Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva


Download 6.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/145
Sana07.11.2023
Hajmi6.72 Mb.
#1753389
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   145
Bog'liq
Αzbekiston r espublikasi

Ishni bajarish tartibi
1. Iste’mol qilinib bo‘lgan tunukali idish tanlab olinadi. Idish tayyorlana-
digan tunuka o‘rtacha qattiqlikda bo‘lgani maqsadga muvofiq. Chunki 
yumshoq tunuka idishidan qirg‘ich tayyorlab bo‘lmaydi. 
2. Idishning belgilangan qismidan marker qalami yordamida chiziqlar 
chiziladi. Chiziqlarning oraliq masofasi bir xil bo‘lishiga e’tibor qaratish 
lozim. 
3. Marker qalami yordamida to‘g‘ri chiziqlarga perpendikular holatda 
yana chiziqlar chizib chiqiladi. Bunday holatda ham chiziqlarning oraliq 
masofasiga e’tibor qaratishimiz lozim. 
51-rasm. 
Metall tunukadan gul yasash.


81
4. Chizilgan chiziqlarning kesishgan joylari belgilab olinib, qo‘l parmasi 
yordamida bir tekis qilib teshib olinadi.
5. Teshilgan teshikchalar qumqog‘oz yordamida silliqlanadi.
6. Idishimizdagi ortiqcha metall bo‘laklarini yo‘qotish uchun suv bilan 
yuviladi. 
7. Har bitta teshib chiqilgan teshikchalar parmaning orqa tomoni bilan 
tepadan pastga qarab bukiladi. Har bitta bukilayotgan teshikchaning 
qayrilish burchagi bir xil bo‘lishi lozim. Aks holda qirg‘ichdan 
o‘tkaziladigan mahsulotning katta-kichikligi har xil bo‘lib qolishi 
mumkin. 
8. Tayyor bo‘lgan qirg‘ichni sinab ko‘rish mumkin. Biz bilamizki, 
qirg‘ichdan turli xil mahsulotlarni maydalashda foydalaniladi. Safarga, 
dam olish maskanlariga sayohatga chiqqanimizda uydagi barcha 
buyumlarni olib ketishning imkoni bo‘lmaydi. Bunday sharoitda qo‘lbola 
usulda tayyorlangan qirg‘ich bizga kerak bo‘ladi. 
1-jadval
T
/r
Ishni amalga oshirish bosqichlari
Ishni amalga oshirish 
bosqichlarining rasmli 
tasvirda ifodalanishi
1
Iste’mol qilib bo‘lingan tunukali idish tanlab 
olinadi.
2
Idishning belgilangan qismidan marker qalami 
yordamida chiziqlar chiziladi. Chiziqlarning 
oraliq masofasi bir xil bo‘lishiga e’tibor 
qaratish lozim.
3
Marker qalam yordamida to‘g‘ri chiziqlarga 
perpendikular holatda yana chiziqlar chizib 
chiqiladi. Bunday holatda ham chiziqlarning 
oraliq masofasiga e’tibor qaratishimiz lozim.


82
4
Chizilgan chiziqlarning kesishgan joylari 
belgilab chiqiladi.
5
Qo‘l parmasi yordamida bir tekis qilib teshib 
olinadi.
6
Teshik ochish ishlari birin-ketin amalga 
oshirilib boriladi.
7
Teshikchalarni barcha nuqtalarda bajarilgani 
tekshirib chiqiladi.
8
Teshik teshish vaqtida hosil bo‘lgan temir 
bo‘laklarini silliqlash uchun qumqog‘ozdan 
foydalaniladi.
9
Teshilgan teshikchalar qumqog‘oz yordamida 
silliqlanadi. Qo‘lni temir tilib yubormasligi 
uchun ish jarayoni asta-sekinlik bilan bajariladi.
10
Idishimizdagi ortiqcha metall bo‘laklarini 
yo‘qotish uchun suv bilan yuviladi.


83
11
Har bitta teshib chiqilgan teshikchalar parma-
ning orqa tomoni bilan tepadan pastga qarab 
bukiladi. Har bitta bukilayotgan teshikchaning 
qayrilish burchagi bir xil bo‘lishi lozim.
12
Ishni bajarish ketma-ketligi barcha teshiklarni 
bukib chiqish bilan davom ettiriladi.
13 Tayyor bo‘lgan qirg‘ichni sinab ko‘rish 
mumkin.

Download 6.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling