Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva
Download 6.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Αzbekiston r espublikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologik xaritalar tayyorlash va chizish
Amaliy laboratoriya ishi
Kandakorlik va zargarlikka oid mehnat operatsiyalarini bajarish. Jihozlar Kandakorlik va zargarlik buyumlari. Ishni bajarish tartibi Kandakorlikka oid mehnat operatsiyalarini bajarish. Muammoli topshiriq Metall qattiq material bo‘lganligi uchun uni qirqishda turli xil asbob va moslamalardan foydalaniladi. Yupqa listlarni qirqishda esa metall qaychilardan foydalaniladi. Metall qaychilar bilan ishlaganda qaychi qo‘lga shikast yetkazishi mumkin. Buni oldini olish uchun qanday ishlarni amalga oshirish mumkin? Texnologik xaritalar tayyorlash va chizish Har qanday buyumni yasash uchun uning tegishli chizmasi va texnologik jarayonning asosini tashkil qiladigan texnologik xaritasi bo‘lishi shart. Texnologik jarayon deganda, umuman, ishlab chiqarish jarayonining bir qismi tushuniladiki, unda zagotovka tayyor detalga (buyumga) aylantiriladi. Texnologik jarayon o‘z navbatida texnologik mehnat operatsiyalariga bo‘linadi. Har bir texnologik operatsiya texnologik jarayonning tugal bir qismi bo‘lib, ularda bir ish o‘rnida va asbobni almashtirmay, masalan, kesish, egovlash, parmalash, parchinlash, kavsharlash kabi biror ish bajariladi. Shuningdek, texnologik operatsiya ham texnologik jarayonning yanada kichik elementlariga, texnologik o‘tishlarga bo‘linadi. Bular texnologik operatsiyaning tugal qismlaridan iborat bo‘lib, foydalaniladigan asbobning va ishlov beriladigan sirtning doimo bir xilligi bilan xarakterlanadi. Masalan, sirtni egovlash, ichki qiyshiq chiziqli sirtni egovlash, tashqi qiyshiq chiziqli sirtni egovlash va hokazo. 78 Texnologik jarayonning yuqorida aytilgan har bir elementini bajarish tegishli mehnat usullaridan foydalanishni taqozo etadi. Mehnat usullari o‘quvchining ish o‘rnidagi turish holatlari, asboblarni ushlashi va bajaradigan mehnat harakatlari bilan bog‘liqdir. Sizlar hozirgacha o‘zingiz yasagan buyumlarni tayyorlashda oddiy texnologik xaritalardan foydalanib keldingiz. Unda quyidagi bo‘limlar bor: 1 – texnologik jarayon va o‘tishlarning nomlari; 2 – ishlov berishning eskizi, 3 – foydalaniladigan asboblar; 4 – qo‘llanadigan moslamalar. Texnologik xaritalarni tuzish va ulardan foydalanish sizlarning ijodiy faolligingizni oshiradi, texnik tafakkuringizni rivojlantiradi va mustaqil ishlarni o‘rganishingizda yordam beradi. Bundan tashqari, sizlar texnologik xaritalarni tuzishda buyumning namunasiga qarab uning murakkab konstruksiyasini ishlab chiqish; buyum uchun zagotovka tanlash va uning o‘lchamlarini aniqlash; texnologik operatsiya va o‘tishlarni hamda ularni bajarish tartibini belgilash; asboblar, uskuna va moslamalarni tanlash kabi muhim ishlarni bilib olasiz. Tuzilgan texnologik xaritalar bo‘yicha rejalashtirilgan buyumning hamma detallarini yasashingiz va ularni yig‘ishni bajarishingiz mumkin. Download 6.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling