Tadqiqot obyekti va predmeti. Komil inson g‘oyasining rivojlanish tendensiyalari tadqiqotning obyektini tashkil etadi.
Tadqiqot predmeti, komil inson g‘oyasining ijtimoiy-tarixiy asoslari va namoyon bo‘lish xususiyatlarini g‘oyaviy-mafkuraviy jihatlarini o‘rganishdan iborat.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Tadqiqot maqsadi, komil inson g‘oyasining ijtimoiy-tarixiy asoslari va namoyon bo‘lish xususiyatlarini ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganishdan iborat.
Vazifalari:
birinchidan, komil inson g‘oyasi tushunchasi mazmun-mohiyati va nazariy asoslari va asosiy yo‘nalishlarini yoritish;
ikkinchidan, komillik g’oyasi haqidagi qarashlarning tarixiy rivojlanish bosqichlari va genezisini ochib berish;
uchinchidan, komil inson g‘oyasini shakllantiruvchi shart-sharoitlar va omillar samaradorligini ilmiy tahlil etish;
to‘rtinchidan, komil inson g’oyasi va umumbashariy qadriyatlar aloqadorligi va aniq maqsadlarga yo‘naltirish usullarini ko‘rsatish;
beshinchidan, komil insonni tarbiyalashda oiladagi ma’naviy muhitning yangicha zamonaviy ilmiy metodologiyasini aniqlashtirish;
oltinchidan, ta’lim muassasalarida komil inson g’oyasini takomillashtirishda zamonaviylashtirish uslublari samaradorligini ilmiy asoslab berishdan iborat.
Ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
komil inson g‘oyasi tushunchasi mazmun-mohiyati, nazariy asoslari va asosiy yo‘nalishlari, ijtimoiy-tarixiy genezisi, shakllanish va rivojlanish darajalari ilmiy asoslangan;
komil inson g‘oyasini shakllantiruvchi shart-sharoitlar va omillar samaradorligi, umumbashariy qadriyatlarga aloqadorligi va aniq maqsadlarga yo‘naltirish usullari, samaradorlik mexanizmlari ko‘rsatilgan;
komil insonni tarbiyalashda oiladagi ma’naviy muhitning yangicha zamonaviy ilmiy metodologiyasi asosida olib borish maqbulligi isbotlangan;
ta’lim muassasalarida komil inson g’oyasini takomillashtirishda zamonaviylashtirish uslublarini Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida tashkillashtirish zaruriyati aniqlashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |