Hatti-harakatlar – bu faoliyatning nisbatan tugallangan elementi bo‗lib, u
umumiy motivga bo‗ysingan oraliq maqsadga erishishni nazarda tugadi. Masalan.
Talabaning o‗quv faoliyatidagi hatti-harakatlariga, ma‘ruza eshitish, laboratoriya
ishlarini bajarish, yozma ish yozish va h.k kirishi mumkin. Har qanday hatti-
harakat operatsiyalar tizimidan iborat bo‗lib, u ma‘lum vaziyatda ma‘lum masalani
echishga qaratilgandir. Predmetli hatti-harakatlarni tahlili shuni ko‗rsatadiki, ularni
har biri o‗z ichiga uchta harakatni qamrab oladi: olmoq (ko‗tarmoq) bir joydan
ikkinchi joyga qo‗ymoq, tushirmoq. Psixologiyada hatti-harakatlarining boshqa
turlari ham mavjuddir: nutqiy (nutq jarayonida nutq organlarining harkati), sematik
(og‗iz harakati, ochiq saylovda qo‗l harakati, tasdiqlovchi va inkor qiluvchi bosh
harakati va h.k ), mimika, pantomimika, emotsiyalarni namoyon bo‗lishi,
lokomotor harakatlar – tananing fazodagi harakati (odamning yurish, yugurish va
h.k)
Zamonaviy psixologiyada quyidagi aqliy hatti-harakatlar ajratiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |