallangan. Keskichning old tomonidan chiqayotgan qirindi o‘tadi, orqa tomoni esa detalga qaratiladi. Oldingi va orqa yuzlarning kesishgan joyida keskichni qirqadigan uchi joylashgan. 40-rasm. TV–6 vint ochish tokarlik stanogi: 1 – old tumba; 2 – boshqarish tugmalari; 3 – yuritish valigi va yuritish vintini ishga tushirish dastagi; 4 – uzatish kattaligi va rezba qadami kattaligini o‘rnatish dastagi; 5 – uzatmalar qutisi; 6 – oldingi babka; 7 – uzatma yo‘nalishini o‘zgartirish dastagi; 8 va 9 – shpindel aylanish chastotasini o‘rnatish dastagi; 10 – keskich kallagini o‘rnatish dastagi; 11 – ketingi babka pinolini o‘rnatish dastagi; 12 – ketingi babkani yo‘naltiruvchi staninaga o‘rnatish dastagi; 13 – ketingi babka; 14 – ketingi babka pinolini surish dastagi; 15 – supportning yuqori salazkalarini qo‘lda surish dastagi; 16 – ko‘ndalang salazkalarni surish dastagi; 17 – reykali shesternyani ishga tushirish dastagi; 18 – stanina; 19 – yuritish vinti gaykasini ishga tushirish dastagi; 20 – ko‘ndalang mexanik uzatmani ishga tushirish dastagi; 21 – qo‘lda bo‘ylama uzatish dastagi; 22 – orqa tumba; 23 – fartuk; 24 – support. 6 5 4 3 2 1 14 15 16 17 18 19 20 21 7 8 9 10 11 12 13 24 23 22 68 Asosiy qirqishni bosh qirquvchi uchi bajaradi. Keskichning cho‘qqisi – bu bosh va qo‘shimcha uchlarning kesishgan joyi (42-rasm). Keskichning asosiy geometrik tavsiyalariga, qo‘shimcha burchaklar reja burchaklar va qirquvchi uchning qiyalik burchagi kiradi. Download 6.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling