Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva
-rasm. Parmalash stanogi. 47-rasm
Download 6.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Αzbekiston r espublikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy laboratoriya ishi Kesish asboblari bilan tanishish Jihozlar Zubilo, kreytsmeysel, chilangarlik bolg‘alari Ishni bajarish tartibi
- Muammoli topshiriq
46-rasm. Parmalash stanogi.
47-rasm. Parmalar: a, b – qo‘l parmasi; d – elektr parma. a) b) d) 72 detalga yaqinlashtiriladi va u tekkanidan keyin bir tekisda botiriladi. Chuqur bo‘lgan teshiklarni parmalaganda, paydo bo‘lgan qirindini olib tashlash uchun parma vaqti-vaqti bilan chiqarib turiladi. Parma teshik ostiga yaqinlashganda bosim kuchi kamaytirilishi kerak, bo‘lmasa u metallning katta bo‘lagini sindirib tashlaydi. Ingichka bo‘lgan detallarni parmalashdan oldin ularning ikki tomoniga yog‘ochdan tayyorlangan taxtachalar qo‘yilib, ya’ni tepa va pastiga mahkamlanib, keyin parmalasa bo‘ladi. Amaliy laboratoriya ishi Kesish asboblari bilan tanishish Jihozlar Zubilo, kreytsmeysel, chilangarlik bolg‘alari Ishni bajarish tartibi 1. Zubiloning tuzilishini o‘rganing. 2. Kreytsmeyselda ariqcha hosil qilishni mashq qiling. Muammoli topshiriq Frezalash stanogida, asosan, metallga ishlov beriladi. Metall ishqalanish natijasida tez qizib ketadi. Metallning tez qizib ish sifatining buzilishiga olib kelmasligi uchun nima qilish mumkin? 3.4. MAHSULOTLAR ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI Metallardan tayyorlanadigan buyumlarga, detallarga ishlov berish, konstruksiyalash elementlari Metallni qaychi bilan qirqish juda unumli bo‘lib, qirindi chiqarmay turib istalgan shakldagi detalni qirqishga va to‘g‘ridan to‘g‘ri tayyor detal olishga imkon beradi. Biroq qaychilar bosim hisobiga qirqqani uchun metallni qirqishga katta kuch kerak bo‘ladi. Shuning uchun qaychilar bilan list materiallar qirqiladi. Profil va chiviq materiallarni kesadigan mexanik qaychilar ham mavjud. 73 Qo‘l qaychilar (48-rasm) yupqa list materialni qirqish uchun ishlatiladi. Ular bilan 0,5–0,7 mm qalinlikdagi po‘latni, tunukani, qalinligi 1,5 mm gacha bo‘lgan rangli metallarni qirqish mumkin. Qo‘l qaychilarning tig‘i kalta, dastasi uzun bo‘ladi. Qaychilarning tig‘i V = 70° burchak ostida charxlanadi. Metallni qirqqanda paydo bo‘ladigan kuch ta’sirida tig‘ning o‘tmaslashishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun charxlanish burchagi shunchalik katta olinadi. Qaychilarning tig‘ini o‘tkir va to‘g‘ri chiziqli qilib charxlash kerak. Tig‘lar butun uzunligi bo‘yicha o‘zaro yondashib turishi lozim. Ular orasidagi tirqish 0,2 mm dan oshmasligi darkor. Agar tirqish bundan oshib ketsa, qaychi metallni qirqmay ezadi, natijada qirqilgan joy g‘adir-budur bo‘lib chiqadi. Agar tig‘lar orasida tirqish bo‘lmasa, katta ishqalanish kuchi paydo bo‘lib, tig‘ni tez o‘tmaslashtirib qo‘yadi. Tig‘larning ishqalanishini kamaytirish uchun ular bir-biriga tegib turadigan tekislik kichik burchak ostida charxlanadi. Qaychilar o‘naqay va chapaqay bo‘ladi. O‘naqay qaychilar bilan qirqqanda pastki tig‘ning qiyaligi o‘ng tomonda bo‘ladi. Bunday qaychilar ko‘proq qo‘llanadi. Chapaqay qaychilar egri chiziqli detallar qirqishda foydalaniladi. Listlar va trubalarda shakldor teshiklar ochish uchun egri tig‘li qaychilar ishlatiladi (48-rasm). Qirqish paytida qaychi o‘ng qo‘l bilan ushlanadi. Bosh barmoq yuqori dasta ustida turadi, uch o‘rta barmoq bilan pastki dasta ushlanadi, ko‘rsatkich barmoq dastalar orasida turadi. Qirqish paytida qaychining yuqori tig‘i reja chizig‘i ustidan yurishi kerak. Download 6.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling