Shimoliy baqtriyaning tarixiy geografiyasi


Download 243.35 Kb.
bet9/35
Sana16.06.2023
Hajmi243.35 Kb.
#1489464
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35
Bog'liq
T.Xoliyarov Dissertatsiya 11 05 2023

I bob bo‘yicha xulosa
Shimoliy Baqtriya hududida joylashgan arxeologik yodgorliklar va uning tarixiy geografiyasi masalalari yoritilgan manba hamda adabiyotlarni o‘rganish jarayonida quyidagi xulosalarga kelindi:
- Qadimgi Surxon hududi tarixiy davrlardagi makonlari insonlar tomonidan ilk o‘zlashtirilgan (Teshiktosh), ular tomonidan yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirish jarayonining boshlangan (Machay) hudud bo‘lganligi, Boysuntog‘ning janubiy yonbag‘rida To‘da g‘ori tosh qurollari Machaydaradagi Qaynar-Kamar tosh industriyasiga aynan mos holda rivojlangan;
- voha aholisi bronza davrida sug‘orma dehqonchilik, hunarmandchilik va shaharsozlik kabi sohalarda yuksak yutuqlarga erishganligi bilan ajralib turadi. Ilk urbolanshaft sifatida ikki qismli shahar - Jarqo‘ton shakllangan va taraqqiy qilgan;
- Janubiy Tojikiston hududida so‘nggi bronza va ilk temir davriga kelib qator antropogen landshaftlar shakllangan. Ellinistik davlatlar hukmronligi va ayniqsa, Kushon podsholigi davriga oid ko‘plab yodgorliklar o‘rganilgan;
- Baqtriya haqidagi dastlabki yozma ma’lumotlar “Avesto”, Ahamoniylar davri qoyatosh bitiklarida va pahlaviy tilidagi manbalarda, qadimgi Xitoy manbalarida, shuningdek, antik davr yunon-rim mualliflari asarlarida keltirilgan;
- mavzu XIX asrning oxiridan boshlanib, XX asrning 90-yillariga kelib ko‘plab tadqiqotlarning yaratilgan davri sifatida shakllandi. XXI asr boshlarida mavzu doirasida juda ko‘plab arxeologik va fundamental tadqiqotlar olib borilib, muammoga doir qator yangi dalillar qo‘lga kiritildi;
- Baqtriyaning so‘nggi bronza va ilk temir davri tarixiy geografiyasi tarixshunosligi masalalari, uning xususiyatli jihatlari A.S.Sagdullayev, E.V.Rtveladze, Sh.B.Shaydullayev va boshqalar tomonidan o‘rganildi;
- V.Tomashek, V.V.Grigoryev, E.V.Rtveladze, Sh.B.Shaydullayev, K.Rapen kabi olimlar Shimoliy Baqtriyaning ellinistik davlatlar hukmronligi davri tarixiy geografiyasi masalalarini o‘rganib, hududning lokalizatsiya masalalarini chuqurroq o‘rganishga xizmat qiluvchi qator ilmiy dalillarni ilgari surishdi. Kushon podsholigi davrida Baqtriyaning tarixiy geografiyasi masalalari V.V.Bartold, B.Ya.Staviskiy, E.V.Rtveladze va boshqalarning qator tadqiqotlarida tahlil etilib, mintaqaning ulkan imperiya tarkibida tutgan o‘rni tarixiy-geografik aspektda batafsil o‘rganilgan.



Download 243.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling