Щтанова Ирода
Bitiruv malakaviy ishning obyekti
Download 255.66 Kb.
|
yuridik 33
Bitiruv malakaviy ishning obyekti. Talabalarning о‘z-о‘zini anglashlarini о‘rganish maqsadida bitiruvchi va 1-kurs talabalari tanlandi. Tadqiqotda jami 65 nafar talabalar ishtirok etdi.
Bitiruv malakaviy ishning predmeti bо‘lib, talaba yoshlarning ongida о‘z-о‘zini anglashning shakillanishida rol о‘ynovchi ijtimoiy omillar hisoblanadi. Mamlakatimizning о‘ziga xos taraqqiyot yо‘lidan komil ishonch bilan borishi talaba-yoshlarning о‘z-о‘zliklarini chuqur anglashlariga, bilimlar tizilmasini puxta о‘zlashtirishlariga, boy ma’naviy-intellektual qudratga va ruhiy barqarorlikka ega bо‘lishlariga bog‘liq. Shuning uchun ham barkamol avlod tarbiyasi masalasi davlat siyosati maqomi darajasida ‘al qilinayotgan bugungi kunda yangicha mazmundagi demokratik munosabatlarning oliy о‘quv yurtlarning har bir jamoasida qaror topishiga, yoshlarda yangicha fikrlashni va dunyoqarashni shakllantirish jarayoniga e’tibor qaratish lozim. Talabalarda о‘zini-о‘zi boshqarishning о‘sishini ta’minlovchi omillardan biri talabaning shaxsiy intilish, qiziqish, maslagi nuqtai nazaridan о‘z bilimiga va malakalariga muayyan talablar qо‘ya bilishidir. Demokratik, teng huquqlilikka asoslangan о‘zaro munosabatlarigina talabaga о‘zini-о‘zi anglash, kelajakda jamiyatning rivojlanishiga о‘z kasbiy bilimdonligi bilan hissa qо‘sha olish о‘z ruhiyatida «ichki tartib-intizom»ni joriy etish va shu asosda о‘zini-о‘zi ruhiy-ma’naviy jihatdan tarbiyalash tizimini amalga oshirishga imkon beradi. Talaba shaxsida qanchalik darajada mustaqillik va о‘z-о‘zini boshqara olish kabi psixologik xususiyatlar mujassamlashgan bо‘lsa u shunchalik yuksak chо‘qqilarga erisha oladi. Talaba yoshlarning hayoti va faoliyatida о‘zini-о‘zi kamolotga yetkazish jarayoni muhim rolp о‘ynaydi. Bunday о‘zini boshqarishning tarkibiy qismlari о‘zini-о‘zi tahlil qilish, nazorat etish, baholash, tekshirish va boshqalar alohida ahamiyat kasb etadi. Ideal «Men»ni real «men» bilan taqqoslash orqali о‘zini-о‘zi boshqarishning tarkibiy qismlari amaliy ifodaga ega bо‘ladi. Talabalarning oldida turgan ijtimoiy rollarni amaliyotda tezroq sinashga intilishlaridan oqilona foydalanish asosida ularni mustaqil faoliyatni tashkil qilishga va uni boshqarishga о‘rgatish-oliy ta’lim samaradorligini oshirish kafolatidir. Download 255.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling