Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva


Elektr isitish asboblaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalari


Download 6.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/145
Sana07.11.2023
Hajmi6.72 Mb.
#1753389
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   145
Bog'liq
Αzbekiston r espublikasi

Elektr isitish asboblaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalari
Elektr tarmoqlariga ulanadigan har qanday qurilmalardan foyda-
lanadiganlar, uy-ro‘zg‘or elektr asboblari va mashinalariga xizmat 
ko‘rsatish va ta’mirlash xavfsizlik qoidalarini, ko‘rsatmalarini bilishi 
hamda uning talablariga rioya qilishi kerak.


88
Elektr qurilmalar, elektr simlari nosoz bo‘lganda, texnik ekspluatatsiya 
qilish qoidalari va xavfsizlik texnikasiga oid instruksiyalar ishdan 
chiqqanda uy-ro‘zg‘or elektr asboblari bilan ishlagan paytda elektr toki 
bilan jarohatlanish xavfi tug‘ilishi mumkin.
0,06 A li tok kuchi inson hayoti uchun xavfli, 0,1 A tok esa halokatli 
hisoblanadi.
Kuchlanishi 36V dan ortiq bo‘lgan asboblar bilan ishlaganda 
xodimlarni tok bilan jarohatlanishdan saqlash uchun elektr tokidan 
izolatsiyalovchi himoya vositalaridan (dielektrik qo‘lqoplar, dastasi 
izolatsiyalangan asbob-uskunalar va hokazolar) foydalanishlari kerak. 
Himoya vositalari «Elektr qurilmalarida ishlatiladigan himoya vositalari-
dan foydalanish va ularni sinash qoidalari»ga javob berishi kerak.
Issiqlik relesining tuzilishi va ishlash prinsipi
Elektr qurilmalarini ishga tushirish va himoya qilish maqsadlarida 
qo‘llanadigan relelar amalda eng ko‘p tarqalgan issiqlik relelaridir. 
Issiqlik relelari faqat himoya relelari sifatida va ishga tushirish – himoya 
relelari sifatida ishlab chiqariladi. Himoya issiqlik relelari bimetall 
plastina va isitkichdan tarkib topsa, ishga tushirish himoya relelari 
elektromagnit va issiqlik himoya relelari to‘plamidan iborat bo‘ladi. 
2
1
4
3
52-rasm. 
Issiqlik relesining tuzilishi: 1 – bimetall yaproq; 2 – qayta ishga 
tushiruvchi tugma; 3 – prujina; 4 – bimetall yaproq tutqichi.


89
Issiqlik relesi (52-rasm) uchta asosiy qismdan: elektr isitkich – EK, 
bimetall yaproq tayanch (plastinka) 1 va normal holatda berk bo‘ladigan 
kontaktlar (KK)dan iborat. Bimetall yaproq tayanchi (plastinka) issiqlikdan 
chiziqli kengayish koeffitsient (O
1
va O
2
)lari turlicha (a
1
< a
2
) bo‘lgan 
ikki metall yaproqchalar (plastinkalar)ni bir-biriga qizdirib yopishtirish 
yoki payvandlash yo‘li bilan olinadi. Ma’lumki, O
1
va O
2
bo‘lgan 
bimetallning bir uchi qo‘zg‘almas qilib mahkamlansa va qizdirilsa, 
u chiziqli kengayish koeffitsienti kichik bo‘lgan tomonga og‘adi.
53-rasmda (a) bimetall yaproqni 
qizitil magan holati, 53-rasmda (b) esa uni 
qizitil gandan keyingi holati ko‘rsatilgan.
Issiqlik relelarida chiziqli kengayish 
koeffitsienti o‘ta kichik bo‘lgan invar 
(ya’ni nikel va temir qotishma) va chiziqli 
kengayishi yuqori bo‘lgan sirti nixrom–
nikel bilan qoplangan magnitlanmaydigan 
po‘latdan keng foydalaniladi. Bimetall 
qancha uzun va yupqa bo‘lsa, uning og‘ishi 
shuncha yuqori bo‘ladi. Bimetallning qizishi uning o‘zidan o‘tadigan 
iste’molchi toki yoki iste’molchi toki va maxsus elektr isitkich o‘rnatish 
tufayli vujudga keladi. Amalda bu oxirgi usul keng qo‘llaniladi. 

Download 6.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling