Shokirov toxirjon nurmamatovich
Kirish (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi)
Download 114.2 Kb.
|
9.02. автореф. вакка берл
Kirish (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi)
Mavzuning dolzarbligi va zaruriyati. Jahonda kechayotgan globallashuv ijtimoiy munosabatlarning kengayishiga, bu esa “ommaviy madaniyat”ning tarqalishiga va milliy madaniyatning qorishib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Milliy madaniyatni, shu jumladan, o‘zbek milliy madaniyatini rivojlantirishda vorisiylik tamoyillarining musiqiy meros misolida namoyon bo‘lish shakllari, uning xalq ma’naviy madaniyati rivojidagi o‘rnini baholash, uning rivojlanish omillarini aniqlash dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Bu borada BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha YuNESKO maxsus tashkilotining yurtimizdagi tarixiy obidalar, qadimiy shaharlar bilan birga yozma va xalq og‘zaki ijodiyoti, katta ashula hamda “Shashmaqom” musiqasining insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritilishi, “Sharq taronalari” an’anaviy xalqaro musiqa festivalining o‘tkazilib kelinishini alohida ta’kidlash zarur. Dunyoning yetakchi ilmiy tadqiqot markazlarida madaniy munosabatlarning vertikal va gorizontal rivojlanishining tarixiy-ierarxik dinamikasi, milliy madaniyatlar kontekstida musiqiy meros fenomenining makro va mikro darajada sotsium ma’naviy muhitiga ta’sirini aniqlash, musiqiy meros asosida yoshlar ma’naviy madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha klasterli yondashuvlar asosida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga zamonaviy falsafiy yondashuvlar asosida milliy madaniyatning turli madaniy ekspansiyalar ta’siridan asrash, uning sofligini saqlab qolishda vorisiylik tamoyillarini milliy musiqiy meros asosida yoshlar dunyoqarashiga singdirish, ustoz-shogird an’analari asosida milliy madaniyat, san’at, xususan, musiqa san’atiga aksiologik munosabatni qaror toptirishga oid tizimlashtirilgan ilmiy tadqiqotlarga alohida ahamiyat berilmoqda. Mamlakatimizning ijtimoiy taraqqiyoti, unga xalqlarning tarixiy, milliy va ma’naviy qadriyatlari, san’ati, dunyoqarashi, urf-odatlarining ta’siri masalalarini o‘rganish ma’naviy-ma’rifiy ishlar mas’ullari zimmasidagi dolzarb vazifalaridan biri sifatida belgilangan. Mazkur jarayonda musiqiy meros namunalaridan oqilona foydalanish kun tartibidagi dolzarb vazifalardan biridir. Chunki “Musiqa san’ati madaniy fenomen sifatida yangi avlodni tarbiyalash va kamolga yetkazish borasida cheksiz imkoniyatlarga egadir. San’at bilan oshno bo‘lgan yoshlarning hayotga munosabati, milliy urf-odat va umumbashariy qadriyatlarga hurmati baland bo‘ladi”1. Shunday ekan, milliy musiqiy merosimizning poydevorini tashkil qiladigan folklor, dostonchilik, maqom san’atisiz xalqimiz ruhini ko‘tarib, uning qalbiga yo‘l topib va ularni bunyodkorlik ishlariga safarbar etib bo‘lmaydi. Bu esa o‘z navbatida o‘zbek milliy madaniyatining tarkibiy qismi bo‘lgan musiqiy meros: folklor, dostonchilik, maqom san’atini o‘rganishda vorisiylik tamoyillarini maxsus tadqiq etish zaruratini keltirib chiqaradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni asosida belgilangan 70-maqsad ijrosini ta’minlash2, 2017 yil 17 noyabrdagi “O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2019 yil 14 maydagi “Baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori, 2019 yil 26 maydagi “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2020 yil 26 mayda e’lon qilgan “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, 2021 yil 26 martdagi PQ-5040-sonli “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chor-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori hamda sohaga oid boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi. Download 114.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling