Standartli shrift. Bu shrift 75° qiya qilib yoziladi, harflarning asosiy elementlari bo‘lib to‘g‘ri shtrix hamda ovalning qismi hisoblanadi. Oddiy harf kengligining balandlikka nisbati 6:10 teng (7.4-rasm).
Bu shriftda barcha harf va rakam elementlarining kalinligi bir xil va bosh harf balandligining 1/10 kismiga teng. Harflar orasidagi masofa balandlikning 2/10 qismiga teng o‘lchamga ega; yon chizikdari o‘zaro parallel bo‘lmagan harflar (masalan, GA, TA va boshqalar) orasidagi masofa yarmiga kamaytirilishi mumkin.
7.4-rasm. Standartli shrift
a, b, v, g, d, e, r, i, y, p, sh, щ, s, t, f, u singari kichik harflar shu harflarning bosh shaklidan boshqacha yoziladi. b, d, v harflari qatorusti, r, u, f harflari osa qatorosti elementiga ega, bu ularni qatordan bosh harflar o‘lchamigacha chiqarib yozilishini talab etadi. Kichik xarflar balandligi bosh xarflar balandligining 7/10 ni tashkil kiladi.
Ushbu texnik shrift uchun davlat standarta (GOST 2,304-81) tomonidan quyidagi o‘lchamlar belgilangan: 40; 28; 20; 14; 10; 7; 5; 3,5; 2,5 va bosh xarflar uchun 1,8 mm. Kichik harflar uchun qo‘shimcha tarzda 1,3 mm o‘lcham xam belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |