Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva
Download 6.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Αzbekiston r espublikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yopiq turdagi nogermetik isitish.
- Yopiq turdagi isitish.
- Yopiq turdagi germetik isitish.
Ochiq turdagi isitish.
Isitish qismlari ochiq holda bo‘lib, ular tegishli shakldan elektr himoyalovchi materialning ariqchalarida ochiq joylashtirilgan bo‘ladi yoki elektr himoyalovchi materialdan yasalgan tayanchlarga erkin osib qo‘yilgan bo‘ladi. Bular issiqlikni konveksiya yoki nur chiqarish yordamida tarqatadi. Ochiq turdagi isitish qismlarining afzalliklariga tuzilishining oddiy- ligi, tez qizdirishi, ularni ta’mir qilish osonligini kiritish mumkin; kamchiliklariga – faol qism o‘ramlarining tutashib qolish ehtimoli borligini va bundan tashqari, ochiq faol qismga tegib ketganda odamni tok urishi ehtimoli borligi nazarda tutiladi. Yopiq turdagi nogermetik isitish. Qismlari faol qism yoki tasmadan tayyorlangan bo‘lib, elektr himoya materialdan tayyorlangan himoya qobig‘i ichiga joylashtirilgan bo‘ladi, bu qobiq ularni mexanik shikastlanishlardan saqlaydi, ammo havo kirishiga to‘sqinlik qilmaydi. Himoya qobig‘i sifatida ba’zan sopol munchoqlardan foydalaniladi, ular faol qismga kiydirib, quyiladi. Bu turdagi qismlar elektr choynak va dazmollarda qo‘llanilgan. Ularning tuzilishi oddiy bo‘lib, mexanik 85 mustahkamligi uncha katta emas, ular singanda faol qism qobig‘iga tutashib qolishi mumkin. Yopiq turdagi isitish. Qismlari nixrom yoki fexral simdan tayyor- langan faol qism ko‘rinishida ishlab chiqariladi, bu faol qism bir- biriga zichlab kiritilgan ikkita halqasimon kosachadan iborat metall g‘ilofga joylashtirilgan bo‘ladi. G‘ilofning ichki qismiga kukunsimon elektr himoyalovchi massa to‘ldiriladi. Ular ishlatishda ishonchli, biroq asbobni isitish uchun nisbatan ko‘p vaqt talab qiladi. Yopiq turdagi germetik isitish. Isitish qismlari eng takomillashtirilgan qismlardir. Ularda tashqi diametri 4–5 mm bo‘lgan faol qism qobiq- naycha ichiga joylashtiriladi, naychaning ichki diametri 8–10 mm. Naycha yuzasi 400–800°C haroratgacha qizishiga yo‘l qo‘yadigan latun, zanglamaydigan yoki xrom-nikelli po‘latdan tayyorlanadi. Faol qism bilan naycha devorchasi orasidagi erkin bo‘shliq kvars qumi yoki magniy oksidi kukuni bilan to‘ldiriladi. Naycha ichidagi himoyalovchi materialni qattiq zichlash uchun material siqiladi. Faol qismni havo va nam ta’siridan saqlash uchun naychaning uchlari elektr himoyalovchi vtulkalar bilan germetik qilib yopiladi va ustidan maxsus shishasimon emal quyiladi. Bunday turdagi isitish qismlari issiqlik uzatish uchun yaxshi sharoitlarga ega, uzoqqa chidaydi va mexanik hamda kimyoviy ta’sirlarni sezmaydi. Xizmat qilish muddati 10 000 soatga yetadi. Barcha turdagi isitish qismlarida isitish qismlarining uchlari qobig‘ga mahkamlangan va undan himoyalovchi materialdan yasalgan maxsus vtulkalar bilan himoyalangan kontakt shtiftlarga mahkamlanadi. Download 6.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling