Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva


Download 6.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/145
Sana07.11.2023
Hajmi6.72 Mb.
#1753389
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   145
Bog'liq
Αzbekiston r espublikasi

42-rasm. 
Keskich elementlari: 
1 – kallak; 2 – qo‘shimcha kesuvchi uch; 
3 – bosh kesuvchi uch; 4 – oldingi yuz; 
5 – sterjen; 6 – suyanchiq yuz; 7 – bosh 
orqa yuz; 8 – keskich cho‘qqisi; 9 – orqa 
yordamchi yuz.
41-rasm. 
Keskichlar: 
a – butun; b – payvandlangan
d – kavsharlangan; e – ulama.
Keskich burchaklari (oldingi – 4, bosh orqa – 3, qirqish – 2, 
o‘tkir lik – 8) bosh qirquvchi uchning asosiy yuzaga perpendikular 
bo‘lgan bosh qirquvchi yuzalar o‘lchanadi (42-rasm). Oldingi burchak 
keskichning oldingi yuzi bilan qirqish yuzga perpendikular bo‘lgan 
tekislik orasidagi burchak hisoblanadi. Qanchalik oldingi burchak katta 
bo‘lsa, shunchalik qirindi oson olinadi, lekin qirqish kuchi kamayadi. 
Shuning uchun yumshoq materialga ishlov berganda oldingi burchakni 
katta qilish mumkin. Bu odatda, 8–30° ni tashkil etadi.
a)
b)
d)
e)


69
Bosh orqa burchak – bosh orqa yuz bilan qirqish tekisligi orasidagi 
burchak deyiladi. Bu burchak ishlov berilayotgan detal bilan keskich 
orasidagi ishqalanishni kamaytirish uchun kerak (odatda, 6–12°). Orqa 
burchak juda kichkina bo‘lganda ishqalanish shunchalik katta bo‘ladiki, 
natijada keskich qizib ishdan chiqadi.
O‘ta katta orqa burchak ham keskichning issiqlik rejimini buzadi 
va uning mustahkamligini pasaytiradi (43-rasm). Keskichni keskich 
ushlagichdagi joylashish holatiga qarab, orqa burchakning o‘zgarishi 
ko‘rsatilgan.
43-rasm. 
Keskichning asosiy 
burchaklari.
44-rasm. 
Joylashishiga qarab keskich orqa 
burchagining o‘zgarishi.
Keskich o‘rnatish.
Keskich ushlagichda shunday o‘rnatiladiki, kes-
kich uchi shpindel o‘qidan tepada turishi kerak. Keskich balandligini 
o‘lchash uchun burchakli shablondan foydalaniladi (45-rasm, d).
Agar keskich uchi markazlar chizig‘idan past bo‘lsa, uning tagiga 
yumshoq po‘latdan planka qo‘yiladi (45-rasm, a). Keskichning to‘g‘ri 
joylanganligini orqa markaziga nisbatan tekshiriladi (45-rasm,b). 
Keskichning chiqib qolgan joyi uning qalinligidan bir yarim uzunlikdan 
oshmasligi kerak (45-rasm, a).
Qo‘pol ishlov berilgan paytda keskich ishlov berilayotgan detal 
o‘qidan 0,5–1 mm baland joylanishi kerak. Qattiq materiallarga ishlov 
berilganda keskich markaziy chiziqdan 0,5–1 mm past joylanadi. Detalga 
yakunlovchi ishlov berilganda keskich uchi detalning markaziy chizig‘i 
bilan teng joylashtiriladi.


70

Download 6.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling