Щозирги ызбек адабий тили
Download 0.6 Mb.
|
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- -dagi
- Burchakdagi
O`rin belgisi formasi
Bu forma -dagi qo`shimchasi yordamida yasaladi va narsa-hodisaning o`ringa ko`ra belgisini bildiradi: shahardagi do`stlarimiz, osmondagi bulutlar, qirdagi lolalar kabi. Agar -dagi qo`shimchasi qo`shiladigan so`z vaqt (payt) ma'nosiga ega bo`lsa, bu forma narsaning paytga nisbatan o`rnini bildiradi: yozdagi, qishdagi kabi. -dagi qo`shimchasi o`rin kelishigi ko`rsatkichi -da qo`shimchasi bilan -gi qo`shimchasining birikishidan hosil bo`lgan qo`shma qo`shimchadir. Ma'lumki, -gi (-ki, -qi) qo`shimchasi o`rin yoki payt bildiruvchi so`zlarga qo`shilib, shu o`rin yoki paytga oidlik ma'nosini ifodalaydi: narigi, ostki, ichki, tashqi; yozgi, kechagi, tungi, tushki kabi. -dagi qo`shimchasi bilan yasaluvchi formada ham -gi qo`shimchasining bu xususiyati, shuningdek, o`rin kelishigi formasiga xos ma'no ma'lum darajada saqlanadi. Shuning uchun ham ko`pchilik ishlarda bu formadagi -gi sifat yasovchi qo`shimcha deb, ya'ni mustaqil qo`shimcha deb ta'riflanadi. Haqiqatda esa bunday emas. Uydagi, kuzdagi kabi formada -da kelishik formasiga xos xususiyatni (funksiyani), -gi esa so`z yasash funksiyasini yo`qotgan. Chunki o`rin kelishigi formasi harakatning bajarilish o`rnini bildiradi va bu formadagi ot fe'lga bog`lanib, gapda hol vazifasida keladi. -dagi qo`shimchali ot esa hamma vaqt otga bog`lanadi va gapda aniqlovchi vazifasida keladi. Masalan: Burchakdagi kresloda tulki po`stiniga o`ralib oq piyma kiygan qalam mo`ylovli yoshgina boyvachcha kerilib o`tirar, kimgadir uqtirar edi. (As. M.) Adolat boshidagi ro`molini ko`zigacha tushirib egilib salom berdi. (Ye. Sh.) Qo`shni qishloqlardagi paxta paykallarini oralab, qiyom tush payti yakkatutlik dehqonlar bilan birga o`tirib choyxo`rlik qildi. (I. Sodiqov.) Demak, uydagi, paxtazordagi kabi formadagi -da o`rin kelishigi formasini yasash xususiyatini, -gi so`z yasash xususiyatini yo`qotib, ikkalasi birlikda bir ma'no va vazifa uchun qo`llanuvchi qo`shimchaga — predmetning o`rin belgisini ko`rsatuvchi qo`shimchaga aylangan. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling