Shokirov toxirjon nurmamatovich


Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi


Download 114.2 Kb.
bet4/20
Sana06.05.2023
Hajmi114.2 Kb.
#1436218
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
9.02. автореф. вакка берл

Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Mazkur tadqiqot respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining I. “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishda innovatsion g‘oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo‘llari” ustuvor yo‘nalishi doirasida bajarilgan.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Mavzuni tadqiq qilishda O‘zbekiston birinchi Prezidenti Islom Karimov1, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev2 asarlari, nutqlarida ilgari surilgan g‘oyalar milliy madaniyatni rivojlantirish va uni asrab-avaylab, avlodlarga yetkazishda vorisiylik tamoyillarini ilmiy tahlil qilish jarayonida bildirilgan konseptual va amaliy takliflari nazariy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Buyuk ajdodlarimizning ilmiy merosi ham tadqiq etilayotgan mavzuni yoritishda muhim manba sanaladi. Jumladan, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy kabi allomalar madaniyat masalasiga alohida e’tibor qaratganlar. Xususan, al-Forobiy asarlarida madaniyat masalalari ijtimoiy borliq, inson, xalq hayoti bilan bog‘lab tadqiq etilgan3. U birinchi bo‘lib, madaniyat masalasini kun tartibiga qo‘ygan. Abu Rayhon Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”4 asarida turli xalqlarning urf-odatlari, an’analari, bayramlari, afsona va rivoyatlari rivojini keng yoritgan. Beruniy fikricha, “yodgorliklar” xalqlarning ijtimoiy-madaniy hayoti, dini, e’tiqodi, amal qilib kelayotgan urf-odatlari bilan bog‘liq. Bugungi kunda o‘zbek xalq madaniyati va etnik masalalarni tadqiq qilgan bir qancha faylasuf olimlarning tadqiqotlarini quyidagicha tasniflash joiz:
O‘z navbatida islom dini va ilohiyotini O‘rta Osiyolik ulug‘ allomalarning ijodiy faoliyati, arab-musulmon madaniyati, ilm-fan, falsafaning olamshumul yutuqlarini Imom Ismoil al-Buxoriy, Imom Iso at-Termiziy singari buyuk muhaddislar, Burhoniddin Marg‘iloniy, Moturudiy singari fiqhshunos olimning merosini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi davrda o‘zbek madaniyati va etnik masalalarni o‘rgangan faylasuf olimlarning tadqiqotlarini quyidagicha tasniflash mumkin:
o‘zbek madaniyatining genezisi, evolyutsiyasi va tarixiy-madaniy paradigma sifatida shakllanish qonuniyatlari I.Jabborov, D.Muhitdinova, A.Ochildiev, S.Shermuhamedov1 kabi olimlarning tadqiqotlarida o‘z aksini topgan;
o‘zbek madaniyatining xalq ijodi, san’ati, badiiy-estetik hamda aksiologik jihatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy izlanishlarda M.Abdullaev, N.Agzamova, S.Agzamxodjaeva, A.Kurbanmamedov, T.Mahmudov, G.Mahmudova, M.Nurmatova, D.Tashbaeva, E.Umarov, A.Sher, B.Xusanov, D. Qodirova kabi nafosatshunos olimlarning alohida o‘rni bor. Aynan ushbu tadqiqotlarda o‘zbek madaniyatining shakllanishida muhim rol o‘ynagan musiqiy merosning o‘rni falsafiy yoritilgan2;
V.Alimasov, G‘.Najimov, U.Qoraboevlarning tadqiqotlarida o‘zbek madaniyatidagi integratsiya jarayonlari, zamonaviy xalq ijodi, masalan, a) milliy madaniyatning evolyutsion rivojlanish va demokratik islohotlar sharoitidagi transformatsiyasi; b) milliy madaniyatni ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyot konsepsiyasi nuqtai nazaridan qayta tiklash masalalari tahlil qilingan.
G‘.Najimov xalq madaniyati an’anaviy, professional, havaskorlik san’ati, xalq kuylari, raqslari, marosimlari va amaliy san’at kabi turlarda namoyon bo‘lishini asoslagan bo‘lsa3, U.Qoraboev o‘zbek etnomadaniyatini rituallar, marosim – bayramlar, an’anaviy o‘yinlar, xalqning madaniy hordiq olishi, xalq tabobati, ijodiyoti, pedagogikasi (etnopedagogika), xalq amaliy san’ati, milliy liboslar va kiyinish madaniyati, ekologiya va xalq maishiy madaniyatining rivojlanishi bilan bog‘liqligini tahlil qilgan4. Olim inson hayotining barcha sohalari: ma’rifat, ilm-fan, din, adabiyot va san’at, ijod, xalq an’analari, etnomadaniyat bilan bog‘liq voqelik ekanini ta’kidlaydi5. V.Alimasov esa xalq madaniyatini “an’anaviy xalq ijodi” va “zamonaviy xalq ijodi” asosida tasniflaydi hamda xalq ijodi ko‘rinishlarining bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida namoyon bo‘lish xususiyatlariga e’tibor qaratadi1.
O‘zbek madaniyatining mustaqillik yillarida yuksalayotgan ma’naviy madaniyat, barkamol avlodni shakllantirish jarayonlari bilan uzviy bog‘liqligini ilgari suruvchi tadqiqotlar F.Atamuratova, U.O‘tanova va O.G‘aybullaevlarning2 izlanishlarida o‘z ifodasini topgan. Shuningdek, U.O‘tanova va F.Atamuratovalarning dissertatsiyalarida xalq madaniyatini ijtimoiy-iqtisodiy, qishloq xo‘jaligi, shahar hayoti, siyosat, jamiyat va davlatni boshqarish, demokratiya, ma’rifat va maorif, tarbiya, maishiy turmush, adabiyot va san’at, havaskorlik ijodi kabi sohalarga turkumlaydi. Tadqiqotchi inson, millat, xalq mavjud ekan, ularga xos etnomadaniy belgilar yo‘qolmaydi, degan xulosaga keladi3. Shunday bo‘lsa-da, ularda etnomadaniyatning ijtimoiy-madaniy jihatlari o‘rganilmagan. Shu bois mavzuga yaqin muammolar bo‘yicha O‘zbekistonda tadqiqotchilar tomonidan bir qator dissertatsiyalar amalga oshirildi4.
Bu yondashuvlar o‘ziga xosligi bilan bir-biridan batamom farq qilsa-da, ularda etnomadaniyatning estetik jihatlari o‘rganilmagan. Xorijlik olimlar G.Gadamer, K.Levi-Stross, A.Toynbi, Y.Xayzinga, O.Shpenglerlar ibtidoiy tasavvurlar, urf-odat, turmush tarzi, ongning shakllanish bosqichlari, mehnat qurollarining yaratilishi, til, ijtimoiy-tarixiy jarayonlar, axloq, jamiyat, taraqqiyot bilan bog‘liq ayrim etnomadaniy jarayonlarni tadqiq etganlar5. Ularning ilmiy xulosalari etnomadaniyatlarni o‘rganish va ob’ektiv baholash uchun nazariy asos vazifasini bajaradi. Shu bilan birga ularda, bir tomondan, ba’zi empirik materiallar, etnomadaniy jarayonlarni butun insoniyatga taalluqli mezon sifatida taqdim etib, shu asosda global xulosa chiqarishga, ikkinchi tomondan, mavzuni mavhumlashtirishga, sub’ektiv fikrni yagona ilmiy haqiqat sifatida talqin qilishga intilish ko‘zga tashlanadi. Etnomadaniyatga yaxlit yondashuv esa empirik material bilan sub’ektiv fikrning uzviyligini ta’minlashni taqozo etadi.
MDH mamlakatlari olimlari Yu.B.Borev, L.N.Gumilyov, S.N.Ikonnikova, M.S.Kagan, L.N.Kogan, D.S.Lixachev, M.O.Shavaevalar6 mavzuga oid turli yo‘nalishlarda tadqiqot olib borganlar. Ulardan L.N.Gumilyovning qadimgi turk qabilalarining Yevroosiyo sivilizatsiyasini shakllantirishdagi o‘rni masalasiga bag‘ishlangan izlanishlari boshqalardan ajralib turadi.
Mamlakatimiz olimlarining muammoga doir izlanishlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, musiqiy merosning o‘zbek milliy madaniyatini rivojlantirishdagi vorisiylik masalalarini yoritishni alohida ilmiy ob’ekt sifatida maqsad qilmaganlar. Aytish mumkinki, musiqiy merossiz milliy madaniyat haqidagi bilimlar to‘liq bo‘lmaydi, uning mohiyati to‘la anglanmaydi. Sababi o‘zbek milliy madaniyatining tarixiy-madaniy paradigma sifatida qadriyatga aylanishi hamda millat hayotidan o‘rin egallashi aynan musiqiy madaniyat bilan aloqador. Shu bois ushbu tadqiqotda O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichida musiqiy merosning o‘zbek milliy madaniyatini rivojlantirishdagi vorisiylik masalalarini ijtimoiy-falsafiy jihatlarini tahlil qilishga alohida e’tibor qaratildi.

Download 114.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling