Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek: ―Milliy g‗oya – inson va jamiyat
hayotiga ma‘no-mazmun baxsh etadigan, uni ezgu maqsad sari etaklaydigan fikrlar
majmuidir‖. Deyarli har qanday faoliyat o‗z ichiga ichki va tashqi qismlarni
qamrab oladi. Faoliyatning barcha turlarida ichki va tashqi qismlarining miqdoriy
sifati o‗zgaradi, lekin “aql bilan” ni yuritishni bilish orqali faoliyatning ichki
qismi (hatti-harakatning aqliy rejasi) ustivor bo‗ladi. Bu inson faoliyatning sifat
jihatidan o‗ziga xosligini ta‘minlaydi. O‗zining genetik kelib chiqishi bo‗yicha
ichki (aqliy, psixik) faoliyat tashqi (predmeti) faoliyatdan kelib chiqadi. Bola avval
predmetli hatti-harakatlarni amalga oshiradi, so‗ng tajriba ortgach xuddi shu hatti-
harakatlarni aqliy amalga oshiradi. Tashqi (predmetli) hatti-harakatlarni, ichki
(aqliy) hatti-harakatlarga aylanishi interiorizatsiya (yunoncha interior-ichki) deb
ataladi. Ammo ichki hatti-harakatlar tashqi natijaga yo‗naltirilgan bo‗lib, faoliyatni
ichki qismi (psixik, aqliy) tashqiga (predmetli) aylanishi va predmetlarda ma‘lum
usul va harakatlarni amalga oshirilishi eksteriorizatsiya (yunoncha exterior -
tashqi) deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |