Shaxrisabz davlat pedagogika instituti
Download 140.63 Kb.
|
KOMILLIK.docxZILOLA (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. KOMIL INSON G‘OYASINI AMALGA OSHIRISHNING IJTIMOIY-MA’NAVIY ASOSLARI 2.1 Komil inson g‘oyasini shakllantiruvchi shart-sharoitlar va omillar
I BOB bo‘yicha xulosalar
Komil insonning shakllanganligi darajasini xarakterlovchi eng muhim fazilatlar quyidagilardir: aqliy zukkolik, huquqiy komillik, axloqiy yetuklik, siyosiy teranlik, mehnatga halol munosabat, yuksak madaniy, ma’naviy saviya, professional iftixor, milliy va umuminsoniy g‘urur va boshqalar. Mustaqillik ruhida yangicha fikrlaydigan fozil, komil inson, eng avvalo, fuqarolik burchini a’lo darajada his etadigan shaxs bo‘lishi darkor. Sodda qilib aytganda, har qaysi komil inson, har birimiz: “Shu davlat, shu jamiyat menga nima berdi?” deb emas, balki: “Men o‘zim Vatanimga, elu yurtimga nima berdim?” deb o‘ylashi va har dam shu aqida bilan yashashi kerak. Sharq falsafasida, xususan, tasavvuf ta’limotida komil insonlar o‘zida odillik, fozillik, faqirlik, insof-u diyonatni jo qilgan, pok yeb, pok yashagan, harom-harishdan jirkangan, barcha dunyoviy va ilohiy bilimlarni egallagan, fayzu karomatga serob, qalbi ezgu tuyg‘ularga limmo-lim pokiza zotlar sifatida e’zozlangan. Komil inson haqidagi nazariyalar Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov asarlarida to‘liq holda bayon etilgan. Shuningdek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilayotgan O‘zbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi markazida ham inson manfaatlari va inson kamoloti asosiy o‘rinni egallaydi. Prezidentimiz tomonidan mazkur soha yechimiga qaratilgan qator qonun hujjatlari imzolanib, farmon, qaror va farmoishlar qabul qilinmoqda. Bular yurtimizda ma’nan yetuk, dunyoqarashi teran, mustaqil fikrlovchi, e’tiqodi mustahkam, siyosiy-ma’naviy saviyasi hozirgi davr talablariga to‘la javob beradigan barkamol avlodni kamol toptirishga xizmat qilmoqda. II BOB. KOMIL INSON G‘OYASINI AMALGA OSHIRISHNING IJTIMOIY-MA’NAVIY ASOSLARI 2.1 Komil inson g‘oyasini shakllantiruvchi shart-sharoitlar va omillar Har qanday jamiyatda komil inson g‘oyasi mazmuni dinamik xarakterga ega bo‘ladi. U turfa obyektiv shart-sharoitlar va subyektiv omillar ta’sirida o‘zgarib, goho takomil topib, goho esa zaiflashib boradi. Mazkur shart-sharoitlar va omillar o‘zining turli-tumanligi, murakkabligi va ta’sirchanligi bilan tavsiflanadi. Buning ustiga, ular komil inson madaniyatiga alohida-alohida tarzda emas, o‘zaro uyg‘unlikda va aloqadorlikda ta’sir ko‘rsatadi. Komil inson g‘oyasida iz qoldiradigan obyektiv shart-sharoitlar va subyektiv omillarni sxematik ravishda quyidagicha tasavvur qilish mumkin: Mazkur obyektiv shart-sharoitlar va subyektiv omillar mazmuni talqini, uning ta’siri xarakteri va ko‘lami tahlili, birinchidan, komil inson g‘oyasining dinamik xususiyatlari va undagi qonuniyatlarning o‘ziga xos jihatlarini ilg‘ab olish imkonini beradi. Ikkinchidan esa, mazkur yondashuv konkret jamiyatdagi Komil inson madaniyati modelining shakllanganligi darajasini aniqlashda nazariy asos vazifasini o‘taydi. Komil inson g‘oyasi eng avvalo tabiiy shart-sharoitlar ta’sirida shakllanadi. Tabiiy shart-sharoitlar – inson hayotiga salmoqli ta’sir ko‘rsatadigan tabiiy omillar yoki geografik muhit xususiyatlari yig‘indisidir. Bu shart-sharoitlar turkumiga hududning geografik joylashuvi, relyefi, iqlimi, daryolari va ko‘llari, o‘simliklar va hayvonot olami kiradi.20 Albatta, har bir hududdagi shart-sharoit o‘zining takrorlanmas xususiyatlari bilan ajralib turadi. To‘g‘ri, o‘tgan asrning oxirlariga kelib jahonda ekologik vaziyat globallashuvi tendensiyaviy tus oldi. “Ekologik vaziyatning globallashuvi deganda turli mintaqalardagi yer, suv, iqlim, o‘simliklar dunyosi, hayvonot olami, tabiiy boyliklari tarkibi va rivoj-lanish tendensiyalarida, tabiiy va sun’iy muhit orasidagi mutanosiblik darajasida sodir bo‘layotgan unifikatsiya jarayoni nazarda tutiladi.”Shunga qaramasdan, hududlar tabiiy shart-sharoitlari – relyefi, daryolari va ko‘llari, o‘simliklar va hayvonot olamidagi o‘ziga xos xususiyatlar batamom yo‘q bo‘lib ketgani yo‘q va kelajakda ham shunday bo‘lib qoladi. Tabiiy komil inson g‘oyasining muhim elementlari – Vatan tuyg‘usi, vatanparvarlik faoliyati sifatiga salmoqli ta’sir ko‘rsatadi. Shaxs eng avvalo o‘z Vatani tabiatidan ruhlanib uni ardoqlashga va qadrlashga odatlanadi, fuqaro sifatida uni asrab-avaylashga, manfaatlariga xizmat qilishga kirishadi. Komil inson g‘oyasi mazmuni va xarakteriga ta’sir ko‘rsatadigan omillar haqida gapirganda dastlab jamiyatdagi iqtisodiy shart-sharoitlarni tilga olish kerak bo‘ladi. Iqtisodiy shart-sharoitlar deganda mamlakat iqtisodiyotining aniq bir davrdagi ahvoli nazarda tutiladi. Ishlab chiqarish va iste’mol hajmi, iqtisodiyot tarkibidan joy olgan tarmoqlar va ularning samaradorligi darajasi, eksport va import salohiyati, iqtisodiy o‘sish sur’atlari – bu va bunga o‘xshagan ko‘plab mezonlar mamlakatdagi iqtisodiy shart-sharoitlarni ifodalaydi. Jamiyatdagi iqtisodiy shart-sharoitlar bilan Komil inson g‘oyasi o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik dialektik xarakterga ega. Bir tomondan, iqtisodiy shart-sharoitlarning o‘zgarishi Komil inson g‘oyasi transformatsiyasiga olib keladi. Ikkinchi tomondan esa, komil inson g‘oyasi yuksalishi pirovardida iqtisodiy ko‘rsatkichlarni takomillashtirish uchun zamin yaratadi. Biz bu o‘rinda Komil inson g‘oyasiga ta’sir ko‘rsatadigan omillar haqida mulohaza yuritayotganimiz tufayli masalaning birinchi aspektiga diqqatni jamlash bilan cheklandik. Jamiyatdagi iqtisodiy shart-sharoitlar pozitivlashgani sayin shaxs iqtisodiy tafakkuri rivoj topadi, u iqtisodiy jarayonlarga faol ishtirok eta boshlaydi, mavjud qonunlarga qat’iy rioya qilishga ko‘nikadi, komil inson sifatida maqbul iqtisodiy munosabatlarni asrab qolishga o‘z hissasini qo‘sha boshlaydi. Shuni ham ta’kidlamoq darkorki,jamiyatdagi iqtisodiy shart-sharoit-lar turli omillar ta’sirida mudom o‘zgarib turadi. Ayrim pallalarda ichki va tashqi omillar unga pozitiv tus bersa, boshqa davrda yuz bergan salbiy iqtisodiy tendensiyalar uni zaiflashtirishi yoxud inqirozga yetaklab keli-shi mumkin. Komil inson g‘oyasi mazkur o‘zgarishlarga mutanosib ravishda goh pozitiv, goho negativ xususiyat kasb qiladi, goho intensiv rivojlana boshlaydi, goho esa passivlashadi. Siyosiy shart-sharoitlarning ham komil inson g‘oyasi mazmuni va xarakteriga ta’siri benihoya katta. Siyosiy shart-sharoitlar deganda jamiyatda hukm surayotgan siyosiy rejim, davlat hokimiyati qudrati, siyosiy institutlar o‘rtasidagi munosabatlar xarakteri nazarda tutiladi. Demokratik siyosiy rejim o‘rnatilgan davlatlarda fuqarolar ijtimoiy bilim va gumanistik g‘oyalarni o‘zlashtirishlari uchun keng imkoniyatlar vujudga keladi. Bunday sharoitda fuqarolar manfaatlarini ifoda etadigan fuqarolik jamiyati institutlari keng rivoj topadi. Natijada jamiyat a’zolari ular orqali ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishga muvaffaq bo‘ladilar. Ijtimoiy shart-sharoitlarning komil inson g‘oyasi ta’siriga keladigan bo‘lsak, bu o‘rinda turmush tarzi va darajasi, aholi real daromadlari miqdoriga e’tiborni qaratishimiz zarur. Jamiyat turmush tarzi komil inson g‘oyasi xarakterini belgilovchi muhim omillardan biridir. Turmush darajasi va aholi daromadlari miqdori ham komil inson madaniyati darajasida iz qoldiradi. Umumiy daromadlar miqdori kattaligi bois jamiyat a’zolari real daromadlari ham yuqori, turmush darajasi esa shunga monand bo‘lgan. Bunday turmush darajasi komil inson madaniyatining qaror topishiga zamin yaratgani aniq. Ko‘rinib turibdiki, komil inson madaniyati shakllanishida ijtimoiy shart-sharoitlarning ahamiyati nihoyatda katta. Komillik ongi va faoliyati tabiati mavjud madaniy shart-sharoitlarga borib taqaladi. Biz madaniy shart-sharoitlar deganda milliy madaniyat komponentlari - til, an’ana va qadriyatlar, madaniy meros, adabiyot va san’atning muayyan davrdagi ahvolini nazarda tutmoqdamiz. Ma’lumki, milliy madaniyatning yuqorida tilga olingan tarkibiy qismlari millat vakillarining dunyoqarashini belgilab beradi. Insonning olamni his qilishi va tushunishi modeli aynan ana shu qismlar ta’sirida takomiliga yetadi. Bu model pirovardida inson xulq-atvori va faoliyatining xarakterini, ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beradi. Zotan, uning Vatan haqidagi tasavvurlari, fuqarolik qadriyatlari va bilimlari doirasi ajdodlar tomonidan asrlar davomida arjumand sanalgan qadriyatlar negizida shakllanadi. Shu nuqtai nazardan fikrlaganda, komil inson ongi shaxsning milliy an’ana, qadriyat va madaniy merosga sodiqligi ajridir. Milliy madaniyatdan ayri komillik ongi ojiz holga tushadi. Binobarin, madaniy shart-sharoitlar – milliy madaniyat ahvoli tako-millashgani sayin inson ongi yuksalib, komillik faoliyati yo‘nalganlik kasb qilib boraveradi. Xuddi shuning uchun ham ijtimoiy taraqqiyotning barcha davrlarida milliy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan tub islohotlar jamiyat a’zolari komillik madaniyatining yuksalishi bilan intiho topgan. Aksincha, milliy madaniyat inqirozi tez orada komillik madaniyatining ham yemirilishiga sabab bo‘ladi. Shaxs fuqarolik madaniyatining shakllanishi jarayoni nuqul obyektiv shart-sharoitlarga bog‘liq emas. Ayni paytda unga turfa subyektiv omillar ham ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, komillik ongi va faoliyati siyosiy tarbiya davomida shakllantiriladi va muvofiqlashtiriladi. Siyosiy tarbiya, avvalo, shaxsning siyosiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan va uning butun umri davomida turli vositalar orqali amalga oshiriladigan maqsadga muvofiq jarayondir. Huquqiy tarbiyaning komil inson g‘oyasini shakllantirishdagi roli katta. U shaxs huquqiy madaniyatini – huquqiy ongi va faoliyatini takomil toptirishga yo‘naltiriladi. “Huquqiy madaniyat – inson madaniyatining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, uning huquqiy bilimlari sifatini, huquqiy normalarning ahloqiy-yuridik mazmunini tushunishi darajasini, huquqiy e’tiqodi saviyasini tavsiflaydi; bularning barchasi inson maishiy, mehnat va ijtimoiy faoliyatida ro‘yobga chiqadi va huquqiy normalarga amal qilish, o‘z haq-huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, o‘z xulq-atvorini huquqqa bo‘ysundirish tarzida namoyon bo‘ladi”21. Komil inson g‘oyasining shakllanishi jarayoniga ta’sir ko‘rsatadigan subyektiv omillardan biri axloqiy tarbiya bilan bog‘liq. Ma’lumki, axloq “kishilarning bir-birlariga, oilaga, jamiyatga bo‘lgan munosabatlarida namoyon bo‘ladigan xatti-harakatlari, xulq-atvorlari, odoblari majmuidan” tarkib topadi. Mazkur hatti-harakat va xulq-atvor normalari esa aynan axloqiy tarbiya yordamida shakllantiriladi va rivojlantiriladi. Axloqiy tarbiya davomida komillik ideallari qaror topadi. Ilmiy manbalarda komil ideal deganda inson hoyu-havaslari, intilishlariga muayyan yo‘nalish baxsh etadigan namuna, etalon nazarda tutiladi. Eng yuksak axloqiy ideal Vatanga muhabbat bilan bog‘liq. Chunki axloqan komil insongina o‘z Vatanini seva oladi, uning maqsad va manfatlariga astoydil xizmat qilishga ehtiyoj sezadi. Vaholanki, aynan Vatanga muhabbat bilan bog‘liq axloqiy ideal shaxs fuqarolik ongining muhim elementidir. Binobarin, eng yuksak axloqiy ideallarni shakllantirishga yo‘naltirilgan axloqiy tarbiya shaxs fuqarolik madaniyatini yuksaltirishning salmoqli subyektiv omilidir. Komil inson g‘oyasini shakllantiruvchi subyektiv omillar haqida gapirganda diniy tarbiyaning ahamiyatini ham e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Uzoq yillar davomida diniy tarbiyaning asosiy maqsadi shaxsda muayyan diniy e’tiqodni shakllantirish bilan bog‘lab kelindi. Masalan, taniqli faylasuf M. Rubinshteyn o‘tgan asrning boshlaridayoq diniy tarbiya vositasida diniy e’tiqodni mustahkamlash zaruriyati xususida o‘z mulohazalarini bayon qilgandi. Uning fikriga ko‘ra, diniy e’tiqodga ega bo‘lmagan inson nafaqat o‘z hayoti va faoliyatini to‘g‘ri tashkil eta olmaydi, balki farzandlariga ham munosib tarbiya berishga qiynaladi. Shu boisdan diniy tarbiya e’tiqodni mustahkamlashga yo‘naltirilmog‘i darkor, deb ta’-kidlaydi u.22 Bugun ham ilmiy makonda shunga o‘xshagan nuqtai nazarni yoqlovchi kitob va maqolalarni uchratish mumkin. “Barchamizga yaxshi ma’lumki, din azaldan inson ma’naviyatining tarkibiy qismi sifatida odamzotning yuksak ideallari, haq va haqiqat, insof va adolat to‘g‘risidagi orzu-armonlarini o‘zida mujassam etgan, ularni barqaror qoidalar shaklida mustahkamlab kelayotgan g‘oya va qarashlarning yaxlit bir tizimidir”.Diniy tarbiya din haqidagi ana shunday tasavvurlarni shakllantirishga xizmat qilmog‘i darkor. Komillikni asosiy diniy belgilaridan biri “Ollohni anglash” debqaraladi. Bugungi komil inson zamonaviylikni aks ettiruvchi komil inson bo‘lib, Ollohdan avval, “inson o‘zini anglash”ga qaratilganligi bilan farqlanadi. Chunki, o‘zini anglagan insongina “Olloh”ni anglay oladi. Diniy bilimlar inson ongiga shu qadriyatlarni singdiradi. Komil inson g‘oyasini shakllanishi jarayonida estetik tarbiya o‘ziga xos o‘rin tutadi. “Estetik tarbiya – insonda voqelikka estetik yondashuvni shakllantirishga qaratilgan maqsadga muvofiq jarayondir”23. Estetik yondashuv asosida insonning estetik didi, estetik ideallar haqidagi tasav-vurlari qaror topadi, unda ijodkorlik ruhi uyg‘onadi24. Estetik tarbiya faqat adabiyot va san’at asarlaridagi go‘zallikni his qilish va undan zavqlanish tuyg‘usini shakllantirish bilan bog‘liq emas. To‘g‘ri, adabiyot va san’at asarlaridagi go‘zallikni chuqur his qilishga odatlangan shaxsda keyinchalik nafaqat estetik, balki axloqiy, komillik ideallari ham yuzaga keladi. Mehnat tarbiyasi insonni kamol toptirishning muhim omilidir. U insonda mehnatga ehtiyojni, unga oqilona munosabatni shakllantirishga qaratilgan maqsadga muvofiq jarayondir. Mehnat tarbiyasi jarayonida inson o‘zi va o‘zgalar mehnatini qadrlashga, mehnat faoliyatini to‘g‘ri tashkil etishga, insoniyat yaratgan moddiy va ma’naviy qadriyatlarni qadrlashga odatlanadi. To‘g‘ri tashkil qilingan mehnat tarbiyasi shaxsda mehnatsevarlik fazilatini shakllantirish imkonini beradi. “Kundalik o‘zaro munosabatlarda, - deb yozadi G.Bekmurodova,- “mehnatsevarlik” tushunchasi kishilarni o‘z xizmat vazifasini, topshirilgan topshiriqlarni bajarishi holatini, darajasini ifodalash maqsadida ishlatiladi. Shubhasiz, bunda mehnatsevarlikning mazmun va mohiyati to‘la ochilmay qolaveradi. Bizning fikrimizcha, mehnatsevarlik deganda insonning faqat xizmat vazifasini bajarishi yoki o‘ziga topshirilgan topshiriqni sidqidildan ijro etishi tushunilmaydi. Balki boshqalar – oila, kollektiv, xalq, millat, jamiyat, davlat manfaati yo‘lida qilingan halol mehnat ham tushuniladi”25. Mehnatga muhabbat qo‘ya bilgan inson mustaqil shaxs sifatida voyaga yetadi, o‘z mehnati, kasbiy faoliyati ijtimoiy ahamiyatini yaxshi tushuna boshlaydi, uni Vatan manfaatlariga moslashtirishga odatlanadi. Buning ustiga, aynan mehnatsevarlik aqliy, axloqiy, huquqiy, siyosiy, estetik, shuningdek, fuqarolik fazilatla-rining takomil topishiga zamin yaratadi. Binobarin, mehnat tarbiyasining shaxsda mehnatsevarlikni qaror toptirishga qaratilgan qismi fuqarolik madaniyatini shakllantirish omili sifatida ham namoyon bo‘ladi. Komil inson g‘osining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadigan subyektiv omillardan yana biri ekologik tarbiyadir. “Ekologik tarbiya o‘z mazmuniga ko‘ra tarbiyaning o‘ziga xos shakli bo‘lib, shaxs ekologik ongini yuksaltirish, ekologik faoliyatini takomillashtirish maqsadida amalga oshiriladigan maqsadga muvofiq tarbiyaviy jarayondir. U turli subyektlar tomonidan olib borilishi mumkin. Masalan, oilada, u yoki bu institutda, jamoada ham ekologik tarbiyaning muayyan shakllari amalga oshiriladi. Biroq bu borada davlat tomonidan ekologik siyosat doirasida maqsadga muvofiq tarzda amalga oshirilgan ekologik tarbiyaning ahamiyati beqiyosdir”26. Ekologik tarbiya bir necha vazifalarni bajaradi. Ularning barchasi o‘zining salmoqli ijtimoiy ahamiyati bilan tavsiflanadi. Falsafa fanlari doktori B.Omonov bu vazifalar turkumiga quyidagilarni kiritadi: “1) ekologik ong negizida atrof-muhitga mas’uliyatli yondashuvni shakllantirish; 2) zamona-viy ekologik muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llariga doir bilimlar tizimini shakllantirish; 3) o‘z hududidagi atrof-muhitni o‘rganish, hola-tini baholash va yaxshilashga doir intellektual va amaliy malakalar tizimi-ni rivojantirish; atrof-muhitni muhofaza qilishga doir faol faoliyatga intilishni rivojlantirish”27. Mazkur vazifalarning barchasini ham shaxs fuqarolik madaniyatini shakllantiruvchi omil sifatida qayd qilish mumkin emas, albatta. Biroq ekologik tarbiyaning ekologik ong negizida atrof-muhitga mas’uliyatli yondashuvni shakllantirish bilan bog‘liq vazifasi komillik mas’uliyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb qiladi. Demak, shu yo‘nalishdagi ekologik-tarbiyaviy ishlarni komil inson g‘oyasini shakllantiruvchi subyektiv omil sifatida baholash mumkin. Mulohazalarimizdan ko‘rinib turibdiki, komil inson g‘oyasining dinamik xarakteri unga obyektiv shart-sharoitlar va subyektiv omillarning murakkab ta’siri bilan shartlangandir. Ushbu ta’sir tahlili komil inson g‘oyasining o‘zgarishi qonuniyatlariga doir ayrim xulosalarga kelish imkonini beradi. To‘g‘ri, jamiyatdagi voqea va jarayonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni, ularning namoyon bo‘lishi xususiyatlarini mufassal aniqlab berish ancha mushkul. Paragraf xulosalariga ko‘ra, komil inson g‘oyasi turfa obyektiv shart-sharoitlar va subyektiv omillarning o‘zaro uyg‘unlikdagi va aloqadorlikdagi ta’siri natijasida o‘zgara boradi. Bunda tabiiy, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy shart-sharoitlar ta’siri – obyektiv; siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, estetik, mehnat va ekologik tarbiya ta’siri – subyektiv xarakterga ega bo‘ladi. Obyektiv shart-sharoitlar va subyektiv omillarning komil inson g‘oyasiga ta’siri tahlili undagi o‘zgarishlar qonuniyatlarini ilg‘ab olish imkonini beradi. Bu qonuniyatlar komil inson g‘oyasining determinatsion xarakterga egaligi, uning shaxs umumiy madaniyati kontekstida rivojlanishi, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, estetik, mehnat va ekologik tarbiyaning eng progressiv hosilalarini o‘zida jamlashi, undagi har qanday yangi sifatning avval muvaqqat va beqaror, so‘ngra esa doimiy va barqaror xarakter kasb qila borishi bilan bog‘liq. Download 140.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling