Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva


Mustahkamlash uchun savol


Download 6.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/145
Sana07.11.2023
Hajmi6.72 Mb.
#1753389
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   145
Bog'liq
Αzbekiston r espublikasi

Mustahkamlash uchun savol
1. Elektromagnit deb nimaga aytiladi?
2. Elektromagnitning tortishish kuchi chulg‘amdagi o‘ramlar soniga 
qanday bog‘liq? 
3. Elektromagnitning qo‘llanilishi haqida nimalarni bilasiz?
Elektromagnit rele
О‘tgan mashg‘ulotda elektromagnitning tuzilishi, ishlash prinsipi va 
vazifasini o‘rgandik. Elektromagnit xalq xo‘jaligining turli sohalarida 
qo‘llaniladigan asboblar, avtomatik qurilma va boshqa jihozlarda keng 
ishlatiladi. Undan turli qurilmalarda juda keng foydalaniladi. Shu sababli 
bu mashg‘ulotda elektromagnit relening tuzilishi, ishlash prinsipi va 
vazifasi bilan tanishamiz.
Elektromagnitli rele – kuchsiz tok orqali katta quvvatli tokni maso-
fadan boshqarish uchun xizmat qiladigan qurilmadir. 
Elektromagnitli rele hozirgi zamon texnikasida, ayniqsa, avtomatik 
qurilmalarda keng qo‘llanmoqda. 
Elektromagnitli rele yordamida elektrodvigatelning ishini boshqarish 
sxemasini ko‘rib chiqamiz (56-rasm).
56-rasm. 
Elektrodvigatelning ishini boshqarish sxemasi.


94
Releninig asosiy qismi elektromagnit – 1 bo‘lib, uning cho‘lg‘ami 
boshqaruvchi zanjirga ulangan. Viklyuchatel – 2 ulansa, elektromagnit 
chulg‘amidan (odatda, kuchsiz) tok o‘tadi. Bunda yakor – 4 elektro-
magnitning o‘zagiga tortiladi va ish zanjirining kontaktlari – 5 tutashadi. 
Zanjirga katta quvvatli tokning iste’molchilari ulangan. Odatda, ish 
zanjiri alohida tok manbayiga ega bo‘ladi. Boshqaruvchi zanjir uzilsa, 
prujina Z yakorni orqaga tortadi va ish zanjiridagi tokni uzib qo‘yadi. 
Texnikada qo‘llanadigan ayrim relelar faqat ish zanjirini ketma-
ket ulash va uzish uchun xizmat qiladi, boshqalari esa bir ish zanjirini 
ulaydi va ayni vaqtda boshqasini uzadi. Vaqt relelari ham mavjud bo‘lib, 
ular oldindan belgilangan vaqt o‘tgach, ish zanjirini ulaydi yoki uzib 
qo‘yadi. Ko‘p qurilmalarda relening boshqaruvchi zanjiri avtomatik 
ravishda, odamning bevosita ishtirokisiz ulanadi va uziladi. Relening 
almashinib ulanishi boshqaruvchi zanjirda tok kuchining o‘zgarishi 
bilan turli fizik kattaliklarni (harorat, bosim, moddaning zichligi, 
buyumlarning yoritilganligi va b.) ham aniqlaydigan, shu bilan birga 
ularning qiymatlarini o‘zgartirishga ham xizmat qiladi. 
Misol tariqasida yong‘indan xabar beruvchi avtomatik signalizat-
siyaning sxemasini ko‘ramiz. Relening boshqaruvchi zanjiriga yarim 
o‘tkazgichli priborlar – T1, T2, T3, T4 termistorlari ulangan. Harorat 
ortsa, ularning qarshiligi keskin kamayadi. Agar xonaning harorati 
80–100°C ga ko‘tarilsa, boshqaruvchi zanjirdagi tokning kuchi ortadi, 

Download 6.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling