Shaxsning sotsial meʼyori va sotsial nazorati
Download 26.32 Kb.
|
Sotsiologiya 2-topshiriq Tezis Siddiqova M
«Konformistlar» umum tomonidan e’tirof etilgan qadiryatlar va ularga erishish uchun belgilangan vositalarga amal qiladilar, bunda ularning muvaffaqiyatga erishish yoki erishmasliklari ahamiyatga ega emas.Aholining ko‘pchiligi mana shu toifaga mansub bo‘ladi.
2) Innovasiya.(Innovatorlar) Maqsadlarni qabul qilish va vositalarni inkor qilish; « Innovatorlar »-jamiyat qabul qilgan qadiruatlarga amal qilishda davom etadilar, biroq erishish uchun qonunga yaqin yoki noqonuniy vositalardan foydalanadilar.Reaksiyaning bunday tipi qonunga xilof harakatlar yordamida farovonlikka erisggan jinoyatchilar uchun xos. 3) Ritualizm.Maqsadlarni inkor qilish va vositalarni qabul qilish; «Ritualizim » - ular amal qilayotgan qadriyatlar o‘z mazmunini yo‘qotgan bo‘lsa ham, ulardan chetga chiqmaydigan odamlar.Qoidalarga maqsadsiz, beixtiyor shu qoidaning o‘zi uchun amal qilinadi.Ritualislar,odatda o‘zlarini qiziqarli bo‘lmagan va charchatadigan, istiqbolsiz va kam haq to‘lanadigan ishga bag‘ishlagan odamlar. 4) Retretizim (chekinish).Maqsad va vositalarni inkor qilish; «Retriatislar»-raqobatchi dunyoqarashni rad etadiganlar,ayni payitda qabul qilingan qadriyatlar va ularga erishish vositalarni rad eradigan odamlar.Misol tariqasida xo‘jalik hisobidagi mustaqil namunalarni keltirish mumkin. 5) Isyon. Maqsad va vositalarni inkor qilib,yangiliklarni o‘rnatish.1 «Isyonchilar»-mavjud qadriyatlar va me’yoriy vositalarni rad etadilar, yangi qadriyatlarni kiritish va ijtimoiy tizimni o‘zgartirish uchun faol harakat qiladilar.Bu toifaga radikal siyosiy guruhlarning a’zolarini kiradi. Inson faoliyatini boshqarishda, uning xulq -atvorini shakillantirishda muhim ahamiyat kasib etuvchi«ongsizlik» yoki «ongosti» xolatlarini chuqur tahlil qilgan, psixoanalitik maktabning asoschisi Z.Freydning bildirishicha, insonning faoliyatiga ikkita instinkt kuchli ta’sir ko‘rsatadi.Ya’ni insohlar yoki o‘limdan qo‘rqib,yoki lazzatlanish uchun harakat qiladilar2. U«Deviant xulq-atvor»ni aynan manashu nuqtaiy nazardan baholaydi. Freydning «Bokiralik tabusi» asarida u qadimiy xalqlarda me’yorlarning paydo bo‘lishi va shakillanishini tariflab beradi.Uning fikriga ko‘ra, insonning o‘z naslini saqlabqolishga bo‘lgan intilishi,aynan yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohni bekor qilinishiga,qat’iy ta’qiqlanishiga olib kelgan.Tabuni buzish o‘lim bilan jazolangan3. Erix Fromm inson faoliyatini boshqarishdagi instinktiv xulq-atvor dasturlarini inkor etadi.To‘g‘ri qaror qabul qilish intellektga xos xususiyatdir. Biroq, ushbu qurol shunchalik ojizki, qo‘qqisdan paydo bo‘luvchi ehtiroslar va hirs uni osongina engib qo‘yishi mumkin.Buning ustiga tabiyat va boshqa insonlardan o‘zlashtirilgan aql, ong, o‘zligini anglash va shu kabilar, undagi tabiiy ,hayvonlarga xos bo‘lgan muvozanatni buzib yuboradi.Bu qarama-qarshiliklar esa, insonni bir umr o‘zi bilan o‘zi yashashga majbur qiladi. 1 Merton R.Sotsial’naya struktura I anomiya/Sots,is,1992.№ 3-S.52. 2 Freyd Z.Psixologiya bessoznatel’nogo.M.:Prosveshenie,1990 3 Yunusov A.B. O‘smir yoshlarda ijtimoiy dеviantlik holatlarining sotsiologik xususiyatlari: Dis....sotsiol. fan.nom. – Toshkеnt: O‘zMU, 2004. 22-b Download 26.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling