bo'lganligini «Munis ul-ushshoq»dagi ko'pgina she’rlarning qiyosiy tahlili orqali anglab olish mumkin. Navoiyning mashhur orifona va oshiqona g'azallariga ergashib yozgan g'azallari, tazmin muxammaslari buning uchun yaxshi material bera oladi. Munis badihalar yaratishga erishadi. Nazirai benazir g'azallar, muxammas va qasidalar yaratishga muvaffaq boiadi. Masalan, Munis Navoiyning «Hiloliya» qasidasidagi Ey qoshing mehrobi tarh aylab yangi oy hay’atin, Vaqf ango qilmish maloyik xayli naqdi toatin — matla’ baytini keltirib, so'ng unga javob ayta olish shoiming balog‘ati mezonidir, — «Iyd» qasidasini yarata olganligidan faxrlanadi. Munis tomonidan Navoiyning elga juda mashhur boiib ketgan
Do'stlaringiz bilan baham: |