Shaxs og‘ishgan xulqining mexanizmlari tayanch tushunchalar


Og‘ma xulq-atvorning tahlil qilish sxemasi


Download 123.36 Kb.
bet34/35
Sana25.01.2023
Hajmi123.36 Kb.
#1118597
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
3.5. Og‘ma xulq-atvorning tahlil qilish sxemasi
1. Individual tipologik ko‘tarolmaslik:
- senzitivlik (har qanday tashqi ta’sirga yuqori seziluvchanlik);
- emotsional holati (emotsiyalar yorqinligi) va emotsional labil holat (kayfiyatning keskin o‘zgarishi);
- kayfiyatning past foni;
- impulsivlik (tez, nazoratsiz, o‘ylamay qilingan reaksiyalarga moyillik);
- past adaptatsiya (vaziyat o‘zgarishiga qarab o‘zining xulq-atvorini tez va
samarali o‘zgartira olmaslik);
- qattiq xulq-atvor stereotiplarini tez shakllantirishga moyillik (odatlarning juda mustahkamligi yoki ularning tez shakllantirilishi);
- rigidlik - qaysidir faollik nuqtasida to‘xtab qolish (fikrlar, hissiyotlar, harakatlar);
- somatizatsiyaga moyillik (yoqimsiz omillarga tananing reaksiya bildirishi, masalan, tana zo‘riqishi, allergiya, somatik kasalliklar).
Ushbu xususiyatlarni tug‘ma (tabiiy) deb hisoblash mumkin. Ular shaxsning butun hayoti davomida saqlanadi. Agar bir insonda bir-nechta bunday xususiyatlar mavjud bo‘lsa, qaramlik xulq-atvorida tipologik moyillik haqida so‘z yuritish maqsadga muvofiq. (Ushbu bosqichga fiziologik va genetik moyillik peshvoz chiqadilar. Ularning tahlili uchun oddiy kuzatish yetarli emas, diagnostikaning maxsus usullari zarurdir.)

  1. Shaxsning o‘zini boshqarishidagi buzilishlar:

  • negativ emotsional holatlarning ustivorligi (xavotirlanish, umidsizlik, og‘riq, gunohkorlik, agressiya, depressiya, zaiflik) va ichki nizolar;

  • aleksitimiya – kuchsiz nutq boshqarilishi (o‘z kechinmalarini tushunmasligi va gapda uni ifoda etolmasligi, affektiv harakatlarni ijro etishga moyillik, refleksiyaning past rivojlanishi);

  • assertiv xulq-atvorning shakllanmaganligi (o‘z hissiyotlarini ochiq ifoda etolmasligi; o‘z qiziqishlarini himoya qilolmasligi);

  • stressni egallab olishning samarasiz usullari (ketish, izolyatsiya, rad etish, proeksiya);

  • maqsad qo‘yishning tanqisligi (maqsad qo‘ya olmasligi, reja tuza olmasligi, o‘z rejasini qunt bilan amalga oshirolmasligi);

  • yolg‘ondan o‘zini identifikatsiya qilishi va o‘zini past baholash;

  • ijtimoiy qoidalar va me’yorlardan individual qadriyatlarning chetlanishi (deviant qadriyatlar);

  • hayot mazmunining yo‘qligi yoki yo‘qolishi.

Sanab o‘tilgan o‘zini boshqarish xususiyatlari hayot davomida shakllanadi. Bir nechta muammoning birligi og‘ma xulq-atvorga psixologik moyillikni belgilaydi.

  1. Shaxs resurslari tanqisligi (uning muhim hayotiy xususiyatlari va o‘rnini bosuvchi imkoniyatlari):

  • ma’naviyat;

  • sog‘lik va sog‘lom hayot tarzi qadriyatlari;

  • o‘ziga jalb qiladigan tashqi ko‘rinish;

  • kirishuvchanlik, hamkorlik qobiliyati;

  • faollik;

  • intellekt, maxsus qobiliyatlar;

  • intiluvchanlik va o‘ziga bino qo‘ymoq;

  • yuqori hissiyotlar (vijdon, ma’suliyat, burchlik, hamdardlik, ishonch);

  • ijod, xobbi;

  • kasbiy malaka, ish, o‘qish;

  • yutuqlar;

  • muhabbat, do‘stlik, ahamiyatli shaxsiy munosabatlar;

  • hayotiy tajriba.

Sanab o‘tilgan resurslarning aniq shaxsda mavjudligi shaxsiy yoki hayotiy muammolarning o‘rnini bosish uchun real imkoniyatni anglatadi. Ular shaxsning og‘ma xulq-atvoriga nisbatan tolerantligini (mustahkamligi) ta’minlaydi. Shu bilan birga, ular shaxsning qaramlikka moyillik bilan kurashish qobiliyatini aniqlaydi. Ularning yo‘qligi yoki past ifodalanishi ichki resurslar tanqisligi va qaramlikka qarshi kurashish qobiliyatining zaifligi uning oldida himoyasiz ekanligini bildiradi.

  1. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlovchi tizimlarning tanqisligi (yoki yetishmovchilikning):

  • ota-ona, oilasining yo‘qligi;

  • to‘liqsiz oila (otaning yoki onaning yo‘qligi);

  • qaram oila;

  • deviant oila;

  • oilaning past ijtimoiy mavqei;

  • krizis kechayotgan oila (ajralish, moliya krizisi, ko‘chish, oila a’zosining o‘limi, oila a’zosining jiddiy kasallanishi);

  • ijtimoiy izolyatsiya;

  • tengdoshlarining qo‘llab-quvvatlovchi guruhining yo‘qligi;

  • referent ijtimoiy guruhda past shaxsiy mavqei (ish joyida, o‘quv guruhida);

  • yaqin do‘stlarining yo‘qligi;

  • seksual (jinsiy aloqa) juftligining yo‘qligi;

  • ijtimoiy band bo‘lmasligi;

  • muammoli ulfatlar;

  • muammoli do‘stlar (og‘ma xulq-atvori bilan ham).

  1. Og‘ma xulq-avtorni yurg‘izuvchi va qo‘llab-quvvatlovchi ijtimoiy psixologik shartlar:

  • ijtimoiy psixologik dezadaptatsiya holati;

  • hayotiy muhim ehtiyojlarining frustratsiya holati;

  • referent guruhda o‘rgatish;

  • chetdan bosim o‘tkazish.

  1. Og‘ma xulq-atvorning xususiyatlari:

  • og‘ma xulq-atvor mavjud bo‘lgan vaziyat;

  • hozirgi vaqtda og‘ma xulq-atvor namoyon bo‘lgan vaziyatlar;

  • xulq-atvornig ifodalanish darajasi (usuli, takrorlanishi, sharoitlari, individual ritm);

  • og‘ma xulq-atvor jaryonidagi holat (masalan, mast bo‘lish yoki o‘yin vaqtida);

  • og‘ma xulq-atvordan oldin nima keladi (yurg‘izuvchi mexanizmlar);

  • keyingi voqealar ( holatlar, fikrlar, harakatlar);

  • atrofdagilarning reaksiyasi;

  • bunday xulq-atvorga nima to‘siqlik qiladi (nima tufayli u sodir bo‘lmaydi).

  1. Xulosa:

  • og‘ma xulq-atvor ifodalanish darajasi va shakli;

  • ijtimoiy dezadaptatsiya darajasi;

  • og‘ma xulq-atvorga nisbatan shaxsning o‘z munosabati;

  • qo‘llab-quvvatlovchi tashqi sharoitlar (qo‘llab-quvvatlovchi stimullar);

  • qo‘llab-quvvatlovchi ichki sharoitlar (individual shaxsiy moyillik va psixologik foyda);

  • ingibitorlar (to‘siqlovchi sharoitlar);

  • shaxs resurslari;

  • bartaraf etishning ehtimol yo‘llari (o‘zgarish strategiyasi);

  • ijtimoiy psixologik yordam usullari va shakllarini keltirishimiz mumkin.


Download 123.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling