Shryodinger tenglamasi
Download 1.66 Mb.
|
Shryodinger tenglamasi
Paramagnit rezonans.
Magnit momentlari noldan farqli bo`lgan atom yoki molekulalar (paramagnit moddaning atom va molekulalari)ning energetik sathlari tashqi magnit maydon ta`sirida bir necha sathchalarga ajraladi. Zeeman ajralishi deb yuritiladigan bu hol 9.6 rasmda tasvirlangan. Tashqi magnit maydon ta`sir qilmaganda (H=0) l=0, lekin m ning qiymatlari -1,0 va +1 bo`lgan uchala satlarning qiymatlari aynan bir xil, ya`ni m bo`yicha aynish karraligi 3 ga teng. Lekin tashqi magnit maydon ta`sirida (H≠0) bu uch sathchalar ajraladi, ya`ni magnit kvant son m bo`yicha aynish yo`qoladi. Agar atom yuqoriroqdagi sathcha bilan harakterlanuvchi holatga o`tsa, mazkur energetik sathchalar qiymatlarining farqi bilan aniqlanuvchi energiyali nurlanish chiqarilishi lozim. Aksincha, quyiroq energetik sathcha bilan aniqlanuvchi holatdagi atom tashqi elektromagnit nurlanish ta`sirida yuqoriroq sathcha bilan harakterlanuvchi holatga o`tadi. Bunday jarayon amalga oshishi uchun nurlanish kvantining energiyasi energetik sathchalar farqiga teng bo`lishi lozim, albatta. Bu yutilish paramagnit rezonans hodisasi deb ataladi. Paramagnit rezonansni kuzatish qurilmasi elektromagnit va radioapparaturadan iborat (9.7 -rasm). Tekshiriladigan jism elektromagnit qutblari (rasmda Sh va J deb belgilangan) orasidagi P rezonator ichiga joylashtiriladi. Klistronli generator (K) yordamida hosil qilinadigan nurlanish paramagnit jismga tushadi. Jismdan o`tgan nurlanish D detektor va RQ radioqurilma yordamida qayd qilinadi. Tajribalarni, odatda, monoxromatik nurlanish yordamida amalga oshiriladi, ya`ni , klistronli generator chiqarayotgan nurlanish chastotasi o`zgarmas saqlanadi. Magnit maydon esa, asta-sekin o`zgartirib boriladi. Magnit maydonning biror rezonans qiymatida paramagnit jismning nurlanish yutishi keskin ortib ketadi. Natijada paramagnit moddadan o`tib detektorga yetib kelayotgan nurlanish intensivligi keskin kamayadi (9.8-rasm). Paramagnit rezonans hodisasi 1944 yilda rus olimi Ye.K.Zaykovskiy tomonidan kashf qilindi. Moddaning magnit xususiyatlari uning strukturasi bilan uzviy bog`liq bo`lganligi uchun paramagnit rezonans usuli fizika va ximiyaning turli sohalaridagi ilmiy tekshirishlarda keng qo`llanilmoqda. Paramagnit rezonansning kashf etilishi olimlar qo`liga modda tuzilishini o`rganishda samarali tekshirish qurolini berdi. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling