Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva
Mustahkamlash uchun savollar
Download 6.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Αzbekiston r espublikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish tartibi
Mustahkamlash uchun savollar
1. Qaychilar bilan qanday detallar qirqiladi? 2. O‘naqay va chapaqay qaychilardan qanday hollarda foydalaniladi? 3. Stul va richagli qaychilar qanday tuzilishga egaligini tushuntiring. Amaliy laboratoriya ishi Qaychida metallarni qirqish haqida ma’lumot bering. Jihozlar qaychi, metall listlar a) b) 49-rasm. Qaychilar: a – stul qaychi; b – richagli qaychi. 76 Ishni bajarish tartibi 1. Qaychi bilan qirqishga oid amaliy ishlarini bajaring. 2. Qaychi bilan qirqishda kuch taqsimotiga e’tibor bering. Rangli metallarga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi turlari bo‘yicha ish usullari O‘zbek xalq amaliy bezak san’atining eng keng tarqalgan turlaridan biri kandakorlikdir. Kandakorlik deganda metalldan yasal- gan badiiy buyumlarga o‘yib yoki bo‘rtiq qilib naqsh ishlash tushuniladi. O‘zbekistonda metalldan yasalgan badiiy buyumlar ishlab chiqarish qadimdan rivojlanib kelayotgan san’at bo‘lib, bu san’at o‘zining qadimiyligi bilan kulolchilikdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. XI asrdan boshlab kandakorlik mahsulotlarini mis hamda mis qotishmalaridan tayyorlay boshladilar. Kandakorlik hozirgi kunda ham xalq hunarmandchiligi turi sifatida rivojlanib kelmoqda. O‘zbek xalq amaliy san’ati turlari ichida zeb-ziynat san’ati bo‘lmish zargarlik alohida o‘rin egallaydi. Zargarlik sohasida qimmatbaho rangli metallardan zirak, boshga – takdo‘zi, sanchoq, oltin tumor, ko‘krak bezagiga – murg‘ak, zebigardon, tumorcha, soch bezaklari – sochpopuk, zulfi tilla, osma bezak, gajak, butun tirnoq, yarim tirnoq, qo‘sh duo, burun bezagi – arabak, yuz bezagi – xol-binni, bo‘yin bezagi – bo‘yintumor, bozband, bel bezagi – kamar, qo‘l bezagi – bilaguzuk, barmoq bezaklari – uzuk va boshqalar bor. Turfa soch bezaklari qizlar kiyim-boshida muhim o‘rin tutgan. Shulardan sochpopuk, yumaloq, tuf va boshqalar kiradi. Sochpopuk – ayollar sochlariga taqadigan zargarlik bezagi. Bu bezak qora ipakdan eshilgan, uchlari popukdan, o‘n besh-yigirmata chiyratma ip bo‘ladi. Bu iplarga kumushdan quyma g‘uppa, qo‘ng‘iroqcha hamda naycha shaklidagi yana boshqa taqinchoqlar taqiladi. Sochpopuk har xil shakllardan iborat bo‘lib, ular turli nom bilan yuritiladi. Andijonda sochpopuk, bekakul sochpopuk, Namanganda esa kakulli sochpopuk, po‘r sochpopuk yoki baliqog‘iz, panjarali sochpopuk turlari bor. 77 Qo‘qonda qubba sochpopuk yoki katta qubba, Namanganda kartnoma, kartnoma bo‘rdak, naycha, katta g‘uppa va boshqa turlari bo‘ladi. Download 6.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling