Shaxsning ijtimoiylashuvi
Download 24.1 Kb.
|
Sotsiogenezda shaxs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Madaniy kontekst.
Biologik kontekst. Insonlarga ko‘zni yumib-ochish, ushlash,
so‘rish kabi genetik reflekslar xos bolsa-da, ularning genida o‘zini tutishning qiyin modellari programmalashtirilmagan boladi. Ular kiyinish, ovqatlanish, uy-joy qilish kabi ko‘nikmalarni o‘rganishlari, yashash uchun kerakli ko'nikma, malakalarni sekinastalik bilan o‘zlashtirishlari kerak bo‘ladi. Hayotining dastlabki yilida bola butkul kattalarning diqqat-e’tibori ostida bo‘ladi va asta-sekin boshqa jonzotlarga xos bolmagan, ular o‘zlashtira olishi qiyin bo‘ladigan kolnikmalarni o‘zlashtirib olishadi (masalan, gapirish). Madaniy kontekst. Har bir jamiyat boshqalardan ustun boigan ma’lum bir shaxs sifatlarini qadrlaydi va bolalar ijtimoiylashuv jarayonida bu sifatlarni o‘zlashtirib olishadi. Insondagi aynan qaysi sifatlar ko‘proq qadrlansa, ijtimoiylashuv usullari shunga bogliq boladi, ular turli madaniyatlarda turlicha bo‘ladi. Masalan, Amerikada o‘ziga ishonish, o‘zini boshqara olish va agressivlik kabilar qadrlansa, Hindistonda uning aksi, passivlik va mistitsizm qadrlanadi. Shuning uchun amerikaliklar buyuk sportsmeniar, astronavtlarga hurmat bilan qarashadi. Hindlar esa, zo‘ravonlikka qarshi harakat qiladigan dindorlar va siyosat arboblari (masalan, Maxatma Gandi)ga hurmat bilan qarashadi. Bu madaniy qadriyatlar ijtimoiy me’yorlar asosida yuzaga keladi. Tarkibida bir xillik mavjud bo‘lmaganligi tufayli, ijtimoiylashuv ikki tomonlama jarayondir. Biologik omillar hamda madaniy omillarning, shuningdek, ijtimoiylashayotgan hamda ijtimoiylashmoqchi bo‘lgan odamlar o‘rtasida bir-biriga ta’sir etish ja rayoni ro‘y beradi. Shaxsning ijtimoiylashuvi uning bilishga boigan obyektiv ehtiyoji jarayonida paydo boladi. Biroq bu bilan uzviy ravishda shaxsda boshqa bir obyektiv ehtiyoj — o‘ziga xoslikning namoyon bolishi ham shakllanadi. Shaxs uni yuzaga chiqarish uchun turli usul va vositalarni qidira boshlaydi va buning natijasida uning individuallashuvi ro‘y beradi. Shaxsning faqat o‘zigagina tegishli boigan ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlari individual tarzda namoyon bo‘ladi, uning ijtimoiy xulq-atvori esa takrorlanmas jihatlarga ega bo‘ladi. Shaxsning ijtimoiy rivojlanishi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki yo‘nalishda olib boriladi: moslashuv (ijtimoiy madaniy tajriba, madaniyatni o‘zlashtirish) va individuallashuv (mustaqillik, nisbatan o‘ziga xoslikka ega bo‘lish). Shunday qilib, ijtimoiylashuv tushunchasi zamonaviy fanda inson shaxsining moslashuvi va individuallashuvi jarayonlarini o‘zaro bog‘laydi. Insonning aniq bir jamiyat sharoitlariga moslashuvi yoki undan ajralib chiqishi (individuallashuvi) ijtimoiylashuv jarayonining mazmunini tashkil qiladi. Moslashish subyekt va ijtimoiy muhitning o‘zaro faol yaqinlashuvi jarayoni va natijasidir (J. Piaje, R. Merton). Download 24.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling