Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva


Download 6.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/145
Sana07.11.2023
Hajmi6.72 Mb.
#1753389
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   145
Bog'liq
Αzbekiston r espublikasi

48-rasm. 
Qo‘l qaychi bilan yupqa list materialni qirqish.


74
Qirqiladigan metall qaychilarning jag‘i orasiga qanchalik ichkari 
kirsa, shuncha kam kuch bilan qirqiladi, lekin tig‘lar katta ochilganda 
qirqish kuchining gorizontal tashkil etuvchisi kattalashadi va metall 
qirqilmasdan itariladi, qaychi jag‘lar orasidan chiqishga harakat qiladi.
Tig‘lar taxminan 30° ochilganda ishqalanish kuchi va o‘quvchi chap 
qo‘lining kuchi itaruvchi kuchga qarshi tura oladi. Ana shu burchakni 
qo‘l qaychilar bilan metall qirqishda eng qulay burchak deyish mumkin.
Qirqish paytida qaychining yuqori tig‘i reja chizig‘i ustidan yuritiladi, 
chap qo‘l bilan qirqib olinayotgan qism bukib turiladi. Bunda metallni 
keskin bukib yubormaslik kerak. Qaychini oldinga yurgizib qirqqan sari 
uni qirqiladigan joyga taqab borish kerak. Aks holda g‘adir-budurliklar 
paydo bo‘ladi.
Qaychi qirqilayotgan metallga nisbatan tekis ushlanishi lozim. 
Qiyshaytirilsa, qirqmasdan metallni ezadi.
Yupqa plastmassa listlarni oddiy qo‘l qaychilar bilan ham qirqish 
mumkin. Lekin bunda tig‘lar orasidagi tirqish juda kichik (0,1–0,2 mm
bo‘lishi kerak. Qirqish paytida listni stolga zich taqab turish kerak. 
Mo‘rt plastmassalar: polistirol, organik shisha kabilar qaychi emas, arra 
bilan qirqiladi.
Diametri 3 mm gacha bo‘lgan sim ombur bilan qirqiladi.
Stul qaychilar (49-rasm, a) qo‘l qaychilardan yuqori dastasining 
uzunligi (400–800 mm), pastki dastasi to‘g‘ri burchak ostida egilib, uchi 
o‘tkirlanganligi bilan farq qiladi. Shu o‘tkir uchi taxtaga yoki dastgohga 
qoqib qo‘yiladi.
Dastasining uzunligi tufayli qirqishda barmoqlargina emas, balki 
butun qo‘l qatnashadi. Bu esa qirqish bosimini ancha oshiradi. Stul 
qaychilar bilan 2–3 mm gacha qalinlikdagi metallarni qirqish mumkin.
Richagli qaychilar (49- rasm, b) 2–3 mm gacha qalinlikdagi metall 
listlarni qirqishga imkon beradi. Ular ikkita cho‘yan stoyak va stoldan 
iborat. Stolga yon tomondan qo‘zg‘almas pichoq (90° burchak ostida 
charxlangan) biriktirilgan. Richagga mahkamlangan ustki pichoq egri 
chiziqli shaklga ega. Bu esa richag tushirilganda bosim burchagi 
doimo birday bo‘lishini ta’minlaydi (taxminan 15°). Richag staninaga 


75
mahkamlanadi. Uchida posongi bo‘lgani uchun u o‘z-o‘zidan tushib 
ketmaydi. Qirqiladigan list planka yordamida richagga qisiladi. 
Richagli qaychilarning tig‘lari oralig‘i kichik bo‘lishiga va richagning 
puxta mahkamlanishiga e’tibor berish kerak.
Ularda zagotovkani qisib turadigan bostirma bo‘lishi lozim, chunki 
qirqish paytida buyumni to‘ntarishga intiluvchi kuch momenti paydo 
bo‘ladi va ishchi uni ushlab turishga kuchi yetmaydi.
Metallni qirqish uchun richag keskin tushiriladi, so‘ngra kuch bilan 
bosib oxirigacha qirqiladi.
Qaychilar bilan qirqishda juda ehtiyot bo‘lish kerak, aks holda 
detalning o‘tkir uchlari va qirralari bilan qo‘lni kesib olish mumkin. 
Qo‘lqop kiyib ishlash tavsiya qilinadi.

Download 6.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling