Shokirov toxirjon nurmamatovich


Tadqiqot natijalarining ishonchliligi


Download 114.2 Kb.
bet7/20
Sana06.05.2023
Hajmi114.2 Kb.
#1436218
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
9.02. автореф. вакка берл

Tadqiqot natijalarining ishonchliligi respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy konferensiyalarda muhokama qilinganligi, xulosalarning amaliyotga joriy etilganligi, olingan natijalarning vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlanganligi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
Tadqiqotning ilmiy ahamiyati, unda ilgari surilgan ilmiy va falsafiy fikrlar, umumlashtirilgan ilmiy xulosalardan O‘zbekistonda madaniy sohadagi islohotlar samarasini oshirishda, milliy madaniy merosni asrab-avaylab, uni kelajak avlodga yetkazib borish bilan bog‘liq muammolarni metodologik asosini boyitishga xizmat qilishi mumkinligi bilan belgilanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati O‘zbekistonda milliy madaniyatni rivojlantirishda, jumladan, folklor, dostonchilik, maqom san’atida o‘z aksini topgan vorisiylikning nazariy xulosalari, amaliy tavsiyalaridan musiqashunos, san’atshunos, folklorshunos tadqiqotchilar, musiqa estetikasi bilan shug‘ullanuvchi mutasaddi tashkilotlar, ijodiy uyushmalar faoliyatini takomillashtirishda hamda musiqa darslarini yuqori saviyada olib borishlarida, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining viloyat va tuman bo‘limlari, “O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi” faoliyatida, soha bo‘yicha taniqli olimlar bilan o‘tkaziladigan muloqot, davra suhbatlari hamda tadbirlarni tashkil etishda ko‘rinadi.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek milliy madaniyatini rivojlantirishda vorisiylikni tadqiq etish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
Ma’naviy yangilanish jarayonlari milliy madaniy merosning ajralmas qismi bo‘lgan musiqiy merosni millatning identifikatsiyasini ifoda etishini hamda musiqiy meros bilan identifikatsiyalash orqali yoshlar ma’naviy madaniyati komponentlarini milliy-madaniy qadriyatlarga moslashtirish jarayonini aniqlash zaruratiga doir ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 maydagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida “Yoshlar oyligi”ni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 87-sonli majlis bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Farg‘ona viloyati hamda tuman, shaharlarida 30 kunlik chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligining 2022 yil 10 iyundagi 04-23-1705 sonli ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini rivojlantirishda vorisiylik asosida yetib kelgan folklor, dostonchilik, maqom san’atining o‘rni aniqlanib, o‘tkazilgan profilaktik tadbirlarda yuqori samaraga erishilgan;
an’anaviy musiqiy meros namunalarining (folklor, dostonchilik, maqom san’ati) jamiyat madaniy taraqqiyotiga ta’siri funksionallik, ijtimoiylashuv, integrasiyalangan formallashtirish va ixtisoslashtirish prinsiplari asosida isbotlash jarayoniga doir ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan efirga uzatilgan “Madaniyat va ma’rifat” davlat muassasasining “Tong nafasi” va “Hayot falsafasi” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” davlat muassasasining 2022 yil 6 iyundagi 02-03-103 sonli ma’lumotnomasi.) Natijada O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” davlat muassasasining “Tong nafasi” va “Hayot falsafasi” ko‘rsatuvlari ssenariysi yuqori saviyada bo‘lishida, shu bilan birga yo‘qolib borayotgan ilmiy-ma’rifiy ko‘rsatuvlarni yangicha mazmun va ma’noda tashkil etilishiga hissa qo‘shgan;
jamiyatda sog‘lom va barqaror ma’naviy muhitning vorisiylik an’analari asosida tashkil topishi hamda uning zarur komponenti sifatida yoshlar musiqiy madaniyati tizimi (folklor, dostonchilik, milliy maqom san’ati) ilmiy-ijodiy mas’uliyatning epistemologik mezoni ekanligi, an’anaviy musiqiy meros namunalarining (folklor, dostonchilik, maqom san’ati) jamiyat madaniy taraqqiyotiga ta’siri funksionallik, ijtimoiylashuv, integratsiyalangan formallashtirish va ixtisoslashtirish prinsiplari asosida ochib berishga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021-2022 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan. Jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish buyicha chora-tadbirlar dasturining X yo‘nalishiga oid mamlakatimizda keng nishonlanadigan bayramlar, shonli sanalarni keng aholi orasida targ‘ib qilishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish yo‘nalishi 50-bandi yoshlarda yuksak ma’naviy fazilatlar, kattalarga hurmat, yoshlarga g‘amxo‘rlik, ezgulik va insoniylik, mehribonlik va bag‘rikenglik, vatan va xalqiga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida “Ajdodlarga munosib voris bo‘laylik” mavzusida ma’naviyat soatlarini tashkil etishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-madaniy tadqiqotlar institutining 2022 yil 8 iyuldagi № 194 sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek milliy madaniyatini rivojlantirishda vorisiylik tamoyillarining o‘rni va ahamiyati jamiyat taraqqiyotining barcha sohalarida, jumladan, musiqiy merosimiz bo‘lgan folklor, dostonchilik va maqom san’ati yo‘nalishlarida yuz berayotgan islohotlarni uyg‘un holda tahlil etishga xizmat qilgan.

Download 114.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling