Shriftlar haqida umumiy ma’lumotlar Kesma shrift Topografik yarim qalin shrift
Download 315.74 Kb.
|
Shriftlar haqida umumiy ma’lumotlar Kesma shrift Topografik yari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shriftlar haqida umumiy ma’lumotlar.
- 7.1-rasm. Hisoblash raqamlari
7-MA’RUZA. SHRIFTLAR Reja Shriftlar haqida umumiy ma’lumotlar Kesma shrift Topografik yarim qalin shrift Ostovli kursiv Oddiy shrift Standartli shrift Shriftlar haqida umumiy ma’lumotlar. Harf va raqamlarning grafik tarzda ifodalanishiga shrift deyiladi. Topografik plan va kartalar hamda geodeziya, er tuzish va kadastr soxalarda qo‘llaniladigan boshqa grafik materiallar turli yozuvlar ko‘rinishida juda katta ma’lumot tashiydi. SHriftlardan bir necha xil ko‘rinishini qo‘llab bajarilgan ushbu yozuvlar nafaqat miqdoriy, balki sifatli ma’lumotlarni ham o‘z ichiga oladi (7.1-rasm). Ko‘p qo‘llaniladigan shriftlarga: topografik, kesma va kursiv shriftlar kiradi. Er tuzish va kadastr sohalariga tegishdi loyiha va planlarda ko‘pincha oddiy, kesma va standart shriftlardan foydalaniladi. Grafik materiallarni kompyuterda rasmiylashtirishda maxsus shriftdan foydalaniladi. 7.1-rasm. Hisoblash raqamlari Alfavitda harflar alohida elementlardan tashkil topib, quyidagi besh ko‘rsatkichga ega bo‘ladi: shriftning balandligi (H), kengligi (B), qalinligi (T), burilish radiusi (R) va qiyalik. Ular har bir shriftga xos bo‘lgan ma’lum proporsional bog‘lanish bilan o‘zaro bog‘liq. Harflarning kengligi va balandligining o‘lchamlari nisbatiga ko‘ra shriftlar tor, normal va keng shriftlarga bo‘linadi. Elementlarning qalinligiga ko‘ra ular ostovli (ingichka) va silliq bo‘ladi; silliq shriftlar guruhi yorqin, yarim qora va qora yozilish shakllariga ega. SHuningdek, shriftlar qiyaligiga ko‘ra ham farqlanadi: to‘g‘ri va qiya (o‘ng va chapga egilgan) shrift. So‘zlarni yozishda odatda bosh harflar kichik harflardan 1/3 – 1/2 kattaroq yoziladi. So‘zlar orasidagi masofa harflar kengligining ½ qismiga teng joy qoldiriladi. Egilgan elementlari bo‘lgan harflarni (GA, TA, GU, UA va boshq.) yozganda bu oraliq kamaytirilishi zarur. Bunday holatlarda intervallar o‘zgarishi harflar orasidagi bo‘sh joy ko‘rishda bir xil bo‘lishiga qarab belgilanadi. SHriftning 3 mm va undan kam balandligida yaxshi o‘qilishi uchun so‘zlardagi harflar orasiga 1 mm oraliq qo‘yiladi. Download 315.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling