ma’nolarini anglatadi. Ma’lum bo‘ladiki, «Munis ul-ushshoq»dagi lirik she’rlar sevishganlaming qalb kechinmalari, dard-alamlari, orzu-umidlari, visol shodliklari va hijron iztiroblarini aks ettiradi. Shoir o‘z devoni va undan joy olgan she’rlaming dunyoviy hamda ilohiy ishq ahli bilan hamdam boiishini uning nomlanishida ramziy tarzda ifodalaydi. «Munis ul-ushshoq»dagi oshiqona, orifona, didaktik g'azallar shoir ijodidagi an’anaviy xususiyatlami namoyon etsa, hasbi hollilik, ijtimoiylik va tanqidiylik mazmuniga ega she’rlar uning davr tashvishlari bilan hamnafas ekanligini, asarlari davriy hodisa ham ekanligini namoyon etadi. Keyingilari Munis ijodiyotiga xos yangiliklar sanaladi. Bunday she’rlarda shoir o‘z davrining ilg‘or, ma’rifatparvar arbobi sifatida gavdalanadi. Fuqaroparvar, diyonatli, vatanparvar siymo,
Do'stlaringiz bilan baham: |