Shodiyor kurs ishi biznes docx
Download 330.64 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- « » 20 y.
- Toshkent – 2022
fakulteti Ro’yxatga olindi№ _ « » 20 y.kafedrasi Ro’yxatga olindi № _«_ »_ 20 y. “ ” фаниданKURS ISHI MAVZU: ZAMONAVIY BIZNES INFRATUZULMASINI BOSHQARUV MEXANIZMINI TASHKILLASHTIRISH YO’LLARI Bajardi: Korporativ boshqaruv fakulteti, 4-kurs, KB-75 guruhi talabasi Jo`rayev Doston o’g’li Tekshirdi: Xo’jamurodov A.J.
Toshkent – 2022Reja: Kirish...................................................................................................................... Bugungi kundagi zamonaviy kompaniyalar infratuzulmasining umumiy tendensiyalari.......................... zamonaviy bizneslarning rivojlanishida to’gri tashkillashtirilgan infratuzulmaning tutgan o’rni................................................... Rivojlangan davlatlarda zamonaviy biznes infratuzulmasi qanchalik darajada tashkil qilingani............................... Zamonaviy bizneslarda samarali infratuzulma yaratishda davlatning roli va rag’bati .......... 5.Xulosa..................................................................................................................... 6. Foydalanilgan adabiyotlar....................................................................................... Kirish Butun dunyoda iqtisodiyotni harakatlantiruvchi kuchi sifatida kichik biznesning ahamiyati juda katta hisoblanadi. Dunyoning rivojlangan mamlakatlari xususan Germaniya, Fransiya , Yaponiya , AQSH davlatlarida YAIM ning ulushi 50-60 foizi atrofida bo`lib , mamlakatlarning rivojlaning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Oxirgi yillarda Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohot va yangilanishlar avvalida iqtisodiyotimizdagi miqdor va sifat o'zgarishlari qamrovini kengaytirish, uning bevosita aholi turmushiga ta'sirini oshirishga e'tibor qaratilayotgani, kichik biznesni yanada rivojlantirishga etibor qaratilyotganligini ko`rishimiz mumkin. Ma'lumki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik jahon mamlakatlari tajribasida o'zining yuksak natija va muvaffaqiyatlari bilan mustahkam o'rin egallagan bo'lib, aksariyat xalqlarda uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 60-70 foizni tashkil etadi. Kichik biznesning rivojlanishi iqtisodiyotdagi jo'shqinlik va samarali raqobat muhiti uchun qulay shart- sharoitlarni yaratish, iste'mol sektorini kengaytirish orqali talabni rag'batlantirish, iste'mol bozorini tovar va xizmatlar bilan to'ldirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, byudjet tushumlarini kengaytirishga xizmat qiladi. SHunga ko'ra, ko'plab rivojlangan davlatlar kichik biznes faoliyatini har tomonlama qo'llab-quvvatlashga intiladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasida “Haqiqatan ham, biz faqat faol tadbirkorlik, tinimsiz mehnat va intilish orqali taraqqiyotga, farovon hayotga erisha olamiz”, deya ta'kidlagan so'zlari xalqimizga yanada ishonch, kuch berdi. Iqtisodiyotimizning etakchi soha va tarmoqlarida kichik tadbirkorlik ulushining oshishi iqtisodiy o'sish va ijtimoiy barqarorlik ta'minlanishining mustahkam poydevori hisoblanadi.Islohat va harakatlar natijasida umumiy korxona va tashkilotlar tarkibida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi 2021-yilda 86,5 foizga qadar o'sdi. Raqamlarga qaraydigan bo'lsak, 2017—2021-yillar mobaynida mamlakatimizda jami 288 mingdan ortiq korxonalar tashkil etildi.Shundan 14,8 mingtasi yirik korxonalar, 273,2 mingtasi kichik biznes korxonalari hissasiga to'g'ri keladi. Kichik biznesga xuddi iqtisodiyotga yangi kuch, yangi quvvat baxsh etuvchi soha sifatida qarash mumkin. 1Yangidan tashkil etiluvchi korxonalar keyingi paytda vujudga kelgan talabni, so'nggi texnologik yangilik va yutuqlarni ma'lum darajada o'zida jamlaydi va amaliyotga joriy etadi. Shunga ko'ra, korxonalarning yangilanish darajasi o'ziga xos ko'rsatkich hisoblanadi.Mamlakatimizdagi ushbu ko'rsatkichning holatini tahlil qiladigan bo'lsak, uning kichik biznes korxonalaridagi darajasi yirik korxonalarga nisbatan 2016-yilda 6,2 marta, 2021-yilda esa 6,9 marta yuqori bo'lganligini kuzatish mumkin. Ya'ni, aynan kichik biznes korxonalari iqtisodiyotimizni modernizatsiyalashda o'z faolligini namoyon etmoqda. Eng muhimi, kichik tadbirkorlik subyektlari qandaydir ko'rsatma yoki undovlar ostida emas, balki iqtisodiyotdagi kon'yunkturani hisobga olgan holda erkin va mustaqil tashkil etilyapti. Aynan shu holat iqtisodiyot tarmoqlarining umumiy ko'lamiga o'ziga xos tuzatishlar kiritadi. Jumladan, 2017—2021-yillar davomida yangidan tashkil etilgan kichik biznes korxonalarining eng katta salmog'i savdo (jami korxonalarning 32 foizi), sanoat (21 foizi), qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi (12 foizi), qurilish (10 foizi), yashash va ovqatlanish (7 foizi) tarmoqlariga to'g'ri keladi. Bu esa mamlakatimiz yetakchi tarmoq va sohalari o'rtasidagi maqbul nisbatning shakllanishiga xizmat qiladi. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini yanada rag‘batlantirish maqsadida keng ko‘lamli institutsional va tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari eksport salohiyatini yanada kengaytirish, ularga zamonaviy, chet el bozorlarida raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni 1 1 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining « 0 ‘zbekiston Respublikasinyanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947- sonli Farmoni 13.02.2017-y. ko‘paytirishda va uni eksportga chiqarishda zarur huquqiy, moliyaviy va tashkiliy yordam ko‘rsatish, mamlakatimizning eksport qiluvchi tadbirkorlarini tashqi bozor kon'yunkturasi o‘zgarishlari xavf-xatarlaridan ishonchli himoya qilishni ta'minlash maqsadida Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etildi Yaratilayotgan bunday imkoniyatlar shubhasiz iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirishga, uning tayanchi bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yanada rivojlanishiga, ularning qulay ishlab chiqarish muhitida faoliyat olib borishiga va pirovardida eksportni yanada rag‘batlantirishga xizmat qiladi. Iqtisodiyotda davlat ishtirokni kamaytirish , xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeyini yanada kuchaytirish,kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini yanada rag`batlantirishga qaratilgan isntitutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish Xususiy mulk huquqi kafolatlarini ishonchli himoya qilishni taminlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo`lidagi barcha to`siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to`liq erkinlik berish ,”Agar xalq boy bo`lsa davlat ham boy va kuchli bo`ladi “ degan tamoyilni amalga oshirish: Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzulmalaring faoliyatiga davlat , huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qatiy oldini olish kabi muhim vazifalar amalga oshirilishi ko`zda tutilgan eng muhim vazifalar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirzeyoyevning PF-60 “ 2022 -2026 yillarga mo`ljallangan yangi O`zbekiston taraqqiyot strategiyasi” da ham muhim vaziflar belgilandi. Kelgusida bu barcha olib borilayotga ihsohotlar o`z natijasini yurtimizning rivojlanishing har javhasida namoyon qiladi. 2 2 Prezidentning “2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida pf-60 28.02.2022 Kichik biznesning mohiyati va tashkil etishni nazariy aasoslari Bilamizki hozirgi tobora shiddat bilan o`zgarib va rivojlanib borayotgan bozor iqtisodiyotining chamcharchas eng muhim bo`g`inini kichik biznes tashkil etadi shunday ekan uning mohiyati va mazmuniga to`xtalib o`tish muhim hisoblanadi. Bugungi kunda tadbirkorlik nazariyasini rivojlanti rishning to'rt bosqichi mavjud. XVIII asrdayoq vujudga kelgan birinchi bosqich tadbirkorlik xavf- xaU.ii.ii o'ziga olibh, boshqacha qilib aytganda, tavakkalchilik bilan bog liq. Tadbirkorlikning ikkinchi bosqichi esa innovatsiya jarayoni bilan bog liqdir. Amerikalik iqtisodchi olim Y.Shumpeterning fikriga ko'ra, tadbirkorlikning novatorlik xarakteri quyidagilarda aks ettiriladi: - bozor uchun yangi tovar ishlab chiqarish; - ishlab chiqarish jarayoniga yangi texnologiyalarni tatbiq etish; - yangi sotishbozorlarinio'zlashtirish; - xomashyoning yangi turiari va manbalarini topish. Tadbirkorlik vujudga kelishining uchinchi bosqichi tadbirkorlikning alohida shaxsiy sifatlari: ijtimoiy va iqtisodiy vaziyatning ozgarishida tog'ri yol topa bilish qobihyati, boshqaruv qarorlarmi tanlash va qabul qilishda mustaqillik, boshqaruv qobiliyatlarining tola namoyon bo lishi bilan ta’riflanadi. Tadbirkorlik nazariyasining nvojlanishidagi hozirgi bosqichni tortinchi bosqichga kiritish mumkm. Uning paydo bolishini tadbirkor harakatini tahlil qilishdagi boshqaruv aspektiga kochirish bilan bog laydilar. Bu hozirgi vaqtda nazariyada tadbirkorlik muammolari tahlili ko'plab o'zaro bog'liq fanlar doirasida olib bonlishini anglatadi. Hozirgi zamon nazariy tadqiqotlarida nafaqat tadbirkorlikka ishlarai mustaqil olib borish usuli sifatida, balki firma ichidagi tadbirkorlikka yoki intraprenerlikka e’tibor qaratiladi. «Intra-prener» atamasi amaliyotga amerikalik olim G. Pinsho tomonidan kiritilgan. Intraprenerlikrung paydo bolishi ko'pgina yirik ishlab chiqansh tuzilmalari, ularda ishlab chiqarishni tashkil etishning tadbirkorlik shakliga o'tishi bilan bog'liq. Tadbirkorlik ishi ijod erkinligining mavjud bolishini ko'zda tutganligi sababli yaxlit ishlab chiqarish birikmalari bolinmalari harakat qilish erkinligim oladilar, bu tadbirkorlikning asosida yotuvchi g’oyalami amalga oshirish uchun zarur intrakapitalning mavjudligini nazardatutadi. Taniqli olimlarning olib borgan tadqiqotlan shuni ko rsatadiki, tadbirkorning o'z faohyati sohasida olib boradigan ishlari ko'p qirralidir. Bu bozor siyosatimng o zgarishi bilan yoki korxonaning ichki va tashqi omillari ta’sirida aniqlanadi. Lekin tadbirkorning asosiy maqsadi manfaat (foyda) korish bilan bir qatorda, bozorda samarali faoliyat yuritishni ta’minlaydigan ishlami amalga oshinshdir. Buning uchun tadbirkorlikni boshqarish va unga ko'так beruvchi zamonaviy menejment usullariga asoslangan mexanizmru yaratish va undan unumli foydalanishm ta’minlash zarurdir. Bozor sharoitida tadbirkorlikni boshqarishda unmg quyidagi xususiyatlarini e’tiborga olish kerak: tadbirkor har doim bozordagi talab va taklimi e’tiborga olib ish ko'radi; tadbirkor samaradorlucni ta'mmlovchi sa’y-harakatlar qilib, ishlab chiqarish xarajatlarmi kamaytirish yollarini qidiradi; biznesning pirovard natijalariga javob beradigan shaxslar, o'z bizneslarini erkin shart-sharoitlarda olib borishiga yetarli imkomyatlar yaratadilar; kichik korxonaning pirovard natijalari, ya’ni uning oladigan foyda yoki zarari faqat bozordagi oldi-sotdi jarayonida ma’lum bo'ladi; kichik biznes bilan shug ullanuvchi tadbirkor o'z mablag'larini harakatga solib, bozorda qanday xavf-xatarga duch kelishi yoki yakuniy natija qanday bo'lishini aniq bilmaydi. Shunday qilib, tadbirkorlik iqtisodiy faohyatning alohida tun bo'lib, uning zamirida mustaqil tashabbus, javobgarlik, tadbirkorlik g oyasiga asoslangan, foyda olishga yo'naltirilgan, maqsadga muvofiq faoliyat yotadi. Tadbirkorlik iqtisodiy faollikning alohida turi bo lib, uning boshlang'ich bosqichi, odatda, fikrlash faoliyati yoki uning natijasi bilan boglangan boladi, faqat u keyin moddiy shaklni oladi. Tadbirkorlik yangilik kiritish, tovar ishlab chiqarish faoliyatini ozgartirish yoki korxonani (shu jumladan, kichik korxonani) tashkil qilish sohasida ijodkorlikning mavjudligi bilan ta’riflanadi. Tadbirkorlik faoliyatining ijodkorlik jihatlari boshqaruvning yangi tizimida ishlab chiqarishni tashkil etishning yangi usullari yoki yangi texnologiyalarini tatbiqetishdaozifodasinitopadi. Tadbirkorning o'zi tadbirkorlik faoliyatining asosiy subyekti hisoblanadi. Ammo tadbirkor yagona subyekt emas, har qanday holda u ishlab chiqarilgan tovar yoki xizmatning iste’molchisi hamda har xil vaziyatlarda yordamchi yoki raqib sifatida bo luvchi davlat bilan o'zaro hamkorlik qilishga majbur. Iste’molchi ham, davlat, ham, yollanma (ishchi) xodim ham tadbirkorlik faohyati subyektlari qatonga kuadilar. Tadbirkor va iste’molchining o'zaro munosabatlarida tadbirkor faol subyekt kategoriyasiga kiradi. Iste’molchi esa bunda passiv rol o'ynaydi. Bu o'zaro munosabatlarni tahlil qilishda iste’molchi tadbirkorlik jarayoninmg indikaton rolini bajaradi. Tadbirkor faoliyati predmetim tashkil etuvchi barcha narsa iste’molchining ijobiy bahosiga ega bo'lgan holdagina amalga oshirilishi mumkin. Bunda iste’molchi tomonidan tovarga baho beriladi va keyin u yoki bu tovarni xarid qilishga tayyorligi aniqlanadi. Tadbirkor o'z faoliyatini rejalashtirish va tashkil etishda iste’molchining kayfiyati, istagi, manfaatlarini hisobga olishi kerak. Har qanday faoliyatdan kutiladigan samara insonga, awalo uning mehnat madaniyati darajasiga bog liqdir. Masalan, yaponlar «iqtisodiy mo"jizalari» asosida nafaqat ilm, fan-texnika va texnologiya yutuqlari, balki mehnat madaniyatining o'zgarishi yotganligini ta’kidlaydilar. Yaponiya ekspertlarining fikriga ko'ra, buning uchun yapon jamiyatiga 30 yilkerakbo'lgan. Mehnat madaniyati deganda ishlab chiqarishni tashkil etish darajasi, mehnatning yangi, samaraliroq usullarini qo'llash, hamkasblar va qo'l ostidagilar bilan muomalada samimiylik, yangi g'oyalar, texnologiyalarni izlash, mulkka va ishlab chiqarish munosabatlariga ehtiyotkorona yondashish tushuniladi. Korxona faoliyatini boshqarishda to'gri qaror qabul qilish tadbirkorning eng muhim sifatlaridandir. Boshqacha qilib aytganda, bu tadbirkorning o'z faoliyati, o'z biznesi sohasida javobgarlikni o'z zimmasiga olishidir. Haqiqatan ham tadbirkor, qaror qabul qilib, uni amalga oshirishda nafaqat o'z sheriklari oldida, balki o'zining kelajakdagi qarorining oqibati uchun javobgarlikni ham o'ziga oladi. Binobarin, javobgarlikni o'ziga olish jarayoni, ayni bir vaqtda, xavf-xatarni o'ziga olishni ham bildiradi. Shunday qilib, xavf-xatarni ko'ra bilish va uni bartaraf etish uchun tayyorlik ham tadbirkorga xos muhim sifatdir. Tadbirkorlik niyatini amalga oshirish belgilangan darajada tadbirkorning motivlashuvi (manfaatdor bo'lishi) ga bog'liq. Tadbirkorlik nazariyasining asoschisi Y. Shumpeter uchta asosiy motivni ajratgan: ikkinchidan, aniq harakatlarni bajarish orqali erishish ehtimoli bo'lgan g alabaga iroda, muvaffaqq iyat sari harakat; uchinchidan, mustaqil ish faoliyati beruvchi ijodkorlik quvonchi. Ammo, Y. Shumpeter tomonidan taklif etilgan motivlashtirish nazariyasi g'arbiy mamlakatlar tadbirkorlarining fikrlash uslubini aks ettiradi. O'zbekistonda tadbirkorlik faoliyati bir qator o'ziga xos alomat va xususiyatlar bilan birga bo'ladi. Mamlakatimizda tadbirkorlikni motivlashtirish xususiyatiari quyidagi alomatlarga ega: o'z salohiyatini amalga oshirishga harakat qilish; eng muhim, ijtimoiy va iqtisodiy samara keltiruvchi g'oyalarni amalga oshirish istagi; to'rachilik tuzilmalari bilan bog'liklikdan qochish, harakatlar erkinligi va faoliyat yuritish jarayonida mustaqil bo'lish; qiziqarli ish bilan mustaqil va erkin shug ullanish; o'zining ijtimoiy maqomi va obrosini oshirishga intilish hamda o'ziga va o'z yaqinlariga munosib turmush sharoitlarini ta’minlash. Ko'rsatib o'tilgan istaklarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun tadbirkor bir qator izchil harakatlarni amalga oshirishi kerak. Bu harakatlar tanlab olingan ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish shakllariga bog'liq. Shu munosabat bilan tadbirkor o'z faoliyatini tashkil etishning quyidagi ikki tarkibiy qismini tahlil qilishi kerak: bozor va unda vujudga keladigan vaziyat; -ishlab chiqarish tuzilmasi. Ish muhitini tahlil qilishda tadbirkor bu qismlar o'rtasida o'zaro aloqalar o'rnatishning samarali usulini topishi kerak. Ammo, bunga erishish qiyin, chunki birinchidan, ikkala tarkibiy qismn.ng silati turlicha. Bozor dinamik o'zgaruvchan mexanizmdan iborat. Unga doimo kuzatiladi gan talab, taklif, narx, raqobat sharoitlarining o'zgarishi xosdir. Shu bilan bir vaqtda ishlab chiqarish tuzilmasi konservativ, kam o'zgaruvchan. Ishlab chiqarish dasturlari kundalik o'zgarishlarni ko'zda tutmaydi. Ikkinchidan, bozor va ishlab chiqarish fazo va vaqtga bo'lingan. Fazoviy bo'linishga ko'ra, bozordagi o'zgarishlar ishlab chiqarish tuzilmasidagi xuddi shunday o'zgarishlarni keltirib chiqara olmaydi. Bu holat vaqt bo'yicha bo'linish bilan ham chuqurlashadi, tadbirkor ishlab chiqarish dasturini shakllantiradi va uni bozordagi vaziyat haqidagi axborotlar bilan asoslaydi. Ammo dasturni bajarish ma’lum bir vaqtni talab etadi, shu vaqt ichida bozorda jiddiy o'zgarishlar roy berishi mumkin. Buning natijasida ishlab chiqarilgan tovar yoki xizmatlar bozorda kerak bo'lmay qolishi mumkin. Shuning uchun tadbirkor muhim qarorlarni qabul qilish uchun asos bo'lib xizmat qiluvchi marketing tadqiqotlari bozorda vaziyatning rivojlanish bashoratiga asoslanishi kerak. Qaror qabul qilish, mas’uliyatni zimmasiga olish kabi vazifalar tadbirkorlikni boshqarish faoliyati bilan boglaydi. Shuning uchun'ham tadbirkorni menejerdan ajratish zarur. Bularning har biri o'ziga xos vazifalarni bajaradi. Bir tomondan tadbirkorlik faoliyatining mazmuni boshqarish faoliyatidan kengroq bo'lsa, boshqa tomondan har bir ishbilarmon ham menejment vazifalarini bajara olmaydi. Menejment asoslariga bag'ishlangan kitobda bu haqda yaxshi fikr bildirilgan: «Shaxsiy tavakkalchilik, moliyaviy imkoniyatga bo'lgan munosabat, tinimsiz mehnat qilish kabi xususiyatlarga ega tadbirkor yiriklashib borayotgan korxonani boshqara oladi Kichik biznesga o‘zining mustaqil mulki va xo‘jalik mustaqilligiga ega bo‘lgan va o‘zining faoliyati sohasida yuqori (dominant) hisoblanmagan firmalar kiradi. Kichik korxonalar quyidagilar tomonidan bunyod etilishi mumkin: fuqarolar, ularning oila a’zolari va boshqa birgalikda mehnat faoliyatini olib boruvchi shaxslar; davlat, ijara jamoalari, qo‘shma korxonalar, kooperativlar, xissadorlik jamiyatlari, xo‘jalik jamoalari, shirkatchilar va boshqa yuridik shaxs hisoblanuvchi korxona va tashkilotlar; davlat mulkini boshqarish huquqiga ega davlat idoralari; belgilan-gan idoralar, korxonalar, tashkilotlar va shaxslar hamkorlikda; amaldagi ishlab turgan korxona, tarkibidan, ishlovchi jamoa tashabbusi bilan, bitta yoki bir necha tarkibiy bo‘linma korxona mulki egasining roziligi va korxonaning ilgari qa-bul qilgan shartnomaviy majburiyatlarining bajarilishini ta’minlash sharti bilan ajratib olish natijasida tuziladi. Bozor munosabatlari tizimida kichik biznes quyidagi alohida xususiyatlari bilan ajralib turadi: ishlab chiqarish hajmining, ishlovchilarning soni kamligi; dastlabki sarmoya hajmining kamligi; bozordagi talabga nisbatan tez moslasha borib, sifatli mahsulot ishlab chiqarish qobiliyati; yangi ish o‘rinlarini barpo etish va bandlik muommasini xal etishga ko‘maklashish imkoniyati; biznes egasini tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdagi bevosita ishtiroki; nisbatan qisqa muddatlarda aholi ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan tovar va xizmatlarga bo‘lgan talabni qondira olishi va boshqalar. Kichik biznes subektlari deb o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va tadbirkorlik faoliyati yuritayotgan yuridik va jismoniy shaxslar tushiniladi.О‘zining “kichik biznes” degan nomiga qaramasdan ushbu ishlab chiqarish va tijorat faoliyati turi barcha taraqqiy topayotgan davlat iqtisodida muhim ahamiyatga ega. Uning quyidagi afzalliklari mavjud: moslashuvchanlik, ya’ni ishlab chiqilayotgan mahsulot assortimenti va turini o‘zgartirishi kichik korxonalarda unchalik katta qiyinchiliklar tug‘dirmaydi; kichik biznesning iqtisodiy ustunligi mahalliy sharoitlarini yaxshi bilganlari sababli, ishlab chiqarishni uncha ko‘p bo‘lmagan kapital va mehnat harajatlari bilan amalga oshirishidadir; mahalliy resurslarda ishlab turgan yoki mahalliy bozorni ta’minlab turuvchi kichik korxonalar hech bo‘lmaganda transport harajatlarining iqtisod kilinishi evaziga kam harajatlidirlar; kichik korxonalarda mehnat sarfi kam, moddiy manfaatdorligi yuqori; ishlovchilarning kam sonligi, ularning har biri qobiliyatining yengilroq yuzaga chiqish yordam Shuning uchun bozor iqtisodiga asoslangan davlatlarda kichik biznes o‘z mavqeini tinimsiz kuchaytirib va mustaxkamlab bormoqda. Download 330.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling