Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva


-BOB. ELEKTROTEXNIKA ISHLARI


Download 6.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/145
Sana07.11.2023
Hajmi6.72 Mb.
#1753389
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   145
Bog'liq
Αzbekiston r espublikasi

4-BOB. ELEKTROTEXNIKA ISHLARI
Uy-ro‘zg‘or isitish asboblarining tuzilishi. 
Elektr isitixsh asboblaridan xavfsiz foydalanish qoidalari. 
Issiqlik relesining tuzilishi va ishlash prinsipi. 
Amaliy mashg‘ulot
Yasama issiqlik relesini konstruksiyalash.
Elektr bilan isitish – isitishning boshqa turlariga (gaz, suyuq yoki 
qattiq yoqilg‘i yordamida isitishga) qaraganda bir qancha afzalliklarga 
ega. Asosiy afzalliklaridan biriga turar joy xonalari sanitariya-gigiyena 
sharoitlarining ancha yaxshilanishini kiritish mumkin.
Elektr bilan isitish asboblari vazifasi va assortimentiga ko‘ra 
juda ham xilma-xildir. Ular mehnatni ancha yengillashtiradi, turli uy 
ishlariga sarflanadigan vaqtni kamaytiradi va foydali ish koeffitsienti 
yuqori bo‘ladi. Elektr bilan isitish asboblarining afzalliklaridan yana 
biri
isitish darajasini kerakli haroratgacha rostlash imkoni borligidir. 


84
Turmushda yuqori qarshilikli o‘tkazgichlar vositasida elektr bilan 
isitish, infraqizil nurlar yordamida isitish, yuqori chastotali toklar bilan 
induksion isitishdan foydalaniladi.
Isitish qismlari uchun simlar yoki tasmalar tayyorlanadigan qotish-
malarning solishtirma qarshiligi mis yoki boshqa o‘tkazgichlarnikiga 
qaraganda ancha yuqori bo‘lishi kerak. Bu narsa tuzilishining ixcham 
bo‘lishini va haroratga kam bog‘liq bo‘lishini ta’minlaydi (kengayishdagi 
harorat koeffitsienti juda ham kichik bo‘lishi kerak). Bundan tashqari, 
ular suyuqlanmasdan va oksidlanmasdan uzoq vaqt davomida yuqori 
haroratga chidashlari kerak. Bunday talablarni metallar ichida maxsus 
qotishmalar – konstantan, nixrom va fexral bajarish mumkin.
Barcha isitish qismlarida tok o‘tkazuvchi sim yoki tasmani qobiqdan 
puxta himoya qilinadi. Elektr isitish asboblarining sifati va ishonchliligi, 
shuningdek, uni ishlatishdagi xavfsizlik shu narsaga bog‘liq. Vazifasiga 
qarab isitish qismlari ochiq va yopiq qilib ishlanadi. Yopiq isitish 
qismlari nogermetik va germetik bo‘lishi mumkin.

Download 6.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling