Shriftlar haqida umumiy ma’lumotlar Kesma shrift Topografik yarim qalin shrift


Download 315.74 Kb.
bet2/4
Sana24.12.2022
Hajmi315.74 Kb.
#1058320
1   2   3   4
Bog'liq
Shriftlar haqida umumiy ma’lumotlar Kesma shrift Topografik yari

Kesma shrift. Kesma ostovli shrift. SHrift to‘g‘ri bo‘lib, harflar va raqamlarning barcha elementlari bir xil qalinlikka ega (0,1 – 0,2 mm). P, N, I kabi harflar kengligining balandlikka nisbati 1:2 ga teng. J, M, F, SH, Щ, Ы, YU, D kabi harflar oddiy harflardan 1,5 baravar kengroq yoziladi. a, b, e, r, u, f kabi kichik harflarning yozilishi ularning bosh harflaridan farq qiladi. b, u, r, f harflarining chiqarish chiziqlari (tirqaladigan qismi) o‘lchami qator balandligining yarmini tashkil qiladi. Harflar aylanasining radiusi uning balandligining 1/8 qismiga teng.
5 mm va undan katta o‘lchamdagi so‘zlarni yozilganda katorga harflar kengligi va oralig‘iga belgi qo‘yiladi. 5 mm dan kichik o‘lchamdagi so‘zlar yozilganda razgrafka (kog‘ozni grafalarga bo‘lib chiqmoq) xarfning kengligi va intervalga teng bo‘lgan masofada bajariladi.
YArim kalin kesma shrift. YArim kora kesma shriftning ostovli shriftdan farqi harflar balandligining 1/8 teng bo‘lgan harflar elementlarining kalinligidan iborat. Bu shriftlarning boshka barcha tavsifiy belgilari bir xil.
YArim kora kesma shrift bilan yirik o‘lchamdagi so‘zlarni yozishda avval harflarni ikki chiziqqa chizing, shunda shriftning tiniq (shaffof) yozilishi kerak, keyin to‘ldirishni bajaring. Kichik o‘lchamdagi so‘zlarni yozishda harflarni ostovli shriftda yozing, so‘ng uzaytirish usulida elementlarning qalinligini kerakli o‘lchamga etkazing. Ko‘z tasavvurini yumshattirish uchun gorizontal elementlarn vertikal elementlarga nisbatan 0,1 mm ga ingichkaroq chizing.
Topografik yarim qalin shrift. Asosiy elementning qalinligi xarf balandligining 1/8 ga teng. Oddiy xarf kengligining balandlikka nisbati 1:2 teng. D, J, M, F, SH, Щ, Ы, YU harflarining kengligi oddiy harflardan yarim barobar ortiq. a, b, e, r, u, f kichik harflarining yozilishi shu harflarning bosh (katta) ko‘rinishidan farq kiladi (7.2-rasm).
Harf va so‘zlarni topografik yarim kalin shriftda yozganda avvalrok bayon etilgan uslubga amal qilish lozim (kesma va kesma yarim kalin shriftga qarang).


Download 315.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling