Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva
O‘ta yuqori chastotali (O‘YUCH) pechlar
Download 6.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Αzbekiston r espublikasi
O‘ta yuqori chastotali (O‘YUCH) pechlar. Oziq-ovqat mah-
sulotlarini qovurish, isitish va eritish uchun zarur bo‘lgan vaqt bu pechlarda odatdagi pechlardan foydalanilgandagiga qaraganda taqqoslab bo‘lmaydigan darajada kamdir. Elektr energiya ham juda kam miqdorda sarflanadi. O‘YUCH (yoki boshqa nom bilan aytganda mikroto‘lqin) pechlarining yana shunday afzalligi borki, ularda yonish mahsulotlari bo‘lmaydi, ularni tozalashning ham hojati yo‘q. O‘rtacha hisobda pechlarning yuqori chastotali quvvati 600 Vt ni tashkil qiladi. Mikroto‘lqinlar chastotalarining chegaralari 1000 mGs dan 100 000 mGs gacha bo‘ladi (1 mGs = sekundiga 1 mln marta tebranish). O‘YUCH pechlari uchun 2450 mGs chastota belgilangan. Bu chastota (12–25) sm uzunlikdagi radioto‘lqiniga mos keladi. Radioto‘lqinlar yorug‘lik tezligida, ya’ni 300 000 km/s tezlikda tarqaladi. 87 Kuchlanish transformatori va generator lampasi bor magnetron mikroto‘lqinlar manbayi bo‘lib xizmat qiladi. To‘lqin taqsimlagich mikroto‘lqinlarning tarqalishini kamera rezonatorda bir tekis taqsim- lay di. Oziq-ovqat mahsulotlariga yo‘naltirilgan mikroto‘lqinlar suv molekulalarini tebranish harakatga keltiradi. Molekulalarning ishqalani- shidan hosil bo‘lgan issiqlik ovqatni pishiradi (qovuradi). Ovqatni faqat 100°C gacha isitish mumkin. Mikroto‘lqinlar uzoq muddat ta’sir qilganda suv bug‘lanib ketadi va ovqat kuyadi. Mikroto‘l- qinlarning asosiy afzalligi shundaki, bunda issiqlik ovqat tayyorlashning boshqa har qanday tizimida bo‘lgani kabi (kastrulka – suyuqlik – oziq- ovqat mahsuloti) oziq-ovqat mahsulotidan tashqarida emas, balki uning o‘zida hosil bo‘ladi. Mikroto‘lqinlar har tomondan ovqatga faqat 2,5 sm kirganligi uchun nometall idishlardan foydalanish tavsiya etiladi. Shisha, chinni, fayans, karton va sintetik materiallarda tayyorlangan idishlardan foydala- nish mumkin. Aluminiy qatlamidan, shuningdek, metalldan qilingan manzarali ba’zi (masalan, oltindan tayyorlangan gardishli) bor metall idishlardan foydalanish tavsiya etilmaydi. O‘YUCH pechlari ovqat tayyorlash uchun universal asbob emas. Bundan tashqari, ular qimmat turadi, elektr himoya ishonchli bo‘lishini talab qiladi, qo‘llar to‘satdan kamera rezonatoriga tushib qolishining oldini olish uchun eshiklarni qo‘shaloq va undan ortiq blokirovka qilinishini talab qiladi. Shunisi muhimki, mikroto‘lqin pechlari O‘YUCH energiyasini atrof-muhitga juda ham kam sirqitadi. O‘YUCH energiyasining sochilish quvvati pech qobig‘ining har qanday nuqtasidan 50 mm masofada 1mkVt/sm 2 dan ortib ketmasligi lozim. Download 6.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling