Shimoliy baqtriyaning tarixiy geografiyasi


Download 243.35 Kb.
bet12/35
Sana16.06.2023
Hajmi243.35 Kb.
#1489464
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35
Bog'liq
T.Xoliyarov Dissertatsiya 11 05 2023

Shunday qilib, Baqtriya va So‘g‘d chegarasi masalasini zamonaviy tadqiqotlarni hisobga olgan holatda quyidagicha tavsiflash maqsadga muvofiq:
Birinchidan, Baqtriya Sug‘d bilan chegarasi to‘g‘risidagi munozaralarga ma’lum ma’noda yanada aniqlikni bir qator tadqiqotchilarning, Baqtriya haqidagi, uni Oksning faqat chap qirg‘og‘ida joylashgan bir viloyat, degan qarashlari haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini Shimoliy Baqtriya hududida birorta ham So‘g‘d o‘lkasiga xos arxeologik ashyoviy manbalar, jumladan, Qadimgi Sug‘d tangalarining topilmaganligi bilan asoslash mumkin;
Ikkinchidan, Baqtriya hududida Sug‘d yozuvi namunalari mutlaqo mavjud bo‘lmaganligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki Shimoliy Baqtriya hududidagi Qoratepa va Fayoztepa buddaviylik yodgorliklaridan topilgan sopol idishlar va bo‘laklarda 400 dan ortiq qadimgi baqtriya, qadimgi hind (kxaroshthi va braxma) yozuvlari va “noma’lum xat” namunalari uchraydi209 va bironta ham Sug‘d xati namunalari mavjud emas;
Uchinchidan, o‘troq dehqonchilik o‘lkalari o‘rtasidagi chegara vazifasini daryolar emas, balki tog‘lar va dashtlar bajargan210;
To‘rtinchidan, qadimdan daryolar hamisha birlashtiruvchi vosita bo‘lib, hech qachon ikki sohildagi xalqlarni ajratuvchi to‘siq hisoblanmagan211. Shu sababli, Amudaryoning ham har ikki sohilida bitta xalq yashab, ular o‘rtasida to‘xtovsiz aloqalar amalga oshirilgan. Demak, Amudaryoning har ikkala sohilida baqtriyaliklar istiqomat qilgan degan xulosaga kelish mumkin.
Tadqiqotchilarning asosli fikrlarini inobatga olib, Baqtriya va Sug‘d o‘rtasidagi chegara hozirgi janubiy Hisor tog‘ tizmasining g‘arbi va shimoli-g‘arbidagi tarmoqlari Boysuntog‘ va Ko‘hitang tog‘lari orqali o‘tgan.
II bob bo‘yicha xulosa
Dissertatsiyaning mazkur bobi bo‘yicha quyidagi xulosalarga kelindi:
- Mezolit davrida Surxon vohasi turli hududlar o‘rtasidagi mahsulotlar almashinuvi shakllana boshlaydi. Bronza davrida esa ilk aloqa va savdo yo‘llari vujudga keladi. Xususan, mil. avv. III ming yillik oxirida Sopolli, Jarqo‘ton kabi Sopolli madaniyatiga oid yodgorliklar Markaziy Osiyo janubidagi oraliq manzillari o‘rtasidagi aloqa yullari bilan bog‘langanligini Surxon vohasining Muzrabot va Sherobod vohalarida ko‘ramiz. Shimoliy Baqtriya hududidan “Lojuvard yo‘li”, “Buyuk Hind yo‘li”, “Shoh yo‘li” va “Buyuk ipak yo‘li” kabi quriqlikdagi savdo yo‘llari hamda Amudaryo suv yo‘lining muhim yo‘nalishlari o‘tgan.
- Shimoliy Baqtriyaga hozirgi O‘zbekiston Respublikasining Surxondaryo viloyati, Tojikiston Respublikasining Xatlon (sobiq Ko‘lob va Qo‘rg‘ontepa) viloyatlari hududlari kiradi. Bu tarixiy madaniy o‘lkaning tabiiy geografik va geologik tarixini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi;
- Surxon vohasi hududida antropogen landshaftlar sinflarining deyarli barchasi (sug‘oriladigan qishloq xo‘jalik landshaftlari, kuchli namlangan sug‘oriladigan landshaftlar, lalmikor, voha-seliteb, suvli, rekreatsion, cho‘l va chalacho‘l, yo‘l, sanoat, qadimiy seliteb madfun va sakral landshaftlar) mavjud bo‘lgan. Shuningdek, Surxon vohasi еr yuzasi daryo vohalari, tog‘liklar, cho‘llar, va yaylovlardan tarkib topgan bo‘lib, u Surxon – Sherobod vohasini hamda uning atrofini o‘rab turgan Bobotog‘, Boysuntog‘ va Ko‘hitangtog‘ kabi tog‘lardan iborat;
Baqtriya va Sug‘d tarixiy-madaniy o‘lkalari o‘rtasidagi chegara Oks-Amudaryo orqali emas, balki Boysuntog‘ va Ko‘hitangtog‘ tizmalari, ya’ni hozirga janubiy Hisor tog‘ tizmasining g‘arbiy va shimoli-g‘arbidagi tarmoqlari orqali o‘tgan. Amudaryoning har ikkala sohilida odatda bir tilde so‘zlashuvchi etnos va xalqlar yashaganligi ham buning yorqin isbotidir.



Download 243.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling