Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva
Mustahkamlash uchun savol
Download 6.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Αzbekiston r espublikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy mashg‘ulot
Mustahkamlash uchun savol
1. Issiqlik relesi deb nimaga aytiladi? 2. Issiqlik relesining qo‘llanilishi haqida nimalarni bilasiz? Xonadon (oshxona, zal) elektr tarmog‘ini montaj qilish Amaliy mashg‘ulot Xonadon (oshxona, zal) elektr tarmog‘ini montaj qilish jadvalini ishlab chiqish. Ikki qutbli ulab-uzgich bilan bitta, ikkita, uchta lampani ulash Xonadon (oshxona, zal) elektr tarmog‘ini montaj qilishdan oldin xonadon (oshxona, zal) ning elektr uskunalariga alohida e’tibor qaratish lozim. Montaj 53-rasm. Bimetall yaproqni haroratga bog‘liqlik holati. 90 qilish jarayonida tok manbayi qayerda joylashganligiga e’tibor qaratish va uni qanday turga mansubligini aniqlashingiz; elektr energiya iste’molchisining joylashgan o‘rni va vazifasini aniqlashingiz; o‘tkazgichlarning qanday o‘tkazilganini, kalit va rozetkalarning qan day o‘rnatilishini ko‘rib chiqib, shundan so‘ng prinsipial sxemasini chizishingiz lozim. Bu dars jarayonida xonadon (oshxona, zal)ning maketi bo‘yicha elektromontaj ishlari amalga oshirilishini e’tiborga olib, siz xonadon (oshxona, zal)ning yig‘ilgan namunasini va undagi barcha detallari bilan tanishib chiqing. Shundan so‘ng yoritqich va elektr jihozlarning konstruktiv jihatdan o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rib chiqasiz. Xona donning xususiyatlariga hamda elektr lampa patroni, kalit, rozetkalarning o‘rnatilishi, o‘tkazgichlarning joylashuviga e’tibor qarating. Amaliy mashg‘ulot 1. Xonadon (oshxona, zal)ning maketi bilan tanishish. 2. Yoritish lampasi va kalitlarni joylashtirish rejasini tuzing. 3. O‘rnatiladigan elektr jihozlari mo‘ljalini olib, elektr rozetkasini o‘rnatish joylarini aniqlang. 4. O‘rnatiladigan elektr jihozlarining quvvatini e’tiborga olib, o‘tkazgich tanlang. 5. Xonadon (oshxona, zal)elektr tarmog‘ini montaj sxemasini chizing. 6. Xonadon (oshxona, zal)ning maketi bo‘yicha sxema asosida montaj qiling. 7. Dars oxirida o‘quvchilar xonadon (oshxona, zal)ning maketi bo‘yicha sxema asosida montaj qilingan ishini o‘qituvchiga ko‘rsatadi. 8. O‘quvchilar bajargan ishlariga ko‘ra baholanadi. 9. Mustahkamlash sifatida o‘quvchilar o‘zlari bajargan ishlarining ayrim kamchiliklarini bartaraf etishni o‘rganadilar. I z o h : xonadonning xususiyatlariga qarab elektr o‘tkazgich, elektr lampa, kalit, rozetkalarni o‘rnatishdan oldin, ulardan foydalanishdagi qulaylik va xavfsizlik darajasi hamda o‘tkazgichlarning joylashuviga e’tibor bering. Download 6.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling