Shaxs og‘ishgan xulqining mexanizmlari tayanch tushunchalar


Repertuar panjaralar testi


Download 123.36 Kb.
bet30/35
Sana25.01.2023
Hajmi123.36 Kb.
#1118597
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Repertuar panjaralar testi
Shaxs konstruktlari diagnostikasida repertuar panjaralar testi qo‘llaniladi19. Testning birinchi bosqichida tadqiq etiluvchi qism tanlanib, ob’ektlar nabori (elementlar repertuari) beriladi. Elementlar tadqiqot vazifasiga ko‘ra turlarga bo‘linadi. Bu konkret elementlar nabori (real insonlar ismi, adabiy qahramonlar, predmetlar nomi, rasmlar), rollar ro‘yxati (ota, ona, Men 10 yildan so‘ng, ijobiy baholanuvchi erkak va b.) yoki tadqiq etilayotgan mavzuga oid boshqa ixtiyoriy elementlar sanab o‘tilishi mumkin. Elementlar soni 8 tadan kam va 25 tadan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Tadqiqotning ikkinchi bosqichida konstruktlar aktualizatsiyasi qo‘llaniladi. Bunga misol qilib, triad metodi yoki minimal kontekst metodini aytish mumkin. Repertuar to‘plamdan 3 ta element tanlanadi. Har bir uchtalikda 2 ta o‘xshash ob’ekt ajratiladi va ularning o‘xshashlik belgisi aytiladi. Keyin uchinchi ob’ektning avvalgi ikkisidan farqli jihati topiladi. Agar elementlar kam bo‘lsa, 30 ta uchtalikdan keyin kamdan-kam holatda yangi konstruktlar chiqishi ehtimolligini hisobga olgan holda uchchalasini ham olish mumkin. Elementlarning o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlovchi parametrlar konstruktlarning qutblari hisoblanadi.
Test natijalarini analiz qilishda konstruktlarning mazmuniy tomoni, ularning soni va bir-biri bilan aloqasi hisobga olinadi. Konstruktlar ierarxik sistema bo‘lib shakllangan va ikki prinsipga ko‘ra o‘zaro bo‘ysunadi:
a) qismiy o‘zaro bo‘ysunish. Bunda bo‘ysunuvchi konstrukt qutbi o‘zidan yuqori ierarxiyadagi konstrukt qutbining bir elementi sifatida namoyon bo‘ladi (“aqlli-axmoq” konstrukti o‘z qutblari bilan “yaxshi-yomon” konstrukti ichiga kiradi);
b) ko‘ndalang – bo‘ysunuvchi konstruktning ikkala qutbi o‘zidan yuqori konstrukt qutblaridan birining tarkibiga kiradi (“aqlli-axmoq” konstruktining ikkala qutbi “baholovchi-tavsiflovchi” konstruktning “baholovchi” qutbiga kiradi).
Shaxsiy jarayonlar konstruktlar boshqaruvi orqali yo‘naladi va ular hodisalarni oldindan ko‘ra bilishga xizmat qiladi. Bu sistema harakatchan, o‘zgaruvchan, lekin strukturalashgan hisoblanadi. Har bir konstrukt o‘zida ikki yo‘nalishda harakat qila olish mumkin bo‘lgan bir ko‘cha singari namoyon bo‘ladi. Yangi konstrukt yangi harakatni belgilab beradi. Stress holatida inson yangisini qo‘llamay, eski konstrukt yordamida boshqa yo‘nalishda harakat qiladi.

Download 123.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling