Shomaksudova, M. Israil \ oav da yozma matn. Nutq va munozara
MURAKKAB SINTAKTIK BUTUNLIK (MSB)
Download 28.78 Kb. Pdf ko'rish
|
OAV da yozma matn. Nutq va munozara. Shomaksudova S, Israil M-1
MURAKKAB SINTAKTIK BUTUNLIK (MSB)
MATNNING BIRLIGI SIFATIDA Murakkab sintaktik butunlik tarkibida ma’noviy-tuzilish munosabatlari aks etishi. Matnni tashkil qiluvchi vositalardan biri sintaktik birliklardir. Bu - murakkab sintaktik butunlik (MSB) - tarkibiy-ma’noviy birlikni ifodalovchi sintaksisning birmuncha yirik birligidir. Demak, o‘zaro bog‘langan va tugallangan so‘zlar guruhi (sodda, murakkab, turli oborotlar bilan murakkablashtirilgan), matn yoki og'zaki nutqning mikromavzu (kichik mavzu)sini ochib beruvchi, intonatsiya va boshqa vositalar yordamida birlashtirilishi murakkab sintaktik butunlikni yuzaga keltiradi. Murakkab sintaktik butunlik tarkibiga kiruvchi gaplar bir-biri bilan bemalol birlasha oladi. M a’no jihatidan birikadi, berilgan mikromavzuni ochib berguncha f ikkinchi gapning mundarijasi birinchi gapning mazmunini o‘stiradi va h.k. Murakkab sintaktik butunlik - sintaktik-uslubiy birlikni yuzaga keltiruvchi o ‘zaro yaqin b o g iiq ( tugallangan gaplar gurahidir. Murakkab sintaktik butunlikda birlashgan mustaqil gaplaming ma’no munosabatlari turli vositalar orqali mustahkamlanadi: - leksik vositalar (keyingi gapda oldingi gapdagi alohida so'zlami takrorlash, shaxsiy va ko‘rsatuv olmoshlari, ravishlar, keyin, so‘ng, shunda, u yerda, shunday va boshqalar); 117 - morfologik vositalar (gapda birJashgan ega-kesimning shaxs-son, zamonda mos kelgan shakli); - sintaktik vositalar (so‘z va gaplaming tartibi, lekm, ammo, shuning uchun, va hokazo bog'lovchilari, birlashtiruvchi vositalaming qo‘llaniIislii, qurilmaning parallelligi), ritmomusiqaviy vosita (qismlar va butunning intonatsiyasi, talaffuzi), uslubiy vositalar (anafora, epifora, leksik doira). Og'zaki nutqda murakkab sintaktik butunlikning talaffuzi o‘ziga xoslikka ega. Uning tarkibidagi mustaqil izohlovchi gap asosan, bir xil tonda ifodalanadi, gapning so‘ngida tonni pasaytirish va o‘zaro bir xil pauza (to‘xtam) bilan ajratish lozim. Bular sezilarli darajada amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir: tonni pasayishi bilinib turishi, ikkita murakkab sintaktik butunlik o'rtasidagi pauza cho'ziqroq boiishi kerak. Bundan tashqari, keyingi murakkab sintaktik butunlikning boshlanishi ovoz tonini ko‘tarilishi, ko‘pincha ovoz tembrining o‘zgarishi bilan xarakterlanadi. Download 28.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling