Tadqiqotning dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalariga bog‘liqligi. Dissertatsiya tadqiqoti Farg‘ona davlat universitetining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalariga muvofiq “O‘zbekistonda globallashuv va fuqarolik jamiyati sharoitida o‘zbek milliy madaniyatini rivojlantirish jarayonida vorisiylik tamoyillarini o‘rni masalasi” mavzusidagi rejaga muvofiq hamda 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan №OT-F-1-100 raqamli “Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy-madaniy faoliyatining badiiy-ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvi” nomli loyiha doirasida bajarilgan.
Tadqiqotning maqsadi o‘zbek milliy madaniyatini rivojlantirishda vorisiylik va unda musiqiy merosning o‘rnini ijtimoiy-falsafiy jihatlarini yoritib berishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
“vorisiylik” bilan “madaniy meros” tushunchalari bir ma’no anglatuvchi tarixiy atama emasligini ijtimoiy-falsafiy jihatdan asoslash;
musiqashunos, san’atshunos, folklorshunos tadqiqotchilar uchun folklor, dostonchilik, maqom san’atida o‘z aksini topgan vorisiylikning zaruratini tahlil qilish;
jamiyatning ma’naviy yangilanishida milliy madaniy merosning ajralmas qismi bo‘lgan musiqiy merosni millatning identifikatsiyasini ifoda etishini hamda musiqiy meros bilan identifikatsiyalash orqali yoshlar ma’naviy madaniyati komponentlarini milliy-madaniy qadriyatlarga moslashtirish jarayonini aniqlash;
ijtimoiy munosabatlarda sog‘lom va barqaror ma’naviy muhitning vorisiylik an’analari asosida qaror topishi hamda uning muhim komponenti sifatida yoshlar musiqiy madaniyati tizimi (folklor, dostonchilik, milliy maqom san’ati) ilmiy-ijodiy mas’uliyatning epistemologik mezoni ekanligini dalillash;
an’anaviy musiqiy meros namunalarining (folklor, dostonchilik, maqom san’ati) jamiyat madaniy taraqqiyotiga ta’sirini funksionallik, ijtimoiylashuv, integratsiyalangan formallashtirish va ixtisoslashtirish tamoyillari asosida isbotlash.
Tadqiqot ob’ekti o‘zbek milliy madaniyatini rivojlantirishda vorisiylik an’analarining namoyon bo‘lish shakllari.
Do'stlaringiz bilan baham: |