SHAXSNING FAOLLIGI. FAOLIYAT TURLARI, MOTIVATSIYASI VA ULARNI
BOSHQARISH.
Faoliyat deganda tirik organizmni o‗z ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan
faolligi tushuniladi.Hayvonlarda ushbu faollik tabiatan biologik harakterga ega.
SHuning uchun ―faoliyat‖ atamasi hayvonlarga nisbatan majoziy ma‘noda olinib,
uni aniqroq qilib “Hayotiy faoliyat” deyishimiz mumkin. Faoliyat – bu
insongagina xos bo‗lgan, ong bilan boshqariladigan, olamni bilishga qaratilgan
ehtiyojlarni qondirish va olamni hamda odamni o‗z-o‗zini o‗zgartirishga
yo‗naltirilgan faolligidir. Faoliyat muammosi bevosita organik jihatdan shaxs va
ong muammosi bilan bog‗liqdir. SHaxs faoliyatda tarkib topadi va shakllanadi.
Faoliyat –bu insonning voqelik bilan o‗zaro munosabati jarayoni bo‗lib (tabiiy va
ijtimoiy ), bu passiv jarayon emas, aksincha ong bilan boshqariladigan, nisbatan
ortiq yoki kamroq faollikdir.
Inson faoliyati bevosita ehtiyojlar bilan emas, balki aniqlangan maqsad
asosida boshqariladi. Inson faoliyati rang-barangdir. Faoliyat natijalariga ko‗ra
a‘nanaga asosan uni amaliy yoki nazariy turga bo‗lish mumkin. Har qanday
faoliyat ma‘lum bir g‗oyani hayotga tadbiq etib, u nazorat va boshqaruvni talab
etadi. Eng ajoyib g‗oyalar jamiyat tomonidan ma‘lum faoliyatga tadbiq
etilgandagina yuqori bahoga ega bo‗ladi. Bugungi kunda respublikamizda ilgari
surilgan mustaqillik milliy g‗oyasi fuqarolar faoliyatini oshirishi, ularda Vatanga
sadoqat, burch, ma‘suliyat fidokorlik hissini shakllantirishga qaratilgandir. Zero,
Do'stlaringiz bilan baham: |