Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva
Mustahkamlash uchun savollar
Download 6.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Αzbekiston r espublikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektromagnitlar va ularning qo‘llanilishi. Elektromagnitning tuzilishi va ishlashi bilan tanishish Amaliy mashg‘ulot
Mustahkamlash uchun savollar
1. Bir lampali yoritqichning prinsipial sxemasini tasvirlab bering. 2. Ikki va uch lampali yoritqichning prinsipial sxemasini tasvirlab bering. 91 3. Xonadon (oshxona, zal) elektr tarmog‘ini montaj qilishda nimalarga e’tibor berish kerak? Elektromagnitlar va ularning qo‘llanilishi. Elektromagnitning tuzilishi va ishlashi bilan tanishish Amaliy mashg‘ulot Elektromagnitdan foydalanib, kompleks buyum detallarining konstruk- siyalarini ishlab chiqing va tayyorlang. Elektromagnit quyidagi tuzilishga ega: izolatsiyalangan simdan tayyorlangan va ichiga yumshoq o‘zak joylangan g‘altak elektromagnit deb ataladi. Elektromagnitlarning shakli va o‘lchamlari har xil, lekin hammasining tuzilishi bir xildir. Elektromagnitning g‘altagi karkasdan iborat bo‘lib, asosan, elektrokarton yoki fibrdan tayyorlanadi va elektromagnitning vazifasiga qarab turli shaklda bo‘ladi. 54-rasmda elektromagnitning tuzilishi ko‘rsatilgan: a) karkas – 1 ga izolatsiyalangan mis sim (PE, PEL, PELSHО, P6D)dan bir necha qavat o‘raladi, uni elektromagnit cho‘lg‘ami – 2 deb ataladi. Elektromagnitlar vazifasiga ko‘ra cho‘lg‘amdagi o‘ramalar soni turlicha bo‘lib, diametri har xil bo‘lgan simlardan tayyorlanadi. 54-rasm. Elektromagnit. 92 Cho‘lg‘amning izolatsiyasini mexanik shikastlanishdan saqlash uchun uni bir necha qavat izolatsiya qog‘ozi yoki boshqa izolatsiya ashyosi – 3 bilan qoplanadi. Cho‘lg‘amning uchini va oxirini tashqariga chiqarib, karkasga mahkamlangan chiqarish qisqichlari – 4 yoki oxirida uchligi bor egiluvchan simlarga biriktiriladi. Elektromagnit g‘altagi o‘zak – 5 ga kiydiriladi; b) o‘zak ashyosi sifatida bo‘shatilgan po‘lat yoki temirning kremniy va nikel qotishmasidan foydalaniladi. O‘zaklar ko‘pincha bir-biridan izolatsiyalangan, alohida yupqa plastina – 6 lardan tayyorlanadi. Elektromagnitlar texnikada: ko‘tarma kranlar, elektrodvigatellar, elektr qo‘ng‘iroqlari, telefon, telegraf, turli avtomatlar, rele va hokazolarda qo‘llaniladi. Elektromagnit – sun’iy magnit hisoblanadi. Magnit maydoni feromag- nit o‘zakni o‘rab olgan chulg‘amlardan elektr toki o‘tishi natijasida paydo bo‘ladi va konsentratsiyalanadi. Elektromagnitlar texnikaning ko‘p sohalarida, jumladan, transport, telegraf, radio, televide niye, elektr mashinalari va elektr apparatlarida magnit maydonini hosil qilishda, yuklarni ko‘tarishda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Elektromagnit maydonining ta’sir kuchi qanday parametrlarga bog‘liqligini ko‘raylik (55-rasm). Zanjirga ulangan elektromagnit uchiga yaqin qilib yakor deb ataluvchi temir plastina dinamometr orqali osilgan kalitni ulasak, yakor g‘altakka tortiladi. Yakorning g‘altakka tortilish kuchi dinamometr yordamida o‘lchanadi. Reostat yordamida g‘altak- dagi tok ikki marta orttirilsa, yakorning g‘altakka tortilish kuchi ham ikki marta ortadi. Tok kuchi necha marta orttirilsa, g‘altakning tortishish kuchi shuncha marta ortadi. Elektromagnitning temir yakorni tortish kuchi tok kuchiga va 55-rasm. Elektromagnit maydonning ta’sir kuchini aniqlash. 93 g‘altakning uzunlik birligiga to‘g‘ri keladigan o‘ramlar soniga to‘g‘ri proporsionaldir. Download 6.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling