7.2-rasm. Topografik yarim qalin shrift
Ostovli kursiv. SHrift 1:3 qiyalikka ega, barcha xarflarning qalinligi bir xil bo‘lib, 0,1- 0,2 mm ga teng. Kenglikning balandlikka nisbati oddiy xarflarda 4:7 teng. D, J, M, F, SH, Щ, Ы, YU kabi bosh harflar kengligi oddiy harflarga nisbatan 1,5 barobar katta. Barcha kichik xarflarning yozilishi (O dan tashqari) ko‘rinishi bo‘yicha bosh harflaridan farq qiladi. SHrift oyyoqchaga ega bo‘lib, uning o‘lchami harfning 1/7 balandligini tashkil qiladi va ular bosh harflarda ikki tomonlama, kichik harflarda esa bir tomonlama (yuqoridan, to‘g‘ri elementdan chapga) bo‘ladi. YUmaloq harflar asosi oval shakliga ega va kichik harflar elementlari quyi qismidan oval kulfak bilan tugallanadi (7.3-rasm).
Harflarni ostovli kursiv shrifta bilan yozishda asosiy e’tibor qiyaligining to‘g‘riligi va oyyoqchaning chizilishiga qaratiladi. YUmalok elementlarni yonidagi to‘g‘ri xarf l ar dan kichik ko‘rinmasligi uchun ularga Karaganda katordan tepaga xamda pastga elementning kalinligicha orl ik chizish kerak.
7.3-rasm. Ostovli kursiv
Oddiy shrift. SHrift to‘g‘ri, kontrastli (keskin farq qiladigan) oyyoqchasi bilan. Asosiy element qalinligining birlashtiruvchiga nisbati nisbati 1:5 ga teng.
Asosiy elementning qalinligi xarf balandligining 1/6 tashkil kiladi. Oddiy xarf kengligining balandlikka nisbati 4:6 ga teng “Bir yarimli” xarflar mavjud. SH, Щ, M, D, J, YU, Ы, F. Bu shrift asosiy element qalinligining yarmiga har ikki tomonga karatilgan chiziqli oyyoqchaga ega. Ingichka elementlar uchburchak yoki tomchiga o‘xshagan nuqta shaklidagi oyyoqcha bilan tugallanadi. G, T, B, E harflari uchun o‘ziga xos qulfak, S, Щ, D xarflari uchun taqa, S, E, 3 harflari uchun esa o‘qsimon elementning mavjudligi xarakterlidir. Kichik xarflar a, b, e r, u, f, s ko‘rinishlari bo‘yicha o‘zlarining katta (bosh) xarflaridan farqlanadi. b, r, u, f harflarining chetga chiqib turgan elementlari qator balandligining taxminan yarmini tashkil qiladi. Harflar oraligi oddiy xarf kengligining yarmidan kam bo‘lmasligi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |