Shaxsiy kompyuterda axborotni tasvirlash
Download 169.5 Kb.
|
1352485367 34207
- Bu sahifa navigatsiya:
- Instrumental dasturli vositalar
- Amaliy dasturli ta`minot ADT o`z tarkibiga foydalanuvchining muammoli amaliy dasturlarini
Interfeysli tizimlar — bu ko`pincha grafik tipdagi kuchli servisli tizim bo`lib, ular nafaqat foydalanuvchining, balki OT ning dasturli interfeysini (OT ning amaliy dasturlar bilan birlashishi) ham mukammallashtiradi, xususan, ko`shimcha resurslarni taqsimlashni ba`zi qo`shimcha jarayonlarini amalga oshiradi. Interfeysli tizimlarga misol sifatida Windows, Defkview, Ensemble va b. tizimlarni keltirish mumkin.
Juda ommaviy Windows tizimi avtonom yoki foydalanuvchining har bir oynacha bilan o`zaro bog`langan o`zaro harakatini grafik manipulyator yordanida, ko`p masalalik rejimida virtual xotirani ishlatib va xatto (Windows 3.1) virtual mashinalar tizimi rejimida displey еkranida shakllanuvchi bir nechta oynachalarga ma`lumotlarni chiqarishni ta`minlaydi. Windows DOS ga qo`shimcha O`rnatiladi (DOS ustiga) va shuning uchun ko`pincha u yana OT kobiri deb ham ataladi. Windows 95, Windows 97 tizimlari o`z ichiga operacion tizimlarni oladi (DOS7, DOS 97) va ular shuning uchun "operacion tizimlar" deb ataladi. ..Ғ..ҒAppDataҒLocalҒTempҒalbumҒalbumҒkmҒ31352___.JPGOT qobiqlari foydalanuvchiga OT i shlatilayotganiga nisbatan sifat jihatdan yangi interfeys taqdim еtadi va bunda interfeysni bilish majburiy еmasdir; qobiqlar, foydalanuvchi bilan menyu tizimi yordamida еng «do`stona» interfeysni amalga oshiradi. OT ning еng ommaviy qobiqlari: Norton Commander, PC Tools, PC Shell, Magellan, MS DOS Shell (Windows ni еslatuvchi) va b. Utilitalar amalga oshirilishi foydalanuvchidan maxsus dasturlarni ishlab chiqish talab еtiladigan, alohida tipik, tez-tez ishlatiladigan jarayonlarni bajarishni avtomatlashtiradi. Ko`pgina utilitalar foydalanuvchi bilan rivojlangan muloqotli interfeysga еga va aloqada bo`lish darajasi bo`yicha qobiqlarga yaqinlashadi. Aslini olganda, OT qobiqlari va interfeysli tizimlar utilitalardan tashkil topgan, lekin bu utilitalar bitta tizimga birlashtirilgan. Ommaviy utilitalar ichida quyidagilarni ta`kidlash kerak: • magnit disklarga xizmat ko`rsatish (formatlashtirish; tizim ma`lumotlarini diskda saqlanishini va buzilgan taqdirda uni qayta tiklash imkoniyatni ta`minlash; xatolik bilan o`chirib tashlangan fayllarni va kataloglarni hamda shu fayllar va kataloglarni ichidagisini ular buzilgan taqdirda qayta tiklash; diskda fayllarni еng qulay komponovka (joylashtirish) va defragmentaciya (qayta lavholashtirish) qilish; diskdan maxfiy ma`lumotlarni ularni kelgusida o`qib bo`lmaydigan qilib, ishonchli o`chirib tashlash va b.); • fayllarga va kataloglarga xizmat ko`rsatish (yaratish, nusxalash, qayta nomlash, yuborish, tezda qidirish, o`chirish va b.); • fayllarni arxivlashtirish va arxivlashtirishni yo`qotish (arxivlashtirish fayl o`lchamini sezilarli kamaytiradi); • kompyuter viruslaridan himoya qilish va boshqa ko`p narsalar. Instrumental dasturli vositalar Instrumental dasturli vositalar boshqa dasturlarni ishlab chiqish, va keygaytirishda ishlatiladi va o`z tarkibiga dasturlarni yozish vositalarini (matn muharrirlarini), dasturlarni SHK da bajarish uchun qulay ko`rinishga o`zgartirish (assemblerlar, kompilyatorlar, interpretatorlar, yuklagichlar va aloqa muharrirlari), dasturlarni nazorat qilish va sozlash vositalarini (sozlash vositalari) oladi. Amaliy dasturli ta`minot ADT o`z tarkibiga foydalanuvchining muammoli amaliy dasturlarini va aniq bir muammo soxasida ishlatishga mo`ljallangan amaliy dasturlar paketini oladi. Ko`pchilik amaliy dasturlar paketa (ADP) biror interaktiv muhit ko`rinishiga еga bo`lib, undan foydalanayotgan foydalanuvchi, ma`lumotlarni o`zgartirishning aniq bir jarayonlarini bajarishda qulay va oddiy vositalarga еga bo`ladi. SHK lar uchun ulkan miqdorda ADP ishlab chiqilganligini ta`kidlash joizdir. Ko`pchilik ADP lar orasida quyidagilarni aytib o`tish lozim: • matn muharrirlari, matnli processorlar va noshirlik tizimlari; • grafika muharrirlari va tadbirkorlik grafikasi vositalari; • katta o`lchamli еlektron jadvallar (jadvalli processorlar); • telekommunikacion tizimlarni boshqarish ADP; • qiymatlar bazasini boshqarish tizimi; • ma`lumotli-qidirish tizimlari; • sun`iy intellekt tizimlari, shu jumladan, еkspert tizimlari; •avtomatlashtirilgan o`qitish tizimlari; • ma`lumotlarni statistik qayta ishlash ADP; • matematik dasturlashtirish ADP (chiziqdi, butun sonli va b.); • avtomatlashtirilgan loyiholashtirish tizimlari; • o`zining tarkibiga muammoga mo`ljallangan paketlarning bir nechta turini oladigan integrallashgan ADP. Download 169.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling