Shaxrisabz davlat pedagogika instituti
III BOB bo‘yicha xulosalar
Download 140.63 Kb.
|
KOMILLIK.docxZILOLA (3)
III BOB bo‘yicha xulosalar
1. Jamiyat, xalq, millatning istiqboli ko‘p jihatdan oilaviy munosabatlarning holatiga bog‘liq. Har qanday millatning ma’naviyatini shakllanishida hech shubhasiz oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosdir. Bag‘rikenglik, o‘zaro mehr-oqibat, hurmat, halollik, mehnatsevarlik, ahillik, fikriy birdamlik, odoblilik, ahloqiy poklik, inoqlik, totuvlik, bilimga, kasb-hunarga intilish, o‘z sha’nini asrash, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, qonunga to‘g‘ri kelmaydigan har qanday nopok ishlardan saqlanish kabi insoniylik fazilatlari aynan oila muhitida shakllanadi. 2. O‘zbekiston xalqlari oilasida inson shaxsining kamolati uchun ma’nan tarbiyaviy barkamollik negiz vazifasini o‘taydi. Ota-bobolarimizdan meros qolgan saxiylik, mehmondo‘stlik, rosgo‘ylik, tantilik, sadoqatlilik, poklik, odoblilik fazilatlari milliy mintalitetimizning muhim jihati hisoblanadi. Ushbu xislatlarni ta’lim-tarbiya jarayonida yosh avlod ongiga yanada shakllantirish, ular ruhiyatini xalq durdonalari bilan boyitish, milliy qadriyatlarga e’tiborni ko‘proq qaratish maqsadga muvofiqdir. 3. Komillik g‘oyasining takomillashishi asosan ta’lim-tarbiya asosida kechadi. Ta’lim-tarbiyaning zamonaviy usullari asosida barkamol avlodlarni tarbiyalash sohasida uzluksizlikni ta’minlashning optimal vazifalarini takomillashtirish dolzarb ahamiyatga ega. Yoshlar tarbiyasini zamonaviy asosda, ilmiy-texnologik talablarni hisobga olib isloh qilish, takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar uni bugungi kun ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, ilmiy va ma’naviy asosda shakllantirishni taqozo etmoqda. 4. Barkamol avlod tarbiyasi davrimizning kechiktirib bo‘lmaydigan ishlaridan biridir. Komillik g‘oyasi yoshlarda Vatanga, xalqqa bo‘lgan e’tiqodini tarbiyalashga butun mohiyati va mazmuni bilan xizmat qiladi. Shularni inobatga olgan holda, bugungi kunning eng muhim vazifasi – yoshlar ongida milliy immunitetni shakllantirish, ularning ma’naviyatini boyitish, kelajakka ishonch ruhini singdirish, hayotga faol bo‘lishlariga imkon yaratib berishdir. Davlatimiz tomonidan yoshlar tarbiyasini keng miqiyosda targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlar yoshlarda tom ma’nodagi vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantiradi. Xulosa Dissertatsiya natijalari asosida komil inson g’oyasini amalga oshirishda ma’naviyat sohasidagi islohotlarning ijtimoiy-falsafiy jihatlari bo‘yicha quyidagi xulosalarga kelingan: 1) inson ta’lim-tarbiya oladi va ilmlilikka erishadi; 2) shaxs bo‘lib takomillashadi; 3) davlatning rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi; 4) jamiyatning umum manfatlariga xizmat qiladi. Komil inson g‘oyasining rivojlanish bosqichlari quyidagicha amalga oshgan: 1) qadimgi davri Zardo‘shtiylik ta’limoti asosida; 2) islom ta’limoti asosida; 3) jadidchilik ta’limoti asosida; 4) mustaqillik g‘oyalari asosida. Komil inson g‘oyasini shakllantiruvchi obyektiv shart-sharoitlar quyidagi omillar asosida amalga oshadi: birinchisi, tabiiy shart-sharoitlar; ikkinchisi, iqtisodiy shart-sharoitlar; uchinchisi, siyosiy shart-sharoitlar; to‘rtinchisi, iqtisodiy shart-sharoitlar; beshinchisi, madaniy shart-sharoitlar; oltinchisi, ijtimoiy shart-sharoitlar ta’sirida. Komil inson g‘oyasini shakllantiruvchi subyektiv shart-sharoitlar quyidagi omillar asosida amalga oshadi: birinchisi, siyosiy tarbiya; ikkinchisi, huquqiy tarbiya; uchinchisi, ahloqiy tarbiya; to‘rtinchisi, diniy tarbiya; beshinchisi, estetik tarbiya; oltinchisi, mehnat tarbiyasi; yettinchisi, ekologik tarbiya. 2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida quyidagi dolzarb vazifalarni bajarish borasida: birinchidan, xotin-qizlarning qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash; ikkinchidan, xotin-qizlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini yanada oshirish; uchinchidan, yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarning, jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash; to‘rtinchidan, ehtiyojmand xotin-qizlarga manzilli yordam ko‘rsatish bo‘yicha ro‘yxatlarni tuzish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy ko‘mak berishning samarali usul va vositalaridan keng foydalanish; beshinchidan, barcha hududlarda xotin-qizlarning bandligini to‘la-to‘kis ta’minlash imkonini oshiradigan maxsus tizim yaratish va uning samarali ishlashini yo‘lga qo‘yish; oltinchidan, xotin-qizlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash, ayniqsa, qishloq joylardagi yosh qizlarning oilaviy va xususiy tadbirkorlik, hunarmandchilik bilan shug‘ullanishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash; yettinchidan, xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, birinchi navbatda, huquqbuzarlikka moyilligi bo‘lganlar bilan yakka tartibda ish olib borish; sakkizinchidan, jazoni ijro etuvchi muassasalaridan ozod qilingan xotin-qizlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashishi bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; to‘qqizinchidan, xotin-qizlar bilan bog‘liq muammolarni yechishda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqin hamkorlikni ta’minlash borasida ishlarni tizimli tarzda olib borish. Ushbu ishlarimizni yangi bosqichga ko‘tarish uchun yana ko‘plab tadbirlarni amalga oshirish zarur. Jumladan: birinchi, ma’naviy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish; ikkinchi, tarbiya jarayonida uzluksizlik, uzviylik tamoyillariga tayangan holda, avvalo, bo‘lajak va yosh onalarga e’tiborni kuchaytirish; uchinchi, bolalarni go‘dakligidan boshlab yuksak ma’naviy qadriyatlar ruhida tarbiyalash bo‘yicha eng muhim yo‘nalishlarni belgilash; to‘rtinchi, yoshlarda Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, mustahkam iroda, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibat, ma’suliyat, bag‘rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsearlik kabi muhim fazilatlarni basqichma-bosqich shakllantirish. Download 140.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling