Shaxsning sotsial meʼyori va sotsial nazorati
Download 26.32 Kb.
|
Sotsiologiya 2-topshiriq Tezis Siddiqova M
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy mavqe
Erishilgan mavqe deganda, shaxsning o‘z xatti-harakati, qobiliyati bilan erishgan mavqeyi tushuniladi. Masalan, yozuvchi, firma boshlig‘i, direktor, professor va shu kabilar. Bulardan tashqari, yana shaxsning tabiiy va kasbiy lavozim mavqei ham o‘rganiladi. Shaxsning erkak va ayol, bolalik, o‘smirlik, yoshlik, o‘rta yosh, keksalik davrlarini bildirsa, kasbiy lavozim mavqei shaxsning ijtimoiy - iqtisodiy va ishlab chiqarish - texnik holati (muhandis, temirchi, haydovchi va boshqalar)ni bildiradi.
Ijtimoiy mavqe shaxsning muayyan ijtimoiy tizimida egallagan konkret o‘rnini ifodalaydi. Ijtimoiy rol esa shaxsning ijtimoiy tizimida egallagan mavqe bilan bajaradigan faoliyati majmuini ifodalaydi. Masalan, ma`muriy-buyruqbozlikka asoslangan sobiq sovet tizimi buyruqboz shaxslar tipini shakllantirib qo‘ydi. Bunday shaxs tipiga «yuqori»ga ko‘r-ko‘rona, so‘zsiz bo‘ysunish, dunyoqarashi tor, bir tomonlama, o‘z mansabini saqlab qolish va yuqori mansablarga erishish yo‘lida har qanday qabihlikdan qaytmaydigan, munofiqlik kabi xususiyatlarga ega bo’lganlar kiritildi. Bunday kishilarning shaxs xususiyatlari ular bajaradigan vazifasiga o’z o’rnini bo’shatib beradi. Shaxs tipining bunday ko’rinishi hozirda ham ba’zan jamiyat hayotini yangi sharoitda erkin rivojlanishiga to’sqinlik qilmoqda. Shaxsning sotsium bilan munosabatlari o‘ziga xos jihatlarga ega. Shaxsning o‘zligi, dastavval, uning muayyan darajadagi mustaqilligidir. U shu holati bilan sotsium hayotining barcha sohalarida ishtirok etadi. Albatta, gap bu borada ko‘proqyetuk shaxs to‘g‘risida boradi. Lekin yangi tug‘ilgan insonningshaxs bo‘lish imkoniyati faqat sotsiumda vujudga keladi. Demak, shaxsni sotsiumning turli darajalaridagi tashkiliy sifatlari voyaga etkazadi. Inson bilan sotsium aloqadorligi jihatidan uning shaxs sifatlari shakllanishini aniqlab olish muhim. Shaxs shakllanishiga qaysi omillar ta’sir ko‘rsatadi va konkret shaxs boshqa oddiy insondan nimasi bilan farqlanadi,- degan savol qo‘yilsa, unga javob berish xiyla qiyin. Negaki, shaxs shakllanishida juda ko‘p omillar ishtirok etadi. Ularning ichida ijtimoiy muhit katta mavqega ega. Individ sifatida namoyon bo‘lgan mavjudot, ijtimoiy muhit ta’sirida shaxs sifatida shakllanadi. Individning jamiyat bilan o‘zaro munosabati uni ma’lum bir sotsial jamoa vakiliga aylantiruvchi turli guruhlardir. Bu munosabatni amalga oshirishda muloqat asosiy rol o‘ynaydi, sotsial guruhlar orqali amalga oshadi. Chunki muloqat shaxsning asosiy ijitmoiy munosabatlar sistemasida nazariy va amaliy bilimlarni egallashida uning shu sistemadagi o‘zining maqomiga ega bo‘lishida, faoliyat jarayonida va kundalik turmush tarzida asos sifatida xizmat qiladi, Shu bilan birga shaxs muloqot orqali o‘zining shaxs sifatida shakllanganligini va boshqa shaxslarning ijtimoiy muhitining haqiqiy sub’yekti yoki uning ijrochisi sifatida shakllangani to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli shaxs jamiyatdagi barcha munosabatlarning shakllanishi va sotsial dinamik harakterini belgilashda asos bo‘lib xizmat qiladi. Demak, shaxs kishining hayot kechirish sharoitlarida sotsial guruhlar, sotsial institutlar, sotsial tashkilotlar ta’sirida faoliyatjarayonida shakllanadi. Shaxsning shakllanishida guruhlar va jamoalar yetakchi rol o‘ynaydi. Umuman, shaxs – o‘ziga xos intellektual, emotsional, irodaviy-shaxsiy belgi va sifatlarga ega bo‘lgan sub’yekt. Bu belgi va sifatlar muayyan sotsial-iqtisodiy formatsiyaning mahsulidir. Shaxs o‘tmish tarixiytajribani, o‘tmishdagi madaniy boyliklarni o‘zida to‘playdi. «Shaxs – barcha ijtimoiy munosabatlarning yig‘indisidir».Jamiyatdan tashqaridagi shaxs norealdir. Download 26.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling