Щтанова Ирода
Talaba shaxsining о‘ziga xos xususiyatlari
Download 255.66 Kb.
|
yuridik 33
1.2. Talaba shaxsining о‘ziga xos xususiyatlari.
Talabalar deganda moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishda ijtimoiy hayotga va mutaxassislikka oid rollarni muayyan qoida va maxsus dastur asosida bajarishga tayyorlanayotgan ijtimoiy guruh tushuniladi. Ta’lim muassasasidagi ta’limning о‘znga xos xususiyatlari talabalarning boshqa ijtimoiy guruhlar bilan muloqotga kirishishi uchun muhim imkoniyat yaratadi. Talabalik davrining asosiy xususiyatlaridan biri ijtimoiy yetuklikning jadal sur’at bilan rо‘yobga chiqishidir. Ma’lumki, ijtimoiy yetuklik shaxsdan zarur aqliy qobiliyatni hamda ijtimoiy turmushda bajariladigan turli rollarni egallashga, farzandlarni tarbiyalashga, foydali mehnatda qatnashishga tayyorlanishni talab qiladi. Mazkur jarayonning bosh mezonlari va kо‘rsatkichlari о‘rta ma’lumotlilik, jamoatchilik topshirig‘i, mehnatda faollik kо‘rsatish, qonunlar oldida javobgarlik, mutaxassis bо‘lish imkoniyati, unga intilish tuyg‘usi, irodaviy zо‘r berish, yosh otalik va onalik burchi, jamoat arbobi vazifasini о‘tash, ijtimoiy guruhga rahbarlik qilish, sport bilan shug‘ullanish, bо‘sh vaqtni tashkil eta olish, tо‘garakda qatnashish va hokazolardan ibaratdir. Talabalik davri о‘spirinlikniig ikkinchi bosqichidan iborat bо‘lib, 17—22—25 yoshni о‘z ichiga oladi va о‘zining qator betakror xususiyatlari va qarama-qarshiliklari bilan xarakterlanadi. Shu boisdan о‘spirinlik davri shaxsinng ijtimoiy hamda kasbiy mavkeini anglashidan boshlanadi. Mazkur pallada о‘spirinlik о‘ziga xos ruhiy inqiroz yoki tanglikni boshidan kechiradi, jumladan, kattalarning har xil kо‘rinishdagi (unga yoqish yoki yoqmasligidan qat’i nazar) rollarini tez sur’atlar bilan bajarib kо‘rishga intiladi, turmush tarziniig yangi jihatlariga kо‘nika boshlaydi. Katta odamlarning turmush tarziga о‘tish jarayoni shaxsning kamol topish xususiyatlariga bog‘liq ichki qarama-qarshiliklarni keltirib chiqaradi. Shu bilan birga о‘spirinda aqliy, axlokiy, estetik va g‘oyaiy-siyosiy jihatdan muayyan darajada о‘sish rо‘y beradi. Shunga qaramay, ular oldida oliy о‘quv yurtida mutaxassislikni egallashga bog‘liq yangi vazifalar paydo bо‘ladi. Hozirgi fan-texnikaning rivoji bir tomondan axborotlarni, ma’lumotlarni kо‘paytirsa, ikkinchi tomondan talabalarda mutaxassislikka oid bilimlarga barqaror qiziqishning yо‘qolishiga olib keladi, chunki qat’iylik, ijodiy izlanish, irodaviy zо‘r berish о‘rnini loqaydlik, faoliyatsizlik egallaydi. Boshqacha aytganda, ular tayyor axborotlarning quliga aylanadilar. Chunki, kompyuter, displey, EHM, kalkulyatorlar inson aqliy mehnatini yengillashtiradi, ularni aqliy zо‘r berishdan xalos qiladi. Ana shular sababli о‘quv yurti ta’limi oldidagi muhim vazifa talabalarga dasturdagi bilimlar majmuasini berishdir. Talabalarga mustaqil bilim olish, о‘z faoliyatini о‘zi tashkil qilish, о‘zini о‘zi boshqarish, yangi g‘oyalarni ishlab chiqish va hokazolarni о‘rgatiladi. Bu vazifalarni amalga oshirishning asosiy omili — monologik ma’ruzadan dialogik (talaba va о‘qituvchining muloqotiga asoslangan) leksiyaga о‘tishdir. Psixologlardan B.G.Ananyev, N.V.Kuzmina, N.F.Talizina, V.Y.Lyaudis, I S. Kon, V.T.Lisovskiy, A.A.Bodalev, A.V.Petrovskiy, M.G.Davletshin, I.I.Ilyasov, A.V.Dmitriyeva, 3.F.Yesareva, A.A.Verbitskiy, V.A.Tokareva va boshqalarning tadqiqotlariga kо‘ra, о‘quv yurtlarida ta’lim olish talabalar uchun juda og‘ir kechadi, chunki bu davrda shaxsning murakkab fazilatlari, xislatlari, sifatlari takomillashish bosqichida bо‘ladi. Mazkur yosh davridagi ijtimoiy-psixologik о‘sishning xususiyatlaridan biri о‘qish faoliyatining ongli motivlari kuchayishidir. Talabalarda axloqiy jarayonlarning о‘sishi sust amalga oshsa-da, lekin xulqining eng muhim sifatlari-mustaqillik, tashabbuskorlik, topqirlik, farosatlilik va hokazolar takomillashib boradi. Shuningdek, ularda ijtimoiy holatlarga, voqelikka, axloqiy qoidalarga qiziqish, ularni amalga oshirishga intilish tobora kuchayadi. Psixologlarimizning tadqiqotlari shaxs hayot tajribasini egallashda unda о‘zligini anglash vujudga kelishini kо‘rsatadi. Shaxsiy hayotning mazmunini anglash, anik turmush rejalarini tuzishi, kelajak hayot yо‘lini belgilash shular jumlasidandir. Talaba asta-sekin mikroguruhning notanish sharoitlariga kо‘nikib boradi, о‘zining haq-huquqlari va majburiyatlarini bila boshlaydi, shaxslararo munosabatning yangicha kо‘rinishini о‘rnatadi, turmushdagi ijtimoiy rollarni amalda shaxsan sinab kо‘rishga intiladi. Ulardagi romantik his-tuyg‘ular voqelikka muayyan yondashishga birmuncha xalaqit beradi. Chunki ular turmushdagi yutuqlar va muvaffaqiyatlarining ijtimoiy-psixologik ildizlari nimadan iborat ekanligi tо‘g‘risida aniq tasavvurga ega bо‘lmaydilar. yosh fiziologiyasi va psixologiyasi fanlarida tо‘plangan materiallar tahlilidan kо‘rinadiki, talaba 17—19 yoshda ham о‘z xulqi va bilish qobiliyatini ongli boshqarish imkoniyatiga ega bо‘lmaydi va shunga kо‘ra xulq motivlarining asoslanmagani, uzoqni kо‘ra olmaslik, ehtiyotsizlik kabi hollar rо‘y beradi. V.T.Lisovskiyning fikricha, 19—20 yoshlarda ayrim salbiy xatti-harakatlar kо‘zga tashlanadi. Mazkur yoshda xohish va intilishning rivojlanishi iroda va xarakterdan ancha ilgarilab ketadi. Bunda odamning hayotiy tajribasi alohida rol о‘ynaydi, chunki talaba shu tajriba yetishmasligi natijasida nazariya bilan amaliyotni, fantaziya bilan reallikni, romantika bilan ekzotikani, haqiqat bilan illyuziyani, orzu bilan xohishni, optimizm bilan qat’iylikni aralashtirib yuboradi. Talabalik yillarida yoshlarning hayoti va faoliyatida о‘zini о‘zi kamolotga yetkazish jarayoni muhim rol о‘ynaydi, lekin о‘zini boshqarishnning tarkibiy qismlari (о‘zini-о‘zi tahlil qilish, nazorat etish, baholash, tekshirish va boshqalar) ham alohida ahamiyat kasb etadi. Ideal (yuksak, barqaror, barkamol) «men»ni real (aniq voqea) «men» bilan taqqoslash orqali о‘zini-о‘zi boshkarishning tarkibiy qismlari amaliy ifodaga ega bо‘ladi. Talabannng nuqtan nazaricha, ideal «men» ham muayyan mezon asosida yetarli darajada tekshirib kо‘rilmagan, shuning uchun ular goho tasodifiy, g‘ayritabiiy his etilishi muqarrar, binobarin, real «Men» ham shaxsning haqiqiy bahosidan ancha yiroqdir, talaba shaxsining takomillashuvida bunday obyektiv qarama-qarshiliklar о‘z shaxsiyatiga nisbatan ichki ishonchsizlikni, о‘qishga nisbatan salbiy munosabatni vujudga keltiradi. Jumladan, о‘kuv yili boshida talabada kо‘tarinki kayfiyat, oliy о‘quv yurtiga kirganidan zavq-shavk tuyg‘usi kuzatilsa, ta’limning shart-sharoiti, mazmuni, mohiyati, kun tartibi, muayyan qonun va qoidalari bilan yaqindan tanishish natijasida uning ruhiyatida keskin tushkunlik rо‘y beradi. Yuqorida aytilgan ichki va tashqi vositalar, omillar ta’siri oqibatida uning ruhiy dunyosida umidsizlik, ruhiy parokandalik kayfiyati, ya’ni istikbolga ishonchsizlik, ikkilanish, hadiksirash kabi salbiy his-tuyg‘ular namoyon bо‘ladi. Bizningcha, oliy maktabda tarbiya ishlarini rejalashtirishda, ta’lim jarayonida talabaga о‘ziga xos munosabatda bо‘lish mazkur davrning muhim sharoitlaridan biridir. Yuqorida aytilganlardan qat’i nazar, yigit va qizlarni oliy о‘quv yurtiga qabul qilish ularda о‘z kuchlari, qobiliyatlari, aql-zakovatlari, ichki imkoniyatlari va irodalariga qat’iy ishonch bildiradi. Ana shu ishonch о‘z navbatida tо‘lakonli hayot va faoliyatni uyushtirishga umid his-tuyg‘usini vujudga keltiradi. Uspirinlikning ikkinchi davri xulqqa, voqelikka baho berishda imkoniyatidan tashqari talab qо‘yish va qat’iylik xususiyati bilan farqlanadi. Shuning uchun talabalar har doim prinsipial bо‘la olmaydilar. Ba’zan qat’iyatlilik kattalarga salbiy munosabatga ham aylanadi. Talabalarning о‘qituvchi tavsiyalarini inkor qilishi kо‘pincha nizolarni keltirib chiqaradi. B.G.Ananyev rahbarligida о‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot ishlarida ma’lum bо‘lishicha, talabalar kamolot topishining jinsiy va neyrodinamik xususiyatlari ularning aqliy imkoniyatlarini tо‘la ishga solish va sermahsul о‘quv faoliyatini tashkil qilish uchun muhim imkoniyat, shart-sharoit yaratadi. Y.A.Samarinning ta’kidlashicha, yoshlarning kamol topishida har xil ijtimoiy-psixologik xususiyatli о‘ziga xos qarama-qarshiliklar, ichki ziddiyatlar mavjud bо‘ladi. Ularning moddiy jihatdan ota-onaga, oliy о‘quv yurti ma’muriyatiga bog‘liqligi - iqtisodiy ziddiyatni keltirib chiqaradi. Bu hol talabalarning xohishlari bilan mavjud imkoniyatning nomutanosibligi tufayli sodir bо‘ladi. Mazkur yosh davrida о‘zini boshqarishning tarkibiy qismlari, ijodiy tafakkur, muayyan hayotiy tajriba; о‘zlashtirilgan bilimlarni tartibga solish asosida his-tuyg‘ular, qarashlar, axloqiy qadriyatlar, о‘zligini anglash va barqaror e’tiqod shakllanadi. Talaba hukm va xulosa chiqargach, о‘z xatti-harakatida qat’iy turib ularni himoya qiladi, u hayotning turli sohalari bо‘yicha har xil darajadagi kо‘nikma va malakalarga na zariy bilimlar ijtimoiy-psixologik tushunchalarini amaliy faoliyatga tatbiq etish imkoniyatiga ega bо‘ladi. B.G.Ananyev rahbarligidagi tadqiqotchilar jamoasining fikricha, 18—20 yosh pallasida fiziologik imkoniyatlar yuksak darajada rivojlanadi. Organizmning tashqi ta’sirga javobi, qon bosimining optimal darajasi ortadi, qon kislorod bilan tо‘yinadi va hokazo. Insonda uquvlilikning qulay imkoniyati vujudga keladi. Uquv insonning axborotlarni qabul qilish, eslab qolish va xotirada saqlash qobiliyatini bildiradi. Keyinchalik insonda psixik funksiyalarning dinamikasi, uquvlilik imkoniyatlari sira pasaymaydi. Odamning yetuklik davri quyidagi qonuniyatlar bilan farqlanadi: 1) turli funksiyalarning rivojlanishi bir tekis va bir vaqtda amalga oshmaydi (bir bosqichda xotira, boshqa bir bosqichda tafakkur); jadal sur’at bilan о‘sadi; 2) yoshga qarab turli funksiyalar о‘zaro bog‘liq muvofiqlashgan xususiyat kashf eta boshlaydi; 3) yetuk inson aqlining funksional о‘sish darajasi yosh evolyusiyasining har xil bosqichida yetarli darajada yuqori bо‘ladi; 4) mazkur funksiyalar dinamikasida hech qanday keskin pasayish bо‘lmaydi; 5) yetuklik davrida uquvlilik kamaymaydi. Talabalik yillarida yoshlar biologik jihatdan barkamollik, ijtimoiy nuqtai nazardan yetuklik, jismoniy baquvvatlik bosqichiga kо‘tariladi. Ammo ilk о‘spirinlik (16—17 yoshli)ning ayrim bolalarga xos xulk-atvorning tashqi ifodalari, romantikasi ma’lum davrgacha о‘z ta’sirini о‘tkazib turadi. Favquloddagi taassurotdan, ijtimoiy sinovdan keyin о‘qishga, turmushga, insonlarga nisbatan munosabati jiddiy ravishda о‘zgaradi, narsa va hodisalarga, ijtimoiy holatlarga voyaga yetgan katta kishilardek muomala qilishga, voqelikni tо‘g‘ri, oqilona (adekvat) aks ettirishga, tushunib yetishga harakat qiladi. Yuqori sinf о‘quvchisi davrida vujudga kela boshlagan tafakkurning mustaqillik, teranlik, ixchamlik, tashabbuskorlik, tanqidchilik sifatlari kun sayin takomillashib, yangi-yangi belgi va alomatlar bilan boyib boradi. Talabalarda о‘z-о‘zini nazorat qilish, о‘z-о‘zini baholash, о‘z-о‘zini anglash, о‘z-о‘zini boshqarish kabi aql-zakovatning muhim jihatlari taraqqiyotning yangi yuksak bosqichiga kо‘tariladi. Talabalarda tafakkurning rivojlanishida, ilmiy dunyoqarashning shakllanishida umumta’limiy va ijtimoiy fanlar, jumladan, tarix, falsafa, mantiq, iqtisodiy nazariya asoslari, madaniyatshunoslik, adabiyot, etika, estetika, psixologiya, pedagogika kabi о‘quv predmetlari muhim rol о‘ynaydi. Talabalar tafakkuri, asosan, о‘qish, amaliy mashg‘ulot va mustaqil bilim olish faoliyatlarida jadal va uzluksiz ravishda rivojlanadi. Goho ma’ruza jarayoni ulardan reproduktiv (о‘zlashtirilgan bilimlarga asoslanuvchi) tafakkurni taqozo etsa ham, lekin seminar mashg‘ulotlari, mustaqil trpshiriqlar, laboratoriya praktikumi produktiv (ijodiy) fikr yuritish faoliyatini talab qiladi. Har ikkala ta’lim shakli ham talabalar aqliy mehnati, maqsadga yо‘naltirilgan va muvofiqlashtirilgan diqqati yordami bilan amalga oshadi. Ta’lim muassasasidagi mustaqil ishlarning barchasi: konspekt tuzish, referat, annotatsiya, tezis, seminarga hozirlik, kurs va diplom ishlari talabadan mustaqillikni, ijodiy yondashishni, (kreativlikni) muammoli holatni, murakkab pedagogik vaziyatni hal qilishni taqozo qiladi. Davlat о‘quv rejasida kо‘rsatilgan, dasturda kо‘zda tutilgan materiallar va ilmiy ma’lumotlarni о‘zlashtirish bilim-saviyani kengaytirish bilan qanoat hosil qilmasdan, balki ularni tushunish, anglab yetishni talab qiladi, bu esa bevosita tafakkurning funksiyasidir. Xotira bisotidagi bilimlarni izchil ravishda tartibga keltirish, esga tushirish, ular ichidan eng muhim jihatlarni ajratish, о‘zaro taqqoslash, turkumlarga kiritish, umumlashtirish bilish jarayonining aqliy yо‘li bilan, ya’ni tafakkur yordami bilan amalga oshiriladi. Ijtimoiy falsafiy kurslarini о‘rganish davomida moddiy borlikdagi narsa va hodisalar о‘rtasidagi murakkab ichki bog‘lanishlar, aloqalar va ijtimoiy turmush qonuniyatlari yuzasidan chuqur nazariy metodologik, ilmiy-uslubiy xususiyatdagi bilimlar о‘zlashtiriladi. Ayniqsa, ushbu davrda diskursiv (ijodiyot va haqiqat mezoni uchun bahsda yuzaga keluvchi) tafakkur turi talaba uchun omilkor aql-zakovat quroli vazifasini bajaradi. Ta’lim jarayonida fikr yuritish operatsiyalaridan unumli foydalanish evaziga har qanday murakkab bilimlarni egallash imkoniyati vujudga keladi. Talabalar tafakkur shakllari (tushuncha, hukm, xulosa chiqarish)ning funksional va operatsional jihatlari bilan yaqindan tanishadilar, shuningdek ulardan mustaqil foydalanish uchun barcha intellektual rezervlarini (aqliy zaxiralarini) ishga solishga harakat qiladilar. Hukm chiqarishning barcha (yakka, xususiy, umumiy, ziddiyatli, faraziy, inkor) kо‘rinishlardan о‘quv va mustaqil bilim olish faoliyatlarida foydalanish shart-sharoitlari tug‘iladi. Xulosa chiqarishning induktiv (xususiydan umumiyga fikrning yо‘nalganligi) va deduktiv (umumiydan xususiy hollarga fikrning qaratilganligi) yо‘llaridan muayyan tarzda bilish faoliyatida qо‘llashga intiladilar. Tushunchalar (yakka, xususiy, umumiy, yaqqol, mavhum, tо‘planma) mohiyatini anglagan holda ma’lumotlarni egallash bilimlarning barqarorligini ta’minlaydi. Bu narsalarning barchasi tafakkurni rivojlantirishga о‘z ta’sirini о‘tkazadi. Ta’lim uzluksiz ravishda ijodiy tafakkurni talab qiladigan, muammoli xususiyatdagi topshiriq va masalalar tizimidan iboratdir. Har bir ma’ruza, seminar mashg‘uloti, mustaqil topshiriqlar, hatto laboratoriya ishlari ham muammoli vaziyat, holatining tar kibiy qismlaridan tuzilgan bо‘ladi. Ularni hal qilish (yechish, bajarish) ijodiy izlanishni vujudga keltiradi. Chunki muammoli holatagacha davr, muammoli vaziyat, muammoli vaziyatdan qeyingi aqliy jarayonlar xam talabadan ijodiy kidiruv, tadqiqot faoliyatini taqozo etadi. Topshiriqni mustakil bajarish talabalardan tafakkur operatsiyalari (analiz , sintez, takkoslash, solishtirish, yaqqollash, mavhumlashtirish, guruhlash, turkumlash, umumlashtirish, sistemalashtirish) va shakllaridan (tushuncha, Hukm, xulosa chiqarishdan) foydalanishni talab qiladi. Talabalarni о‘quv faoliyati yoki ta’limiy usullar bilan tanishtirish tafakkur rivojida alohida ahamiyat kasb etadi. Jumladan, tushunchalarga (holatlarga) turli nuqtai nazardan qarash usulini talabalarda tarkib toptirish va uni sharoitga (vaziyatga) kо‘chirishga о‘rgatish yuqori kо‘rsatkichlar beradi. Shuni alohida ta’kidlab о‘tish kerakki, odatda usullarning kо‘chishini «birdaniga», asta-sekin, «buzib-tuzatib», qayta qurish, tarkibini yangidan tuzish, kо‘rgazmali materialdan matnli (mantiqiy) materialga о‘tishi kabi kо‘rinishlari mavjuddir. Talabalarda о‘quv faoliyatining usulini tarkib toptirish quyidagicha amalga oshi-riladi. Xotira tushunchasini turli nuqtai nazardan qarash mumkin, chunonchi, u bilish jarayoni, produktiv yoki reproduktiv mnemik (lot. — xotira) faoliyat, amaliyotga zarur bilimlar majmuasi, xotira — bu kо‘nikma, ma-laka va odatlar yig‘indisi; umumlashgan obrazlar tо‘plami, grammatik termin, fenominal xotiralilik shaxs sifati tariqasida va hokazo. Uquv faoliyatining ushbu usulini mustaqil topshiriq bajarishga, ya’ni «Tafakkur» tushunchasiga kо‘chirish imkoniyati quyidagi tarzda namoyon bо‘ladi: tafakkur— bu bilish jarayoni, fikr yuritish faoliyati, prognoz qilish, anglashilgan bilimlar, muloqot negizi, grammatik termin, aql sifati, zehni о‘tkirlik, shaxs sifati kabi tasavvur qilish mumkinligini ta’kidlab о‘tiladi. Yuqoridagi mulohazalarga qaramasdan, talabalar tafakkurida subyektiv-shaxsiy xususiyatga ega bо‘lgan zaif jihatlar mavjuddir. Fikr yuritish faoliyatini nazorat qilishda kator kamchiliklarga yо‘l qо‘yiladi, masalan, faoliyat natijasini tekshirish sifatidagina qо‘llaniladi. Ularning aqliy faoliyatida xatti-harakat yoki bilim sifatini baholash va о‘z-о‘zini baholashda ham, voqelikni baholashda ham voqelikni oqilona, tо‘g‘ri aks ettirish jarayonida illatlar kо‘zga tashlanadi. Narsa va hodisalar xususiyati yoki qonuniyati kо‘pincha orttirib baholanadi, ba’zan pasaytirib baholash xolatlari xam namoyon bо‘ladi. Ahyon-ahyonda bо‘lsa-da, tо‘g‘ri, okil, haqiqatan aniq baholash kо‘zga tashlanadi. Tafakkurning tanqidiylik va tashabbuskorlik sifatlarini ayrim nuqsonlar uchraydi. Talabalarning intilishi bilan о‘z-о‘zini baholash о‘rtasidagi munosabat mutanosiblikka, о‘zaro uyg‘unlikka ega emas, shu tufaytli imkoniyat (aqliy zahira) bilan havoiy orzular orasida ziddiyat vujudga keladi, natijada oqillik о‘rnini g‘ayirlik egallay boshlaydi. Bunday salbiy hissiy kechinmaning, shaxs illatining oldini olish va mutlaqo bartaraf kilish uchun maxsus treningdan (tо‘g‘ri yо‘lga yetaklovchi mashq-namunalardan) foydalanish ijobiy natijalar beradi. Ta’kidlab о‘tilgan nuqsonlar, qusurlarga qaramasdan, talabalar tafakkuri ilk о‘spirinlik yosh davridan ham sifat, ham mazmun, ham kо‘lam jihatidan keskin tafovutlanadi. Bu fikrlar psixologlar tomonidan tо‘plangan miqdoriy ma’lumotlar bilan allaqachonlar tasdiqlangan. Shunday qilib, muayyan bir sohaning yosh mutaxassis kishisi - talaba yuksak aql-zakovat egasi, uquvli — teran fikrli inson, iymonli, diyonatli shaxs, aniq dunyoqarashga; mustahkam e’tiqodga ega bо‘lgan ziyoli, milliy mafkuraning jonkuyari, targ‘ibotchisi sifatida ijtimoiy katta hayotga yо‘llanma oladi. Talaba-о‘spirinlik, ilk yeshlik davri о‘zining mahsuldorligi, refleksiv (anglashilganlik, ongli rejalashtira olishlik) xususiyati bilan boshqa yosh davridagi odamlardan о‘ziga xos ravishda ajralib turadi. Talabalik yillari ijodiy izlanishlar, aql-zakovat zahiralarini ishga sola bilish, aqliy qobiliyatni safarbar qilish imkoniyatlariga ega bо‘lgan shaxsning yetuklik davri hisoblanadi. Xullas, ushbu yosh davrda tafakkur sermahsul, sermazmun bosqichga kо‘tarilib, yaratish, ixtiro, ijod va kashfiyot qilish arafasida turadi. Talabalar mutaxassislikka xos bо‘lgan о‘quv predmetlari, fan asoslarini egallash faoliyatida ijodiy mahsulot berish uchun tinimsiz harakat qiladilar. Ularning bilishga, bilim olishga undovchi mayllari turg‘un, mustahkam va barqaror qiziqishga aylana boradi, badiiy ijodiyot va ilmiy-tadqiqot bobida dastlabki, ezgu niyatlari, orzularini ushatishga intiladilar. Jumladan, filolog yoki jurnalist talabalar badiy ijod bilan, tabiiy-matematika fan sohasidagilar esa kuzatish va tajriba о‘tkazish bilan, tarixchti-arxeolog talabalar ijtimoiy turmush solnomalirini ochish bilan, psixologlar korxonalar va maktablarga amaliy yordam kо‘rsatish bilan shugullana boshlaydilar. Hatto talabalar о‘zlarining aqliy mehnati mahsullari bilan olimpiada, ilmiy-amaliy anjumanlarda, ixtirochilar va ratsionalizatorlar konkurs tanlovlarida muvaffaqiyatli katnasha oladilar. Bularning barchasi tafakkur yordami bilan chiqariladi, moddiy borliqni yanada aniqroq ifodalash, yaratish faoliyatlarida faol qatnashish uchun intilish, muammoli holat va vaziyatlarni hal qilish (yechish) jarayonlarining mahsuli sifatida namoyon bо‘ladi. Hozirgi zamon talabalarining ijodiy tafakkur orqali vujudga keltirgan badiiy asarlari, maqolalari, ilmiy chiqishlari, ishlab chiqarishga taqdim qilingan ratsionalizatorlik takliflari xalq xо‘jali-gini yuksaltirish, mustaqil respublika fan va texnikasini rivojlangan mamlakatlar darajasiga kо‘tarish uchun xizmat qilmoqda. Eng yuksak saviyada tayyorlangan diplom ishlari va loyihalari talabalar ijodiy tafakkurini namunalari hisoblanadi, shu boisdan ularning ilmiylik darajasi yukori bо‘lganlari nomzodlik dissertatsiyasiga taqdim qilinmoqda. Ta’lim muassasasida о‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni ishlab chiqarishga, amaliyotga, turmushga tatbiq etish, el о‘rtasida yoyish, targ‘ib qilish ham talabalik davriga xos xususiyatlardan biridir. Nazariy va amaliy, ijodiy va diskursiv, fazoviy tafakkur bilan qurollangan talabalar omma о‘rtasida ilm-ma’rifatni yoyish ishida faol ishtirok qilmoqdalar. Talabalar narsa va hodisalar, voqelikni tо‘g‘ri, oqilona, omilkorlik bilan aks ettirish, ijtimoiy hayot talabi va ehtiyojlarini anglash, ongli ravishda fikr yuritish faoliyatini tashkil qilish va boshqarish imkoniyatiga egadirlar. Ularda ta’lim jarayonida tafakkurning diskursiv va refleksiv sifatlarini shakllantirish ilmiy, ijodiy tafakkurni vujudga keltiradi. Buning uchun ularni mustaqil bilim olish faoliyatini tо‘g‘ri uyushtirish va boshqarishga о‘rgatish yuksak samaraning kafolatidir. Talaba yoshlar psixologiyasining о‘ziga xosligi shundaki, u hozirgi paytini, buguni va ertasini kelajak nuqtai nazaridan, istiqbolga nazar bilan qabul qiladi. Aynan shu davrga kelib, о‘zining kelajakda kim bо‘lishini tasavvur qiladi. Demak, о‘z- о‘zini professional nuqtai nazardan ajratish, tasavvur qilish amalga oshadi. Professional taraqqiyotning asosiy bosqichlarini ajratar ekan, YE.A.Klimov (1996), alohida «optatsiya» (lotincha sо‘z: optatio-hohish, tanlov) bosqichini ajratadi va uning xarakterli tomoni-odam tomonidan professional taraqqiyotning bosqichi tanlanishidir, deb e’tirof etadi. Optatsiya bosqichi 11-12 yoshdan 14-18 yoshgacha bо‘lgan taraqqiyot davrini о‘z ichiga oladi. Professional qiziqishlarning shakllanishining о‘zi olimlar tomonidan tо‘rt bosqichli jarayon sifatida qaraladi. Uning birinchi bosqichi 12-13 yoshlarga tо‘g‘ri keladi va о‘ta о‘zgaruvchanligi, shaxsdagi bilish jarayonlari va asl iqtidor bilan bog‘lanmaganligi bilan xarakterlanadi. 14-15 yoshlarga tо‘g‘ri keladigan ikkinchi bosqichda qiziqishlar paydo bо‘ladi, ular kо‘p bо‘lib, bevosita bolaning bilish imkoniyatlari va shaxsiy xususiyatlari bilan bog‘liq bо‘ladi. Uchinchi bosqichda-16-17 yoshlarda qiziqishlarning shunday integratsiyasi rо‘y beradiki, ular avvalo jinsiy xususiyatlar va shaxsdagi individual xususiyatlar bilan bog‘liq holda rivojlanadi. Masalan, kizlar va о‘g‘il bolalar о‘zlariga mos va yarashadigan kasb-hunarni tanlay boshlaydilar. L. Golovey (1996) fikricha, tо‘rtinchi-hal kiluvchi bosqichda qiziqishlar doirasi sezilarli darajada torayib, professional yо‘nalish shakllanib bо‘ladi va u kasb tanlash bilan yakunlanadi. О‘zining yuqori pog‘onasiga kо‘tarilgan qiziqishlar yoshlarnning professional yо‘nalishi va tо‘g‘ri kasb-hunarni tanlashiga zamin yaratadi. Umuman, inson hayotida professional о‘z- о‘zini anglash katta о‘rin tutadi va u juda yoshlik paytidanoq shakllana boshlaydi. Bu jarayonni bosqichlarda tasavvur qilish mumkin. Birinchi bosqich: bolalar о‘yini, bunda bola ilk yoshlikdanoq u yoki bu kasbga bog‘liq professional rollarni qabul qiladi va uning muhim elementlarini о‘zicha «о‘ynaydi» («о‘qituvchi», «doktor», «traktorchi», «futbolist», «artist» va shunga о‘xshash). Ikkinchi bosqich: о‘smirlik fantaziyasi-bunda о‘smir о‘ziga juda yoqqan professional rolni xayolan egallaydi. Uchinchi bosqich: kasb-hunarni dastlabki tanlash- о‘smirlik va ilk о‘spirinlik davriga tо‘g‘ri keladi. Turli-tuman faoliyat turlari dastlab о‘smirning qiziqishlari nuqtai nazaridan («prokurorlikka qiziqaman, demak, yurist bо‘lishim kerak»), keyin uning qobiliyatlari nuqtai nazaridan («matematikani oson yechaman, matematik yoki muhandis bо‘lsammikan?»), va nixoyat, о‘smirdagi qadriyatlar tizimidagi ahamiyatiga qarab («nochor kasallarga yordam bergim keladi, vrach bо‘laman») toifalarga bо‘linadi va ajratiladi. Tо‘rtinchi bosqich: amaliy qaror qabul qilish-kasbni tanlash. Bunda ikkita muhim jihat bor: konkret ixtisoslikni uning kvalifikatsiyasi xususiyatlari, ishning xajmi, og‘irligi, mas’uliyatliligi va unga yetarli tayyorgarlikning borligi. Ta’limning barcha bosqichida ma’naviy tarbiyaning ajralmas bо‘lagi sifatida yoshlar ongiga qadriyatlarimizni singdirishimiz kerak. Bular keng ma’noda-Vatanga, yurtga, halqqa, borliqqa, kasbga va yaqin kishilarga qaratilgan bо‘lishi kerak. Yuksak his-tuyg‘ularning eng oliysi Vatan tuyg‘usi bо‘lib, u tuyg‘u inson bolasining ilk yoshlik davridanoq ongiga va qalbiga singib boradi. Zero, Vatan hissi shu Vatanning egasi bо‘lmish xalqni bilishdan, uning qadriga yetishdan, nimalarga qodir bо‘lganini tan olishdan, buyukligini e’tirof etishdan boshlanadi. Download 255.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling